e) Zulqofiyatayn (ar. qo'sh qofiya keltirish) bayt va misralardagi ikki so'zning qofiyadosh bo'lib kelishi .Misol uchun:
Dil, mahzun holima folingga sababdur,
Telba ahvolimga xoling sababdur.
Borlig`imga sabab sening umiding,
Majnun iqbolimga holing sababdur.
Shoir qofiya yaratar ekan, u so'zlarning ma'nolarni to'la leksik mohiyatini ocha olgan. Quyidagi misrada ham zulqofiyatayndan foydalanilgan:
Bu sahroda sargardon ko'p, Layli izin ko'rmoq uchun,
Yor yo'lida nigoron ko'p Layli yuzin ko'rmoq uchun.
Kimki bo'lmas holi junun, anglamas holati Majnun,
Ul kabi xati jonon ko'p, asli o'zin bilmoq uchun.
Hijob (ar. darvozabon, pardali ) she'rda qofiyadosh so'zlar orasida aynan takrorlanib keladigan so'z yoki so'zlar birikmasi.
Dunyoyi dun din oldida bir xas erur,
Abadiyat yil oldida bir pas erur.
Yo'g'-u bor ham g'am-u ro'zgor bir sas erur,
Shoh-u gado Haq oldida bir kas erur.
Ushbu misradagi " bir "so'zi har misrada takrorlanib ruboiy badiyatini, ta'sirchanligini yanada oshiradi.
Shoir ijodiyotining qofiya talablariga qanchalik mos kelishini yuqorida kuzatib o'tdik va ma'lum bir xulosalarga ega bo'ldik. Har bir narsaning ikki tomoni, ikki o'rganilish nuqtasi bo'ladi. Inson har bir masalaga chuqurroq yondashib, har tomonlama mushohada qilsa, masalaning tub mohiyati yanada teranlashadi. Shoir so'zlari bilan aytganda, "mushohada fazosi"ga chiqib o'ylansa, maqsad sari etilajak yo'l yanada yaqinroq bo'ladi. Shu nuqtayi nazardan oladigan bo'lsak, biz M.Rofiy ruboiy-to'rtliklarini ruboiyning qofiyalanish tartibi asosida yanada aniqroq, yanada tushunarliroq tahlil qilishga harakat qilamiz.
Har bir she'riy janrning o'ziga xos qofiyalanish tarkibi mavjud, shu jumladan, ruboiyning ham qofiyalanish tarzi o'ziga xosdir. Rubiyning qofiyalanish tizimi ikkiga bo'linadi:
Agar sen ,ilojsiz holatga tushsang,
Behuda g'am chekib bo'lmagin diltang.
Muammoni yechmoq chorasini top,
Har mushkul hal bo'lgay agar jahd qilsang.
Bu ruboiy- to`rtlik a-a-b-a tarzida qofiyalangan bo'lib , uchichi misra qofiyadan ozod qolgan, shuning uchun bu shaklda qofiyalangan ruboiy "xossa" ruboiy deyiladi.
Quyida M.Rofiyning xossa ruboiy -to'rtliklaridan misollar keltirmiz:
Bizning shaydo ko'ngil bechora bo'lmish,
Dil Zuhro ko'yida sayyora bo'lmish .
Har yoniq vujudga otash qalb kerak,
Uchqun paydo bo'lib sharrora bo'lmish.
Ko'rinadiki, ruboiy-to'rtikdagi qofiyalanuvchi so'zlardan M.Rofiy lirik qahramon - oshiqning kechinmalarini haqqoniy ochish, shoirona manzara hosil qilish uchun mahorat bilan foydalangan. Bu roboiyda har bir so'z ,har bir harakat, har bir ishoradan mahorat bilan foydalanilgan. She'rdagi qofiyadosh so'zlar ham mana shu maqsadga xizmat qiladi. Bechora, sayyora sharrora so'zlari o'zaro ichki qofiyalanish asosida yaxlit bir tizim kompozitsiyani vujudga keltirgan.
Qays Roziy "Al - Mo'jam "da to'rt qofiyali ruboiydan ko'ra uch qofiyali ruboiyning ifodasi ta'sirchan bo'ladi, deydi. Filologiya fanlari doktori M.Yusupov buning sababini "... shoir tinglovchi va o'quvchining e'tiborini bir nafas kuchliroq jalb qilib ,masalaning eng muhim momenti keliyotganidan darak beradi .Qofiyasiz misra go'yo mantiqiy kulminatsiya singari jaranglaydi-da , ko'pincha aforizm darajasiga ko'tariladigan oxirgi misrada o'z intihosiga yetadi",-deb izohlaydi.
Atoullo Husayniny "Badoye-us sanoye" asarida "hasiy" so'zining istilohiy mazmunini izohlab, "... agar ruboiyning uchinchi misrasida qofiya ishlatilmagan bo'lsa, bunday to'rtlik hasiy deyiladi ". "Hasiy" lug'atda past, nuqsonli ma'nolarini bildiradi. Atoullo Husayniy ham ruboiyning to'rt satri qofiyadosh bo'lishini ma'qul ko'rgan.U yozadi:" Ruboiyni shu jihatidan "ruboiy " derlar: qachonki to'rt misradan tashkil topib, har bir misrasi baytga mansub bo'la olsa" degan g'oyani ilgari surgan. Shoir-ijodkorlar orasida har ikki qofiyalanish shakllarida ham go'zal ijod namunalari yaratilgan. Shu jumladan, M.Rofiy ijodidagi ruboiy-to'rtliklarda har ikki shakl ham o'z ifodasini topgan. Masalan:
Agar teng deyilsa , shoh bilan gado,
Haqiqatdan yiroq - bu yolg'on da'vo.
Ularning mavqein teng qilar Xudo,
Berar har biriga mos ajr-u jazo.
Ruboiy -to'rtlikda tazod san'atidan foydalanar ekan, shoir shoh bilan gadoni qarama- qarshi qo'yadi. Shoir insoniyat ahlini ikki toifaga ajratmang, ular Olloh oldiga tendirlar. Faqat Haq taallogina ajrim qilar ekan, ularning boyik martabasini emas, qiladidan xayrli , savob isharini ko'radi va shunga yarasha marhamat qiladi. Jazoni ham yolg'iz o'zi tayinlaydi, deydi. Ushbu ruboiy-to`rtlik a-a-a-a tarzida qofiyalangan. Qofiyadosh so'zlar: gado,da'vo ,Xudo, jazo so'zlari. Birinchi misrada shoh bilan gadoni tenglashtirish masalasini qo'yadi. Ikkinchi misrada shoir ularni teng ko'rish mumkin emasligini, jamiyat hayotida buning iloji yo'qligini ba'yon etar ekan, bu yolg'on da'vo ekanligini his etadi. Uchinchi misrada ular faqat Olloh oldida tengdirlar degan g'oyani ilgari surib, to'rtinchi misrada fikrini xulosalar ekan, ularni faqat Ollohgina ajrim qilinar ekan, bizning bahsimizdan foyda yo'q .Bizning boy yoki kambag'alga ajratishimiz yolg'ondan haqiqat, sahrodan suv qidirgandek hodisadir.Qancha urinmaylik, qancha fikrimizdan mantiq qidirmaylik, barchasi puch xayollar ekanligini aytadi, boshqalarga ham buni uqtiradi.
Shoir ruboiy- to'rtliklarida qofiya "yo'naltiruvchi" vazifani o'taydi. U har bir misrada qofiyani shunday tanlaydiki, biri ikkinchisini takrorlamaydi. U qofiyabozlikka oshiq emas, balki, mana shu qofiyalar asosida kelib chiqadigan falsafiy mazmunning shaydosidir.
Har bir yaratiladigan asar o'quvchiga estetik zavq bilan birga ta'sir ham qilishi lozim.O'quvchi badiiy asar o'qisa, lirik ijod na'munasida o'zini topmog'i lozim. Shundagina yozuvchi ham, shoir ham o'z maqsadiga erishadi.
Ruboiy ta'sirchanligini oshiradigan yana bir hodisa bu radifdir.
Radif. (ar."otning orqasiga ergashib boruvchi)("izma-iz boruvchi )qofiyadan so'ng butun she'r davomida aynan takrorlanib keluvchi so'zlar va so'z birikmalari , she'rda ifodalalanayotgan yetakchi g'oyaviy niyatni o'quvchi qalbida to'laroq yetkazish maqsadida xizmat qiladigan va so'z va so'zlar birikmasiga radif deyiladi.19 Masalan:
Ko'zi ko'rning ko'rori jahon bo'ldi,
Bu dunyoning so'rori nodon bo'ldi .
Voajab , bu ne kori zamon bo'ldi,
Oxir zamon bozori iymon bo'ldi.
M.Rofiy bu ruboiy- to'rtlikda qo'llagan "bo'ldi" radifi ikki jihatdan diqqatni jalb etadi. Birinchidan, "bo'ldi" ruboiy-to'rtlikdagi so'zning eng xarakterlisi, she'rdagi asosiy g'oyaning mag'zi mana shu so'z atrofida aylanayotgan hayotni aks ettiradi. Ikkinchidan, bu so'z muntazam ohangni aks ettirgan. Radif ruboiyda ayrim so'z yoki so'z birikmasi holida kelishi mumkin. Ruboiy-to`rtliklarda ikki, uch so'zli radiflar tez- tez uchraydi:
Jamoling bir ko'rgan oshiq bo'ladi,
Aqlini yo'qotgan oshiq bo'ladi.
Yor vasliga asir bo'ladi oshiq,
Dami ishq dunyodan oshiq bo'ladi,
Bu ruboiy-to'rtlikda "oshiq bo'ladi " so'zi radif bo'lib uchinchi misrada"bo'ladi oshiq" tarzda ifodalanadi. Birinchi, ikkinchi , to'rtinchi misralar radiflidir.
Hozirgi kunda badiiy-estetik tafakkurimiz tabiatida jiddiy sifat o'zgarishlari
jarayoni kechmoqda. Bugungi kun ezgulik, adolat, go'zallik singari
umumbashariy estetik mezonlarga asoslangan badiiyat namunalari ma'naviy-madaniyatimiz xazinasini boyitmoqda. Millatning ma'naviyati,
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayoti, inson taqdiri she'riyatimizdagi badiiy tadqiqotchilik ob'yektiga aylandi. Zero, inson ongi –shuurini, inson qalbini zabt etish, anglash hamda tushuntirish uchun kechgan va kechayotgan kurash - badiiy tadqiqotchilik hech qachon tingan emas. Mabodo ana shu kurash so'ngudek bo'lsa, odam fikrlashdan, hissiy idrokdan to'xtab qolardi. Bu esa jamiyatlarning
manaviy-intellektual hayotini hamisha yangilab turadi. Bugungi tarixiy yangilanishlar ildizini millatning erk uchun olib borilgan kurash g'oyalaridan, vatanparvarlikdan ayro tasavvur qilish sira mumkin emas. Erkparvarlik, hurfikrlilik ideali, iymon salomatligi, e'tiqod butunligi, Vatan kamoli, istiqlol mustahkamligini belgilovchi ijtimoiy g'oyalar Mustaqim Rofiy she'riyatining mag'zini tashkil qiladi. M.Rofiy betakror she'rlari mazmunan yetuk, shaklan go'zaldir. Ularda ifodalangan tuyg'ular sofligi, musaffoligi, dilga yaqinligi bilan diltortar ko'ngillarni entiktiruvchidir.
Xulosa qilib aytganda, shoirning badiiy mahorati yuksak, ifoda uslubi sodda va xalqonadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |