9 bo'g'inli barmoq vaznida yozilgan ruboiy-to`rtliklar:
Shoir she'rlarida talqin qilingan inson hayotining mazmuni uning o'zini o'zi anglash vositasidir.Ularda mehr-oqibat alohida o'rinda turadi. Insonni g'iybatdan yiroq bo'lishga undaydi. U kishilar o'rtasidagi illatlarni qalamga olar ekan, u bugun paydo bo'lgan emasligini ko'rsatib beradi:
Toqat bilan oqibatni kut,
Mayda gap-so'z, g'iybatni unut.
Oqil zotga ishora yetar,
Ahmoq kasga javobdir sukut.
Shoir ijtimoiy muammolarni ham barmoq tizimiga solib,o'ziga xos qarashlarni badiiy ifoda etgan:
Fanda aslo shohona yo'l yo'q,
Mutloq to'g'ri yagona yo'l yo'q.
Ilk sababni bilolmas hech kim,
Unga eltar nishona yo'l yo'q.
Tahlil jarayonida M.Rofiy ijodidan o'rin olgan she`rlarning aksariyati barmoq vaznini tashkil qilishini bilib oldik. Bu esa ruboiy talabiga javob bermaydi, negaki ruboiy hazaj bahrining axrab va axram tarmoqlarida yozilmog'i lozim. Shu jihatlarni hisobga olgan holda ustozimiz G'.N.Murodov M.Rofiy ijodiyotidagi to`rt misrali she`rlarga nisbatan "ruboiy -to'rtlik "atamasini qo'llagan. Bizningcha, bu atama M.Rofiy lirik asarlari poetikasiga mos kelgan bo'lib, bundan oldin ham bu kabi she'r tuzulishi bo'lgan. Ruboiy- to'rtlik janri ham ana shu an'analarning davomi kabi taassurot uyg'otadi.
Ruboiy -to'rtliklarda ruboiy va to'rtlikka xos xususiyatlar mavjud . Ular: she'r hajmi,qofiyalanish shaklida (a,a,a,a va a,a,b,a) qofiyalanishi bilan bir-biriga o'xshash bo'lsa, vazn jihatidan farq qiladi . To'rtlik janrida yozilgan ruboiylar asosan barmoq vanida yoziladi, lekin u aruzda ham bo`ilishi mumkin. Qadimgi to'rtliklar M.Qoshg'ariyning "Devoni lug'otit-turk" asari orqali ham yetib kelgan. Ular ruboiy shaklining eng qadingi na'munasi sifatida talqin etiladi. "Devon"dagi to'rtlik va lirik parchalar barmoq vaznida bo'lib,ularning aksariyati a,a,a,a va a,a,b,a tarzida qofiyalangan. Bundan kelib chiqadiki, M.Rofiy ijodiyotiga nisbatan ruboiy-to'rtlik atamasi to'g'ri tanlangan. So'zlarimizni kundalik hayot bilan bog'laydigan bo'lsak, ko'cha-ko`yda turli nuqsondagi insonlarni ko'p ko'ramiz. Ular tanasidagi nuqsonlar borligi uchun ularni inson safidan chiqarib tashlamaganimizdek yoki bo'lmasa kaftimiz barmoqlaridan biri kichikligi uchun kesib tashlamaganimizdek, M.Rofiy ijodidagi she'rlarni vazn talabiga javob bermaydi , deb ruboiy janriga mansub emas deyish ham noo'rindir. Negaki, ruboiy- to'rtliklar zamirida yotgan falsafiy, ijtimoiy, ilmiy g'oyalar , qofiyalanish tartibi, she'r hajmining ruboiy janriga to'la mos kelishi uni ruboiy janriga oid ekanligini ko'rsatib turibdi. Shu jihatidan qaraydigan bo'lsak, ustoz G.' Murodov qo'llagan "ruboiy- to'rtlik" atamasini qo'llaganimiz maqsadga muvofiq bo'ladi , deb o'ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |