2.2. Qofiya
Har bir janr o'zining poetk shakli va tabiatiga ega . Klassik poeziyadagi janrlar asrlar mobaynida o'z qofiya tabiatini barqaror saqlab keladilar . Qofiya ruboiyda ham she'riy nutqni hosil qilish uchun xizmat qiladigan vosita bo'lib, ruboiy misralarini ritmik, kompozitsion jiatidan birlashtiradi. Ruboiydagi asosiy fikrni emotsional tarzda jonlantirish, lirik qahramonning his-tuyg'ularini yoqin ifoda etishda qofiyaning roli va estetik ahamiyati sharq klassik olimlarinigina emas, balki, G'arbiy Yevropa nazariyotchilarining diqqat-e'tiborini ham o'ziga qaratdi. Fransuz klssizamining yirik vakillaridan biri Nikolas Bualo shunday degan edi:
Qofiya mabodo izlasang agar,
"Labbay", deb xizmatga bosh egib kelar.
Band etar o'zini ma'no toriga,
Zarra erk topsa-chi, ko'tarar isyon,
Aql orqasidan quvib sargardon. 15
Nikolas Bualo aytgani singari, ruboiynavis shoir ham qofiyani sabot ila izlashi, uni ma'noga "labbay" deb bosh egdirishi kerak. Umuman, ruboiy qofiyasining talablari katta. Ruboiyda har bir so'z har tomonlama tanlanib, chuqur o'ylanib , sarlanadi, Bu so'zlar sodda, aniq, tushunarli bo'lishi barobarida, nurli hissiy bo'yoqlarga chulg'angan, ohangdor va poetik latofatga ega bo'lishi ham lozim . Shuning uchun ular yorqinligi jihatidan ruboiydagi boshqa so'zlardan ajralib turadilar. Qofiya ilmiga bag'ishlangan asarlar juda ko'p. Xususan, V.M.Jirmunskiy ruboiy poeziyasi misolida qofiyaning paydo bo'lishi, tarixi va rivojlanishi evfonik, metrik xususiyatlarini ochib bergan bo'lsa, tojik adabiyotshunosi B.Sirus sharq poetikasida qo'llanilgan arab va fors qofiya tizimini tahlil qilgan. M.Hamroyev mazkur tadqiqotga tayanib turkiy tillar she'riyatining qofiya tabiatini qiyoslab o'rganadi, ulardagi umumiy va farqli xususiyatlarini aniqlaydi. U qofiyaning ma'nosini ta`kidlash vazifasiga ko'p to'xtaladi. 16
L.N Timofeev, V.Ognev, Z Axmetovlarning asararida ham qofiya xususida fikrlar bildirilgan. O'zbek tilshunosligida N.Karimov, U.To'ychiyev,
X. Mirxaydarov , X. Sharafiddinov kabi olimlar qofiya haqida ilmiy izlanishlar olib borganlar .
" Sitilistika va she'r tuzilishi "asarining muallifi Tomashevskiyning fikricha, qofiyaning ritmini tashkil qilish va ohangdorlik yaratishdek ikkita belgisi bor. Ayni paytda qofiya qandaydir bir fikrni o'z holicha ifodalay olmaydi. Biroq turli tushunchalarni tovush ohangdorligi orqali aloqador etib banddagi asosiy fikrni ifodalashga olib keladi. 17 Qofiya mazmun bilan bog'liq, U kerakli tushunchalarni, misralar oxiriga chiqarish orqali ta'kidlab qofiyaga ajralgan bu muhim so'zlar fikr qismidan kelib chiqadi va uning zarur halqasi bo'lib qoladi.Qofiyaning mazmun bilan aloqadorligi ta'sirdorlikni yuzaga chiqaradi va she'rdagi mazmunni oson eslab qolishga yordam beradi. Qofiyaning o'ziga xos turlari bo'lib ular quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |