Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti filologiya va tillarni o



Download 148,11 Kb.
bet12/29
Sana13.08.2022
Hajmi148,11 Kb.
#847015
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
“mustaqim rofiy lirikasida falsafiy-ilmiy muammolar tahlili (1)

Bob bo`yicha xulosaviy fikrlar:
1. Mustaqim Rofiy adabiyotimiz xazinasini boyituvchi, komil shaxs tarbiyasi uchun xizmat qiluvchi iste'dodli asarlari bilan badiiy madaniyatimizda o`ziga xos o'ringa ega.


2. Davr o'z ijodkorlari oldiga hamisha muhim muammolarni ko'ndalang qo'yadi. Shular orasida ma'naviyat ekologiyasi eng muhim, kechiktirib bo'lmas vazifalardan biridir. Bu ruhan va fikran komil shaxsni kamol toptirish, shakllantirish masalasidir. Shoirning lirik qahramoni mana shu mas`uliyatni ado etish uchun bor imkoniyatini sarflaydi.


3. Shoirning poetik izlanishlari fikrni timsol darajasiga ko'taradi. Bunda hayotiy faktlar falsafiy mushohadalar yuritish uchun keng imkoniyat beradi.Uning ruboiy-to'rtliklarida ilgari surilgan bosh ma'noga ko'ra jamiyat ham , inson ham komillik maqomiga yetishi kerak. Lirik qahramon zamondoshlari ma'naviyatidan mana shu komillik belgilarini axtaradi. Unda jamiyat oldidagi mas`uliyatini yuksak darajada bajara olmayotgandek o'z-o'zidan qoniqmaslik tuyg'ulari hamish sezilib turadi.


II BOB. Ruboiy-to'rtliklarning poetikasi
2.1.Vazn
Ruboiy - Sharq she'riyatida asrlar mobaynida sayqallanib, jilo topgan lirik janrlardan biri. Ruboiy-arabcha so'z bo'lib, uning lug'aviy ma'nosi to'rtlik deganidir. Istilohiy ma'noda esa bu so'z konkret g'oyaviy-badiiy va shakliy shartlarga binoan to'rt misrali falsafiy, axloqiy-didaktik yoki ishqiy ma'nodagi she'r demakdir8. Bu janrga birinchi bo'lib Shamsiddin Muhammad binni Qays Roziy ta'rif berib o'tgan. Qays Roziy ta'rifi ruboiyning ko'proq shakl belgilarini xarakterlaydi. "Haft qulzum "asarining muallifi Qabul Muhammad esa bu haqda shunday deydi:" Bilgilki, ruboiy lug'atda ikki baytli she'r deganidir.Vazn va qofiyada to'rtala misra ham muvofiq kelgan she'r ruboiy deyiladi . Ruboiy aksar birinchi, ikkinchi, to'rtinchi misralar qofiyadosh bo'ladi. Mobodo uchinchisi qofiyalanib kelsa,"ruboiyi tarona "deb yuritiladi. Ruboiyga ta'rif bergan Eron adabiyoti nazariyotchilaridan yana biri Fayzullo Safodir. Unig ta'rifi Qofiy Muhammadning yuqoridagi ta'rifiga o'xshab ketadi. Xuddi shu holat fors-tojik adabiyoti materiallari asosida ruboiyga ta'rif va izohlar bergan Muhammad G'iyosiddin ham bu fikirni takrorlagan. Mazkur masalada turkiy olimlarning qarashlaridan uncha farq qilmaydi. Alisher Navoiy o'zining aruz nazariyasiga oid "Mezon ul-avzon" asarida turkiy ruboiy vaznlarining shakllanishi, ichki mohiyati haqida dastlabki nazariy fikrlarni bayon etgan edi. Alisher Navoiyning ilmiy-nazariy qarashlari Zahrddin Muhammad Boburning aruz ilmiga doir risolasida o'ziga xos yangi talqinni topdi.9 Muallim Nojiy, Muhammad Fuod Ko'prulzoda, Ogoh Sirli Lived ruboiyning tarixi va uning g'oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida muhim ma'lumotlar berilgan. "Islohoti adabiya"asarida Muallim Nojiy bunday ta'rif bergan :" Bahri hazajning axram va axrabida maxsus so'ylanadigan , Ikki baytdan iborat nazmga ruboiy deyiladi. Ruboiyning birinchi, ikkinchi, to'rtinchi misralari qofiyadosh bo'ladi. Uchinchi misrada qofiya bo'lishi shart bo'lmaganida, "ozod " qolur. Agar ruboiyning uchinchi misrasi ham qofiyalangan bo'lsa, "ruboiyi musarra" derlar. 10
Ruboiyning poetik tabiatini ixcham talqin etish , uning ma'no jozibasini ta'riflash nuqtayi nazaridan professor Abduqodir Hayitmetovning ushbu fikri muhim:"Ruboiy to'rt misradan iborat tugal lirik asardir .Unda lirik qahramonning ichki kechimalari nihoyatda siniq ,ammo nihoyatda ravshan va aniq ,o'ta xarakterli, ifodali tasvir, obrazlar vositasida aks ettiradi". 11Ruboiy poetikasi haqida gap ketganda, vazn masalasiga ham to'xtamasdan o'tib bo'lmaydi .Vazn har qanday she'riy janrda bo'lgani singari ruboiyda ham o'ziga xos va juda muhim badiiy kuchga ega. A.Navoiy ruboiy vaznlarining mohiyati haqida quyidagicha fikr yuritiladi: "Ruboiy vaznikim, ani "dubaytiy "va "tarona" ham derlar , hazaj bahrining "axrab "va "axram" idin ixtiroj qilibdurlar va u vaznedur arsu xushoyanda vazenedur bag'oyat raboyada..." Alisher Navoiyning bu fikridan shunday xulosa chiqarish mumkin:"Dubaytiy "yoki "tarona" deb yuritiladigan ruboiy vaznlari "hazaj " bahrining "axram" va "axrab "idan hosil qilingan Ruboiyning shakliy poetik xususiyatlari quyidagilar:12

  1. she'r hajmi jihatdan ,albatta, to'rt misrali bo'ladi;

  2. falsafiy , ijtimoiy , axloqiy va intim-ishqiy mavzularni qamrab oladi;

  3. qofiyalanish tartibi ikki xil a,a,a,a yoki a,a,b,a tarzida;

  4. hazaj bahrining axram va axrab tarmoqlarida yoziladi;

  5. qofiyalar ko'pincha radifli bo'ladi.

Sharqning ko'pgina olimlari bu masalaga qat'iy to'xtamga kelganlar. Agar ruboiy o'zining belgilangan maxsus vaznlarida yozilmas ekan u ruboiy deyilmaydi .
M.F Ko'prulzoda aytganidek ,"to'rtlik"digar vaznlarda yozildig'i taqdirda unga ruboiy nomi berilmay soddacha "qit'a"deyilur. Ruboiy vaznlari haqidagi bu qarash ba'zi adabiyotshunos olimlar tomonidan tasdiqlanib, o'rganilmoqda. Y.Is'hoqov "Har qanday to'rtlik ruboiy bo'lavermaydi. Biror to'rtlikni ruboiy deb atash uchun unda tugal mazmun ruboiy shakli bo'lishidan tashqari, ruboiy vazni ham bo'lishi kerak. To'rtlik qanchalik chuqur ma'no va go'zal shaklga ega bo'lmasin, agar ruboiyning maxsus vazniga tushmasa ruboiy bo'la olmaydi" - degan g'oyani ilgari surgan. Ammo lirik she'riyatimiz tarixida ahyon-ahyonda bo'lsa-da, tuyuq-ruboiy, tarix-ruboiy, muammo-ruboiy, chiston-ruboiy, mustazod-ruboiylar uchrab turadi. Adabiyotshunos R. Orzibekovning aniqlashicha, Bobir va Lutfiy
tuyuq-ruboiylari, A.Navoiy, G'oziy, Muqumiylar tarix-ruboiy,Uvaysiy chiston-ruboiylar, Ado mustazod-ruboiylar yozishgan. Bunday asarlarda tuyuq, tarix, muammo, chiston va mustazodga oid xususiyatlar namoyon bo'ladi. 13
Masalan, tuyuq-ruboiylarda xos xususiyat: bunday she'r hajmi, qofiyalanish tartibi, qofiyalarda omonimlarning ishlatilganligi jihatidan ruboiyga yaqin turadi Ammo she'r ruboiy vaznida emas,balki, tuyuq vaznida (ramali musaddasi maqsur)da yozilgani uchun tuyuqdir. Shu nuqtayi nazardan M.Rofiy ijodidagi ruboiylarning vazniga diqqatimizni qaratamiz, bunda ham o'xshash va farqli jihatlarni ko'ramiz. Avvalo, vazn nima? degan savolga javob bersak. Vazn (ar. o'lchov,tarozi) degan ma'noni bildiradi. She'r vazni esa misralardagi bo'ginlarning, turoqlarning bir o'lchovga solishdir.
Lekin har qanday so'zlarni bir vaznga solish bilan she'r hosil bo'lavermaydi. Demak, vazn o'z holicha ,ya'ni g'oyaviy mazmun , badiiy tildan ajralgan holda hech qanday g'oyaviy-estetik qimmatga ega emas. Shoir ma'lum
g'oyaviy-estetik maqsadlarga kerakli so'zlarni vaznga solgandagina, ahamiyatli bo'ladi. U g'oyaviy-estetik mazmunni yuzaga chiqarish uchun ishlanganda, ya'ni V.Kojinov uni karkas (sinch), she'r tanasining skeleti degan edi.Skeletsiz odam bo'lmagani singari vaznsiz poeziya yo'q. Xondamir:"Vaznli va qofiyali so'z toza va porloq gavhardir" degan edi. Vazn alohida so 'zlarni bo'g'in va turoqlarni o'lchovga solgandagina, zarur vositaga aylanadi. She'riyatning qonuniyatlari yuzaga chiqadi. 14
Ilmi borga yetar / bir so'z ishora,
Iqtidor-la topar / har ishga chora.
Hech kim oqil dono / bo'lib tug'ilmas,
Fozillar ham qilar / xato ming bora.
Bu misralar M.Rofiy ijodidan o'rin olgan bo'lib, 6+5 tartibli she'r oxirigacha davom etgan, shu sabab bu she'rning vazni 6+5=11 bo'g'inli barmoq vaznidadir.
Odamda cheki yo'q / hoy-havas bisyor,
Ularda erta kun /foyda yo'q zinhor.
Har lahza umringni/ bilib omonat,
Haq bergan hech damni /o'tkazma bekor.
Ushbu misralarda ham bo'g'inlar soni 11 adadni tashkil qiladi. Turoq tartibi 6+5 tarzida misra oxirigacha davom etgan.Bundan anglashiladiki, M.Rofiy ruboiylarining aksariyati barmoq vaznidadir. Masalan:
Haqiqatni / bilmoq ko'p mushkul ,
Lozim bu chun / sabot, tavakkul.
Mushohada / va mantiq kerak,
Hikmat ila / poy etmoq ko'ngil.
She'r bandlarining vaznini aniqlash uchun dastlab birinchi misradagi bo'g'inlarni sanab chiqamiz ,ikkinchidan ,turoq borligini va uni qay tartibda joylashganini aniqlaymiz. Natijada birinchi misraning bo'g'inlar miqdori va turoqlar soni hamda tartibi aniq bo'lib qoladi. (4+5=9) Boshqa misralar tekshirilgach she'r barmoq vaznida yozilganligini bilib olamiz:
Yuqorida aytganimizdek, bir vaznning o'zi she'r bo'lolmaydi . M.Rofiy ijodidagi she`rlar ham vazn nuqtayi nazaridan aruz talablariga javob bermaydi. Ammo ruboiylarda ifodalangan yuksak ma'no-mazmunning to'rt misrada ifodalanishi, qofiyalanish tartibidagi ayni o'xshashlik ruboiy janr tabiatidan kelib chiqqan holda shoir ijodidagi she'rlarni ruboiy-to`rtlik deb atashimizga asos bo'ladi. Buni tahlil jarayonida yana ham ochiqroq tarzda ochib berishga harakat qilamiz:
Shoir ijodida 7,8,9,10,11,12 bo'g'ili barmoq vaznidagi she'rlar mavjud:

Download 148,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish