Abdulla Oripov
she’rlarida so’zlashuv uslubining qo’llanilishi
«Tilla baliqcha»
«Men nechun sevaman O`zbekistonni»
«Qo`riqxona»
«Genetika»
«Olomonga»
Abdulla Oripov lirikasi
So’zlashuv uslubi Uyda ,ko’chada insonlarning o’zaro so’zlashuvda qo’llanadigan uslub so’zlashuv uslubi deb ataladi.Badiiy me’yorlarga rioya qilinmaydigan ko’rinishi oddiy so’zlashuv uslubi deb ataladi. So’zlashuv usubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar ,grammatik vositalar ,tovushlar tushib qolishi ,ortirilishi mumkin:Kep qoling!Obbo,hamma ishni do’ndiribsizda .Mazza qildik.So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi,piching,qochiriqlar,kinoyalar ko’plab ishlatiladi.Ko’proq sodda gaplar,to’liqsiz gaplar,undalmali gaplardan foydalanadi.A.Oripov ham o’z she’rlarida xalqqa yaqin bo’lgani uchun o’z she’rlarida ko’proq bu uslubga ko’proq yondashgan. Yurtim, senga she`r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. Shoirlar bor o`z yurtin butun Olam aro atagan tanho. Ular she`ri uchdi ko`p yiroq, Qanotida kumush diyori, Bitilmagan dostondir bori. Faqat ojiz qalamim manim, O`zbekiston, Vatanim manim. Bu she’rida so’zlashuv uslubiga xos “uchdi”,”qanotida”,o’lka” so’zlaridan foydalangan
“O’zbekiston” she’ridan:
Olimlarning xizmatlari
Yo‘q, bekorga ketmapti,
Shuncha ishni qilishipti,
Faqat Mehr yetmapti.
Mehr tuyg‘usini yo‘qotish – inson uchun mudhish holat. Bu esa bir vaqtning o‘zida tilda ham o‘z aksini topadi. Xususan, ijodkor til va ruhning dialektik yaxlitiligini ta’kidlaydi . Tildan ajralgan ruh yoki ruhdan ajralgan tilning holati mehr tuyg‘usini his etmagan besh donishmandga qiyoslanadi. Xalqchillikning badiiy ifodasiga aylangan “Farrosh kampir" she’ri adabiyotimiz xazinasini boyituvchi yuksak milliy asar namunasi sifatida qolajak.
Har qanday ijodkor his-tuyg‘ularini, voqelikka estetik munosabatini so‘z vositasida ifoda qiladi. Badiiy asar tili poetik tafakkurning eng muhim mezonlaridan biri sanaladi.
Aslida nazariy jihatdan qaraganda til badiiyati negizida so‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llanish, lug‘at boyligimizda mavjud so‘zlarni o‘z o‘rnida ishlatish, xalqona frazeologik birliklardan unumli foydalanish juda katta ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotshunos H.Umurov “badiiy asar tili xalq tili (jonli til, adabiy til)ga asoslanganligi sabab, unda xalqchillik ruhi doimo ustun turishi”2 ni ta’kidlaydi. Darhaqiqat, Abdulla Oripov she’rlarida jonli xalq tiliga xos hikmatli ifodalar, go‘zal iboralar, lutflar, hazil va qochiriqlarning o‘z o‘rnida meyorida ishlatilishi ularning xalqona ruhi va yuksak badiiyatini ta’minlagan.
Xalq og‘zaki ijodida (yor-yor, alla, o‘lan, lapar va h.k.)
xalq tilida mavjud bo‘lgan frazeologik birliklar, badiiy
san’atlar, ayniqsa, fikr, so‘z takrori natijasida go‘zal
manzaralar, o‘ziga xos poetik olam vujudga keladi.
Xalq dardini, xalq tilini va ruhini teran anglagan ijodkorlarning asarlarida ham shu xususiyat yetakchilik qiladi. Abdulla Oripov she’riyatida ham oddiy so‘zlarning takror kelishi (takrir san’ati) oqibatida shoir uslubiga xoslikni maydonga keltiradi
Aslida xalq hayotini, turmush tajribalarini kuzatish natijasida ijtimoiy-ruhiy holatlarga oid xulosalar, mantiqiy umumlashmalar og‘zaki ijodda paydo bo‘ladi. Maqol, matal, aforizmlar kabi paremalar avloddan-avlodga o‘tib, xalq badiiy tafakkurida yashab keladi. Bunday hikmatli iboralarda o‘xshatish (istiora, tashbeh, metafora), taqqoslash (antiteza), parallelizm, kinoya, piching va boshqa badiiy tasvir vositalari keng qo‘llanadi
Kecha oqshom falakda oy bo`zarib botganda Kecha oqshom falakda oy bo`zarib botganda Zuhra yulduz miltirab xira xanda otganda, Ruhimda bir ma’yuslik sokinlik uyg’otganda, Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim, Eslab hayolga toldim, birinchi muhabbatim. “oqshom”,” botgan”,” otgan” so’zlari so’zlashuv uslubiga xos
Xulosa
A.Oripov tom ma`nodagi milliy va xalq shoiri. Uning she`riyati nafaqat xalqchil mazmuni bilan, balki poetikasi, asarlarining arxitektonikasi bilan ham xalqqa nihoyatda yaqin turadi. Bu narsa uning asarlarining band qurilishida ham ko`rinadi. A.Oripovning birinchi shoirlik fazilati originallikka intilishdir. Ushbu harakat uning mavzu tanlashida, masala topa bilishidagina emas, balki shakliy vositalarda ham ko`zga tashlanib turishini aniqladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |