Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti filologiya va tillarni o


Shoir ijodida ruboiy-to'rtliklarning o'rni



Download 148,11 Kb.
bet10/29
Sana13.08.2022
Hajmi148,11 Kb.
#847015
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
“mustaqim rofiy lirikasida falsafiy-ilmiy muammolar tahlili (1)

1.2 Shoir ijodida ruboiy-to'rtliklarning o'rni
Mustaqim Rofiy ruboiy-to'rtliklari shakl va mazmunning uyg'unligi bilan qimmatlidir . Shoir ruboiy-to'rtliklarida ishq haqida ham, falsafa haqida ham, axloq haqida ham, xullas, she'riyatda mavjud bo'lgan deyarli barcha mavzularda qalam tebratmoqda. Shoir ruboiy-to'rtliklari mundarijasining yetakchi yo'nalishlarida ijod etayotir. Falsafiy qarashlar shoir ijodining ustuvor g'oyalari hisoblanadi. Ularda inson hayoti, uning murakkab qismati va dunyodagi o'rni haqida mushohada qilinadi.
Shoir ruboiy-to'rtliklari orqali inson yuziga ko'zgu tutgandek bo'ladi. Shoir borki, har doim tangri Taolloni zikr etadi. U qalbiga Olloh nurini naqsh etadi. Rofiy lirik qahramoni ham insonning o'zligi, uni dunyoda buyuk mavjudot sifatida voqe etadigan hayotiy-ma'naviy omillar to'g'risida iztirobli xayollarga beriladi. U Haq taollo bir kun kelib unga olam aro insonning qalbini ochish sirlarini ko'rsatishiga ishonadi:
Bilaman, sizda bor ko'p imkoniyat,
Menda ham kam emas niyat, qadriyat.
Hamisha tangriga qilgum tavakkul,
U menga anglatar kulli mohiyat.
Shoir ko'ngli Bedil, Hayyom , Ibn Sino ruboiylaridan quvvat oladi. Ularga ma'naviy shogirdlik qiladi. U sodda ,chapani so'zlari bilan o'quvchisini rom etadi. Bu chapanilik orqasida olam va odam hayotining manzarasi aks etadi, bu to'porilik orqasida hayotning turli o'nqir-cho'nqirlari, to's -to'polonlari ko'zga tashlanadi desak, yanglishmagan bo'lamiz.
She'rlarim bor-yo'g'i ko'ngil izhori,
Falsafam - chapani , sarxil, to'pori.
Purdon demang, menda ko'p g'ofil kori,
Dilimni tark etmas jonil qarori.
Ruboiy-to'rtliklar zamirida insonni tushunish va hayotning asl mohiyatini tushuntirib berish masalasida juda ko'p aniq ma'lumotlar turganligini aytish lozim. Falsafiy ruboiy-to'rtliklarida shoir ehtirosi tafakkur mantig'iga, inson, hayot, davr, jamiyat haqidagi aqliy qarashlar va xulosalarga bo'ysunadi. U ruboiy-to'rtliklarida o'z zamonasining dolzarb muammolarini qalamga oladi. Badiiy umumlashmalar yaratadi. U daholikka da'vo qilmaydi, shunchaki qalbida tug'yon urayotgan fikrlarni o'quvchisi bilan o'rtoqlashadi. Buni o'zining baxti deb bilgan shoir haqiqat va adolat jarchisiga aylanadi.
Daholikka hech ham qilmasman da'vo,
Demasman: ishlarim tanho,bexato.
Men qilgum ko'nglimga yozganin xudo,
Bu baxtni hech nega alishmam aslo.
Ruboiy tabiatiga xos yetakchi xususiyat falsafiylikdir. Shoir
ruboiy-to'rtliklarida falsafiy mushohada yuritar ekan, aniq masalaning tub mohiyatiga o`z o'quvchisini qaratadi. Inson taqdirini, dunyo hodisasini baholashda tom ma'noda mutafakkirlar qarashlariga asosan fikr yuritadi:
Vazmin bo'l, sen, yaxshi ham yomon kunda,
Baxtli on bor hatto zimiston tunda.
Doimo shod bo'lmoq beimkon bunda,
In'on ixtiyor, bil, inson – Unda.
Bu to'rt misra she'rda shoir yuzlab, minglab baytlarga aytish mumkin bo'lgan fikrning mag'zini singdirgan. Yaxshi ham yomon kunda shukr qilib yashash lozim . Qorong'u kunlarning poyoni bor. Eng yomon kunlarning birida quyosh sen uchun nur sochib chiqadiki, bu nur ko'zlaringni qamashtirib, qalbingda sevinch alanga oladi. Buni sabr ila kutmoq lozim.Ikkinchi misradagi bu fikr alohida olganda ham tugal bir hikmat mazmunini beradi . Xalqimizning hikmatlar xazinasida "oyni o'n beshi qorong'u bo'lsa, o'n beshi yorug'" degan hikmat bor. Shoir shu hikmatli so'zga ishora qiladi . Uning ruboiy-to'rtliklarini o'qigan odam o'ziga tegishli xulosa oladi. Shoir bir she`rida:
Sabr qilsang nihol daraxt bo'ladi,
Hech kim bovar qilmas baxt ham keladi.
Do'stim, har sinovdan o'tmoqlik mushkul,
Iroda dosh bermas vaqt ham bo'ladi. -
desa, boshqasida taqdiringda har ne ish bor - bariga sabr qil.
Taqdir-nasibagni Olloh biladi. Besabrlik qilib parvona singari sham shu`lasiga kuyib qolma, demoqchi bo'ladi.
Sabr- qil, taqdirda har ish bo'lgaydir,
Nasibani yoyg'iz tangri bilgaydir.
Jonnisor parvona - haqiqiy marddir,
Kuygay, lek shu`layi shamni kutgaydir.
Bu olamning poyoni yo'q, bunda yashiringan sirlar bisyor. Sarhad bilmas olamda hali inson tajribasiz ,shoir tili bilan aytganda, "Keksa dunyoning g'or bir bolalarimiz ". Hali ota-onasini, qarindosh -urug'ini tuzukrok tanimagan go'dak biron "ish" qilib qo'ysa, yaqinlari bundan zavqlanadi. Shoir aytmoqchi bo'lgan bolalar esa ozmi - ko'pmi hayot tajribasiga ega insonlar, endi ularning har bir qadami jamiyat a'zolar uchun ziyon yoki foyda keltiradi. Ularning qilib qo'ygan xatolari quvonch emas, kulfat olib kelishi mumkin . Bu xatolar kechirilmaydi. Ularning ayblari bolalikka yoyilmaydi, balki ular bosayotgan har bir qadamlari uchun jamiyat oldida, kerak bo'lsa o'z vijdonlari oldida javob beradilar. Shoir shuning uchun ham inson har bir qilayotgan ishini aql tarozisida o'lchab bajarishini istaydi:
Biz keksa dunyoning g'o'r bolalari,
Aql yo'q, bilmaymiz o'ng-u teskari.
Katta odamning go'dak aksari.
Tushunmas bol bermas hech qovoqari.
Insonlar borki, oq va qorani bir- biridan ajratolmaydi. Ularning tafakkur tarzi shunchalik zaifki, katta yoshda bo'lsa ham, bolalarcha fikrlaydi. O'ziga ham, boshqalarga ham ziyon beradi. Shoir bu kabi insonlarni kaltabinlikda ayblaydi .
M. Rofiy ruboiy-to'rtliklari mana shunday rang-barangliklarga tayanadi: inson xayolida kechgan xilma-xil fikrlarni, voqea, hodisa, mohiyat shaklida o'zgarib boruvchi olamning salbiy va ijobiy tomonlarini ixcham shaklda mahorat bilan tasvirlab beradi.
Shoir ishqiy mavzuda ham samarali ijod qilayotir. Shunday yo'nalishda yozgan bir to`rtligida ushbu mavzu quyidagicha ochib berilgan: ko'ngliga otash solgan, uni asir qilgan nigor bir sirli bo'qdi-yu, oshiq qalbida ishq olovini soldi . Oshiqning ko'ngil zorini aytmoq uchun na til va na tanasida kuch qoldi. lirik qahramon yor ko'yida halovatini yo'qotdi. Endi uning ixtiyori o'zidamas, ohu ko'zli malakda:
Vujudumga soldi otash, bir sirli boqib ohu,
Zori dilim aytmoq uchun bor na til,na hol, yohu.
Yorning nigohi sehridan jo bo'lmish dilga jodu,
Ixtiyorim o'zimdamas , ko'zga hech kelmas uyqu...
Ishqiy muammolar shoir ruboiylarida ham falsafiylik kashf etdi desak, bizningcha, yanglishmagan bo'lamiz.U ishq mohiyatini chuqur va muxtasar tarzda ochib berar ekan, qalbni g'aflat uyqusidan uyg'otadi .
Sevgidan o'zgani o'ylama Zahro,
Ishq boqiy-u, bu dunyo fano.
Muhabbatsiz aftoda dunyo ,
Barno, sen-la zebo bu dunyo.
Bu dunyo o'tkinchi. Faqat insonlaring bir-biriga bo'lgan muhabbati abadiydir degan g'oyani ilgari surgan holda ushbu misralarni qog'ozga tushiradi.
"Muhabbat o'zi eski narsa,lekin har yurak uni yangilaydi", - degan edi Hodi Toxtash. Darhaqiqat, XVIII asrda shoira Nodirabegim tomonidan:
Muhabbatsiz kishi odam emasdir,
Gar odamsen muhabbat ixtiyor et.
Nodira uchun chin va sof muhabbat keng ijtimoiy ma'noga ega. U ijtimoiy ma'noga ega insoniylikning asosiy omilaridan biridir deya kishilarni mehr- muruvvatli bo'lishga chorlasa, Mohlaroyimdan bir necha asr keyin
M. Rofiy ijodiyoti orqali muhabbat mavzusi yana yangidan, yangicha ranglarda ko'z ochdi. Endi shoir ko'ngli muhabbatsiz dunyoni ta'savvur qilolmaydi . U qanchalik maftunkor joy bo'lmasin, muhabbat bo'lmasa, u joy shoir uchun vayronaga aylanadi. Shoir ko'ngli u yerdan taskin topmaydi.
Uztoz Ibrohim Haqqul "Sharq she'riyatining vohid quyoshi " nomli maqolasida ruboiy yaratish haqida fikr yuritar ekan, jumladan, shunday deydi:
" Ruboiy yaratish -qatrada dengiz , uchqunda quyoshni akslantirish san'ati deyiladi. Darhaqiqat, xuddi shunday. Ruboiy eng avvalo, ana shu jihatdan she'riyatning dovrug'dor shakliga aylangandir. "Islom qomusi"da ruboiy Sharq she'riyatining " vohid quyoshi " deb ta'riflangan . Ruboiyning vohid quyosh darajasiga ko'tarilishi, bizning o'ylashimizcha , bu janrda ishqiy, falsafiy, diniy, va ta'savvufiy g'oyalarning teran ifodalanishi bilan ham bog'liqdir".3
M.Rofiy ijodidagi ruboiy-to'rtliklar mana shu talablarga mos keladi. U ishq- muhabbat mavzusida yozadimi yoki ijtimoiy-falsafiy yo'nalishda yozadimi, falsafiylikdan uzoqlashmaydi . Inson obrazi har bir ruboiy-to'rtliklarida yetakchi obraz maqomida turadi .
Sening ko'nglindagi unga ayondir,
Aytmoqlik ne hojat: ayon-bayondir.
Avliyoga izhor qilmagil holing,
U biladi,hatto, neki pinhoning.

Download 148,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish