-iyun, 2016-y.
Kirish.
I BOB.Mustaqim Rofiy lirikasi mavzulari, janriy xususiyatlari.
1.1. Mavzular olami.
1.2 Shoir ijodida ruboiy-to'rtlik janrining o'rni.
II BOB . Ruboiy-to'rtliklarning poetikasi.
2.1. Vazn
2.2. Qofiya.
2.3. Badiiy san'alarning qo'llanilishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
Kirish
Mustaqillik sharofati bilan milliy qadriatlarimiz, xususan, adabiyotimizga bo'lgan e'tibor kuchaydi.Istiqlol sharofatida adiblarimizning ijodiy merosi har qanday bog'lovdan ozod holda o'rganilmoqda. Sho'rolar davrida o'zbek adabiyoti turli-tuman siyosiy-ijtimoiy "qolip"lar ichida bo'lsa-da, rivoj topdi, eng muhimi, ma'naviyat xazinasi targ'ibotchisi bo'lib xizmat eta oldi. Ayni paytda iste`dodli adiblar qatoriga o'nlab, yuzlab yosh ijodkorlar kirib keldi. Adabiy jarayonda ular ijodini, qolaversa, adabiyot taraqqiyotidagi o'rnini baholovchi yuzlab maqolalar monografiyalar, darslik hamda qo'llanmalar yaratildi.
Milliy mustaqillik tufayli mamlakatda ro'y berayotgan o'zgarishlar badiiy adabiyotda xolis yoritilmoqda. Ayniqsa, milliy istiqlol g'oyalarining xalq ongiga etkazishda katta rol o'ynovchi she'riyat o'zining mas`uliyatli va sharafli vazifasini tolaqonli bajarishga kirishdi.Shuning uchun ham bu davrga kelib, mamlakatdagi hayotni, kishilarning
orzu-umidlarini, kechinma, intilishlarini xolis hamda haqqoniy ko'rsatadiganasarlar vujudga kela boshladi.
Mavzuning dolzarbligi. Adabiyotning eng buyuk va muqaddas burchi odamga uning kimligini ko'rsatishdir. Badiiy adabiyotda, eng avvalo, inson va uning taqdiri, ruhiy olami va kechinmalari tasvirlanadi.
Lirilka fikr va his-tuyg'ular uyg'unligining teranlashgan ko'rinishi deyishadi. Bu hol uning mohiyatan teran falsafiy umumlashmalarga kelishida, bugungi voqeligimizdan kelajakka daxldor belgilarni ko'rishi va topa bilishida namoyon bo`ladi. Insonning faqat aqliy quvvatiga emas,uning ruhiy holatiga ham ta'sir etadi. Bu haqda birinchi Prezidentimiz I.A Karimov shunday yozgan edi: "Insonni, uning ma'naviy olamini kashf etadigan ya'na bir qudratli vosita borki, u ham bo'lsa, so'z san'ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik, shoir va yozuvchilarni esa inson ruhining muhandislari ,": deb ta'riflanishi bejiz emas”.
Shoir she'rlari orqali insonning ichki olami, xarakteri, orzu-istaklari va tuyg'ularini ochib berar ekan, unda shu mavjud borliqning
ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, ma'naviy-ruhiy qiyofasini ham tasvirlaydi
Mana shu tasvirdan qalamga olinayotgan davrning ijtimoiy,iqtisodiy va ma'naviy obrazi vujudga keladi. Bu lirik qahramon bo'lib, uning qalbida shoir tuyg'ulari, munosabati va bahosi mavjud bo'ladi. Bugungi kundagi murakkab ijtimoiy munosabatlarning badiiy adabiyot va she'riyatdagi talqini, birinchi navbatda adabiyotshunoslikning o'zi uchun, ikkinchidan, sotsiologiya va psixologiya uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Buxorolik iqtidorli shoir Mustaqim Rofiy lirikasida ijtimoiy ta'sirlanish, lirik obraz yaratish uning ijodidagi an'anaviylik va o'ziga xosliklar alohida o'rganilgan emas . Shoir ijodiy faoliyati davomida inson xarakterini ochib beruvchi , ruhiyat qirralarini ifodalovchi ko'plab lirik asarlar yaratgan. Ana shu asarlardagi o'zaro ijodiy ta'sirlanish ,usul hamda vositalarni, qolaversa, M.Rofiy ijodiy faoliyatining o'ziga xosligini o'rganish ishimizning dolzarbligini belgilaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |