Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti filologiya va tillarni o


Badiiy san'atlarning qo'llanilishi



Download 148,11 Kb.
bet18/29
Sana13.08.2022
Hajmi148,11 Kb.
#847015
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
“mustaqim rofiy lirikasida falsafiy-ilmiy muammolar tahlili (1)

2.3. Badiiy san'atlarning qo'llanilishi
M.Rofiy ijodida badiiy vositalar, she'riy san'atlar alohida o`rin egallaydi . Ming yillik tarixga ega bo'lgan adabiyotimizda badiiyat masalasi hamisha she'r ahlining diqqat markazida turgan. U yoki bu ijodkor salohiyati haqida so'z borganda, uning nimalarni tasvirlagani emas, asosan, qanday tasvirlanganiga e'tibor qaratilgan. Jumladan, adabiy asarlarda she'riy san'atlardan foydalanish mahorati hamma asrlarda badiiy san'atkorlikning asosiy qirralaridan biri sifatida baholangan. U yoki bu shoir ijodiga, u yoki bu badiiy asarga baho berilar ekan, ijodkor ifodalayotgan g'oya o'z aksini topgan ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, ma'rifiy-tarbiyaviy muammolar mohiyati va ko'lami, badiiy timsollar jilosi bilan bir vaqtda qo'llangan she'riy san'atlarning rang-barangligi, mantiqiy asoslanishi, asar mazmunini ochishdagi o'rni va ahamiyati kabi masalalarga alohida diqqat qilingan. Adabiyot tarixi yana shundan dalolat beradiki, she'riy san'atlar shoir badiiy salohiyatini ko'z-ko'z etish, uning xilma-xil san'atlardan mohirona foydalanish usullarini namoyish etish emas, balki ijodkor badiiy tafakkur dahosining ko'lami, yuksak ijtimoiy-axloqiy g'oyalarni jilolantirish san'atkorligi vositasi bo'lib kelgan.
Ataullo Husayniy badiiy sa'natlarni uch turga ajratadi:

  1. lafziy san'atlar

  2. ma'naviy go'zalliklar

  3. lafziy-yu ma'naviy san'atlar.

She'r san'atlari o'zbek mumtoz adabiyotining o'ziga xosligini, milliyligini, latofat-u nazokatini, ta'sirchanligini ta'minlovchi vositalar hisoblanadi.O'zbek adabiyotida san'atlarning soni shunchalik ko'pki ,ularning aniq sonini aytish qiyin. Ba'zi adabiyotlarda ularning soni 150 dan ortiq deb ko'rsatiladi.
Lafziy san'atlar she'riy nutqdagi so'zning tovushi bilan bog'liq bo'lib, ko'proq shakl hodisasi sifatida ko'riladi. Lafziy san'atlar xilma-xil, adabyotshunos T.Boboyev tarse , tajnis, saj, tashtir, tarde aks, mulamma, hojib, ishtiqoq, tasdir kabilarni lafziy san'atlar turiga kiritadi.
Ma'naviy san'atlar nima? Ularga qaysi she'riy san'atlar kiradi? She'r san'atining bir guruhiga she'r ma'nosi, g'oyasi bilan bog'liq bo'lgan san'atlar kiradi. Ma'naviy san'atlar ham rang-barang ko'rinishga ega. Ular: tavjih, iyhom, lutf, tajohili orif, talmeh, irsioli masal, ruju, takrir, savol-javob, muammo, lug'z, tashbeh, tamsil, kinoya, tadrij, tazod, taajjub, muashshah, chiston kabilar.
She'riy san'atlarning uchinchi turi ma'naviy- lafziy san'atlar ham g'oyatda rang-barang ko'rinishga ega. Jumladan, mutabbaqa, tatbij, muqobala, tafvif, ta'dil, irsod, muzovaja, iqtibos, tazmin,tanosib va boshqalar. Demak , she'riy san'atlar juda ko'p bo'lib , ularning bir qanchasi M. Rofiy ruboiy-to'rtliklarida uchraydi . Ulardan ayrim misollar keltidamiz . Ruboiy-to'rtliklarda eng ko'p uchraydigan san'at tazoddir. Tazod-ma'naviy san'atlarning eng ta'sirchan va ko'p ishlatiladigan turlaridan biri bo'lib, nasr va nazmda keng qo'llanilgan. Xullas, tazod bir- biriga zid tushunchalarni ifoda etuvchi so'z yoki iboralarni ma'lum bir munosabat nuqtayi nazaridan ishlatishdan iboratdir. Atoullo Husayniy tazodga ma'nodosh bo'lgan " mutobaqa", "tiboq", "takofu" atamalarini sanab o`tgan. Maqsud Shaxzoda bu san'atga ham maxsus maqola bag'ishlagan. "Agar, - deb yozadi M.Shaxzoda, -tanosub san'ati voqealar, buyumlar va kayfiyatlar o'rtasida mutabosiblik (uyg'unlik) belgisini shart qilib qo'ygan bo'lsa, tazod san'atida, aksincha, taomila bir -biriga zid, teskari , muxolif bo'lgan hodisalarni va holatlarni yuzma-yuz keltirish, ularni ro'baro' qilish talab etiladi."

Download 148,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish