Buxoro davlat universiteti a. N. Murtazoyev texnik mexanika


-MAVZU: TEKISLIKDA HARAKATLANUVCHI MEXANIZMLAR



Download 15,67 Mb.
bet11/111
Sana20.06.2022
Hajmi15,67 Mb.
#685513
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   111
Bog'liq
Aziz domlo 2

4-MAVZU: TEKISLIKDA HARAKATLANUVCHI MEXANIZMLAR.
REJA:
1. Kinematik zanjirlar, ularning turlari.
2. Tekislikda harakat qiluvchi mexanizmlarning tuzilishi va ta’riflari.
3. Mexanizm tuzuvchi gruppalari. Assur gruppasi.
4. Tekis mexanizmlardagi oliy kinematik juftni quyi kinematik juft bilan almashtirish.
Kinematik juft tashkil qilib birikkan qo’zg’aluvchan zvenolar gruppasi kinematik zanjir deyiladi. Bunday zvenolar soni kamida ikkita bo’ladi.

4.1 - rasm
4.1a - rasmda keltirilgan kinematik 1 va 2 zvenolardan tashkil topgan bo’lib, ularning biri ikkinchisiga nisbatan yoki ikkinchisi birinchisiga nisbatan harakat qila oladi. Sharnir B zvenolarning bir-biriga nisbatan harakat qilish nuqtasi hisoblanadi. Kinematikaviy zanjir tashkil qilib birikish nuqtalari, zvenolarning bir-biriga nisbatan harakat qilish shartiga va birikish turiga qarab, oliy hamda quyi klass kinematik juft hosil qilish mumkin. Zvenolar turiga va birikish tartibiga qarab, kinematik zanjirlar oddiy va murakkab bo’ladi.
4.1 b, d - rasmda oddiy va murakkab kinematik zanjirga misol keltirilgan, bunda zveno 3 ning ikkita nuqtasi (В va C, 4.1 b-rasm) qo’shni zveno 2 va 4 bilan, ikkinchi sxemada esa (4.1 d - rasm) zveno 3 ning bir yo'la uch zveno 2, 4 va 5 bilan birikishi ko’rsatilgan. Zveno 3 bazis zveno deyiladi. Zanjir tarkibiga kirgan zvenolardan biri ko’pi bilan ikkita qo’shni zveno bilan kinematik juftlik tashkil qilib biriksa, u oddiy kinematik zanjir deb ataladi (4.l b-rasm). Agar kinematik zanjir tarkibida 3 ta qo'shni zveno bilan kinem atik juftlik tashkil qilib birikadigan zveno bo’lsa, bunday zanjir murakkab kinematik zanjir deb ataladi (4.l d- shakl).
Yuqorida ko’rilgan kinematik zanjir ochiq bo’lib, uchlari tutashmagan. Bundan tashqari, kinematik zanjirlar yopiq bo’lishi ham mumkin. Yuqorida oddiy va murakkab ochiq kinematik zanjirlarning ochiq uchlarini to’g’ridan – to’g ‘ri juftlik hosil qilib biriktirish yoki ikkinchi biror zveno bilan biriktirish yo’li bilan yopiq kinematik zanjirlar (4.1 e, f-rasm) hosil qilinadi. 4.1-b rasmda О va D nuqtalarni tutashtirish yo’li bilan oddiy yopiq kinematik zanjir ( 4.1 e - rasm) hosil qilingan bo’lsa, 4.1f- rasmda O, F va D nuqtalarni zveno 6 va 7 lar
Yordamida tutashtirib, murakkab yopiq kinematik zanjir hosil qilingan. F nuqtada zveno 5, 6 va 7 lar bir sharnirda ikkita kinematik juftlik hosil qilib birikadi.
Agar kinematik zanjir hech bo’lmaganda ikkita qo’shni zveno bilan birikib kinematik juftlik hosil qiladigan zvenolardan tarkib topgan bo'lsa, bunday zanjir yopiq kinematik zanjir deb ataladi. Yopiq kinematik zanjir qo‘zg‘aluvchanlik darajasiga ega bo'lib, ma’lum ish bajaradi.Zanjirning erkinlik darajasini H bilan, zvenolar sonini K bilan belgilasak, kinematik juftliklarga kirmasdan awalgi umumiy erkinlik darajasi H =6 K bo'ladi. Zvenolarning kinematik juftlik hosil qilib birikishini hisobga olsak, zanjirning erkinlik darajasi H, zvenolar soni К va kinematik juftlik klassi P bilan quyidagi bog'lanishda bo'ladi:
H = 6K - 5 P5- 4P4 - 3P3 - 2P2 - 1P1 (4)
(4) formula kinematik zanjirlaming tuzilish nazariyasiga asos solgan rus olimi P.I.Somov-Malishev nomi bilan yuritiladi.
2. Yopiq kinematik zanjir tarkibidagi zvenolardan birini qo’zg’almas qilib mahkamlash yo’li bilan mexanizm hosil qilinadi. Mexanizmlar harakati ularni harakatga keltiruvchi va harakatni qabul qiluvchi zvenolar orqali aniqlanadi. Mexanizmni harakatga keltiruvchi zveno etaklovchi zveno deb ataladi.
Etakchi zveno yopiq kinematik zanjir tarkibiga kiruvchi biror qo’zg’almas zvenoga nisbatan muayyan tartibda harakatlangan vaqtda zanjirning zvenolari ham ma’lum tartibda harakat qilsa, bunday kinematik zanjir mexanizm deb ataladi.
Mexanizmlar: fazoda harakat qiluvchi – fazoviy mexanizm va tekislikda harakat qiluvchi tekis mexanizmlarga bo’linadi. Mexanizm tarkibidagi zvenolar biror tekislikda yoki parallel tekisliklarda harakatlansa, bunday mexanizmlar tekis mexanizmlar deb ataladi. Fazoviy mexanizm tarkibida zvenolar har xil tekisliklarda harakatlanadi.
Tekis mexanizmlar texnikada keng tarqalgan. Shu mexanizmlarning kinematikasi va dinamikasi bilan tanishib chiqiladi. Tekis mexanizm tarkibidagi zvenolar mexanizm tashkil qilmasdan oldin uning erkinlik darajasi 3 tadan bo’lib, mexanizm tashkil qilishi natijasida 1 va 2 tomonlama bog’lanishda bo’ladi. Bunday mexanizmlarning qo’zg’aluvchanlik darajasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
W=3n-2P5-1P4 (4.2)
Bu yerda W-tekis mexanizmning qo’zg’aluvchanlik darajasi, n-tekis mexanizm tarkibidagi qo’zg’aluvchan zvenolar soni, P5 –V klass kinematik juftlar soni (4.2) formulani birinchi bo’lib akad. P.L.Chebishev isbotlagan, shuning uchun uning nomi bilan yuritiladi.
Chebishev formulasi yordamida har qanday mexanik sistemaning mexanizm yoki mexanizm emasligi aniqlanadi. Mexanizmning qo’zg’aluvchan zvenolari va kinematik juftlar soni hamda juftlarining klassini aniqlab, (4.2) formulaga quyilsa, mexanizmning qo’zg’aluvchanlik darajasi, ya’ni shu mexanizmning ma’lum qonun asosida harakatlanish uchun zarur etakchi zvenolar soni topiladi. Mexanik sistemaning qo’zg’aluvchanlik darajasi nolga teng bo’lsa, sistemaning birorta zvenosi ham harakat qila olmaydi va bunday sistema ferma deyiladi.
Mexanizm zvenolarini ma’lum qonuniyat bilan harakatga keltiruvchi etakchi zvenolarning talab etilgan mexanizmining qo’zg’aluvchanlik darajasi deyiladi.
Sistemaga bog’liq bo’lmagan zvenoni o’z ichiga olgan mexanizm qo’zg’aluvchanlik darajasi ortiqcha mexanizm deyiladi.
3. Har qanday mexanizmda bitta bir hechta etakchi zveno bo’ladi. Etakchi zvenoning stoykaga nisbatan erkinlik darajasi birga teng (W=1).
Shu sababdan mexanizm hosil qilishda yetakchi zveno stoykaga, ya’ni harakat darajasi nolga teng bo’lgan zanjirga ulanadi (qo’shiladi). Erkinlik elementlarni stoykaga biriktirganda qo’zg’aluvchanlik darajasi nol (W=0) bo’lgan kinematik zanjir mexanizm tuzilishi gruppasi (Assur gruppasi) deb ataladi.
Tuzilishi gruppasining zveno va kinematik juftlari quyidagicha bog’lanishda bo’lishi kerak:
W=3n-2P5=0 (4.3)

(4.3) formulaga binoan guruhdagi zvenolar soni juft sonlardan ya’ni n=2, 4, 6, 8,..., V klass kinematik juftliklar soni esa tegishlicha= 3, 6, 9, 12,...(toq son) lardan iborat bo'ladi. (4.3) formulaga muvofiq bog'lanishdagi tuzilish guruhining zvenolarini yetakchi zvenoga va stoykaga biriktirish yo'li bilan mexanizmlar hosil qilinadi. Mexanizmlarni tuzilish gruppalarini birinchi bo’lib rus olimi L.V.Assur gruppalagan. Uning ta’rifiga ko’ra etakchi zveno bilan stoykaning birikish I sinf I tartibi mexanizmidir(4.2-rasm). Bundan tashqari tuzilish gruppasi bir necha sinf va tartiblarga bo’linadi.


Download 15,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish