Kirish zveno – bu zveno oldindan harakat qiladi. Misol bu zvenoga mashina dvigatelidan harakat berilishi mumkin qoidaga asosan mexanizm bitta kirish zvenosiga ega bo’ladi, ba’zida ko’proq zvenolarga ega bo’lishi mumkin, buni kelgusida ko’rib chiqamiz.
Chiqish zveno maqsadli harakatlanadi. Ya’ni mexanizm hosil qilishdagi harakatdir. Mexanizm bitta yoki bir qancha chiqish zvenolariga ega.
Oraliq zveno kirish va chiqish zvenolarini bog’laydi. Ular bir qancha bo’lishi mumkin, bitta ham bo’lishi mumkin. Ko’pchilik mexanizmlarda oraliq zveno bo’lmasligi mumkin. Kirish zvenosi to’g’ridan to’g’ri chiqish zvenosi bilan bog’langandir, misol uchun tishli uzatma kirish va chiqish tishli g’ildiraklardan iborat. Hozirgi mashinalarda mexanizmning konstruktiv xilma xilligi yuqori. Mexanizmlar quyidagi xillarga bo’linadi.
1.sterjenli
2.kulachokli
3.tishli
4.friksional
5.egiluvchan bog’lanishli (asosan – bular zanjirli va tasmali uzatmalar)
6.robot mexanizmlari
7.maxsus
Mashinalarda keng qo’llaniladigan birinchi uch xil mexanizmlar bo’lib, ularni MMH kursida o’qitiladi.
3.1-rasmda sterjenli mexanizm sxemalaridan bir keltirilgan. Bu mexanizmda qo’zg’almas zveno (stoyka) butunlicha ko’rsatilmay, qo’zg’aluvchi zvenolar bilan kinematik juftlar hosil qilingan joylari ko’rsatilgan. Shuning uchun qo’zg’almas zvenolar son bir qancha deb o’ylamaslik kerak, shtrixlangan zvenolarga qarab mexanizmlarda har xil bo’lishi mumkin aslida mexanizmlarda bitta qo’zg’almas zveno bo’ladi. Mexanizm zvenolariga qarab raqamlar bilan belgilanadi, stoyka-nolinchi zveno bo’lib sxemada belgilanmaydi. Birinchi zveno – bu kirish zvenosi, chiqish ko’pincha oxirgi zvenosida strelka ko’rsatiladi, qaysi tomonga harakatlanayotganini ko’sratish maqsadida. Kinematik juftlar bosh lotin harflari bilan belgilanadi. 3.1a-rasmdan ko’rinib turibdiki, mexanizm uchta qo’zg’aluvchan va bitta qo’zg’almas zvenodan iborat bo’lib, uchta qo’zg’aluvchan va bitta qo’zg’almas zvenodan iborat bo’lib, uni to’rt zvenoli deyiladi. Mexanizm to’rt quyi kinematik juftga ega – Ava B nuqtalarda ikkita aylanma va ilgarilanma.
3.1-rasm
3.1b–rasmda kulachokli mexanizm sxemalardan biri keltirilgan. Bu ham uchta qo’zg’aluvchi zvenolardan tashkil topgan to’rt zvenoli mexanizm (birinchi kirish zvenosi – kulachok) A, B va C nuqtalarda uchta quyi kinematik juftlar va K nuqtada bitta oliy (kulachok rolik bilan bog’langan nuqtada) kinematik juftdan iboratdir.
3.1v-rasmda tishli mexanizmlardan sxemalaridan biri ko’rsatilgan. Birinchi va uchunchi zveno (kirish va chiqish) birlamchi tishli g’ildiraklar bo’lib, ikkinchi zveno – bu ikkita har xil tish gardishiga ega bo’lgan ikkilangan tishli g’ildirak (blok-shesternya). Tishli mexanizmdagi kinematik juftlar belgilannmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |