bo’g’inlarning bir-biriga tegib harakatlanish xarakteri
1
s
i
n
f
2
s
i
n
f
3
s
i
n
f
4
s
i
n
f
5
s
i
n
f
O
l
i
y
Q
u
y
i
Quyidagi kinematik juftliklarga ularning tuzilishi sxemalarida shartli ravishda tasviurlanishi va belgilanishiga bir necha misol keltiramiz.
Aylanma juftlik – qo’zg’aluvchanligi bitta bo’lgan juftlik bo’g’inlari o’z o’qi atrofida faqat nisbiy aylanma harakat qiladi, bu geometrik yopiq tarzdagi quyi kinematik juftlik.
Ilgarilanma juftlik – qo’zg’aluvchanligi bitta bo’g’inlari faqat to’g’ri chiziqli nisbiy ilgarilanma harakat qiladigan yopiq tarzdagi quyi kinematik juftlik.
Silindrsimon juftlik – qo’zg’aluvchanligi ikkita bo’lgan bo’g’inlari mustaqil ravishda aylanma va to’g’ri chiziqli ilgarilanma nisbiy harakat qiladigan geometric yopiq tarzdagi kuyi kinematik juftlik.
Sferik juftlik – qo’zg’aluvchanligi 3 ta bo’lgan bo’g’inlari X , 4 o’qlari atrofida mustaqil ravishda uch marta nisbiy aylana oladigan geometrik yopiq tarzdagi quyi juftlik.
Quyi kinematik juftliklarning oily kinematik juftliklarga nisbatan afzalliklaridan biri ularning katta kuchlarni uzatish imkoniyati egaligidir. Chunki quyi juftliklarda urinuvchi bo’g’inlarning tegishli yuzasi juda katta bo’lishi mumkin. Oliy juftliklar qo’llanilganda mashinalamrdagi ishqalanish kamamyadi va oliy juftlikning tashkil qiluvchi bo’g’inlarga aniq bir shakl berish yo’li bilan mexanizm chiqish bo’g’inining har xil zarur harakat qonunlarini hosil qilish mumkin.
Mexanizmlar turli alomatlariga ko’ra tavsiflanadi. Birinchi navbatda ular quyi va oily kinematik juftli mexanizmlarda bo’linadi. Bunday mexanizmlar tekis va fazoviy bo’lishi mumkin.
Hamma harakatlanuvchi nuqtalari o’zaro parallel tekisliklarda harakatlanadigan mexanizm tekis mexanizm deyiladi.
Bo’g’inlarning harakatlanuvchi nuqtalari tekis bo’lmagan trayektoriyalar chizib yoki o’zaro kesuvchi tekisliklarda joylashuvi trayektoriyalar chizib harakatlanadigan mexanizmlar fazoviy memxanizmlar deyiladi.
Mashinashunoslikda ishlatiladigan mexanizmlarning turi juda ko’p, ularni o’rganish quyidagi guruhlarga tahlil qilish va loyihalash ma’qul.
Richakli mexanizmlar
Qulachokli mexanizmlar
Tishli mexanizmlar
Vintli va ponoli mexanizmlar
Friksion mexanizmlar
Egiluvchi zvenoli mexanizmlar
Gidravlik va pnevmatik mexanizmlar
Elektrik jihozlar mexanizmlar
Tarkibida richag bo’lgan barcha mexanizmlar richakli mexanizmlar deyiladi.
Ba’zi mexanizm nomlarida ularning konstruktiv alomatlari hamda kirish va chiqish bo’g’inlarining harakat tarzlari o’z ifodasini topgan. Masalan, krivoship koromisali mexanizm atamasi mexanizm kirish bo’g’inining (krivoshipning) uzluksiz aylanma harakatini chiqish bo’g’inining (koromisloning) tebkranma harakatiga aylantirib beradi, degan ma’noni bildiradi.