Avtomatik tizimni (liniyani) boshqarishda EXMning urni va vazifasi?
Avtomatik tizimda dumalash podshipniklarni ishlab chikarish xakida ayting.
Avtomatik tizimdagi uchastka qanday boshkariladi?
Avtomatik tizmning uchastkasini boshqarish strukturasini sxema orkali ifodalang.
Avtomatik tizimning tokarlik uchastkasini boshqarish xakida ayting.
Ishonchlilik nima?
Tizimning ishga ishonchligi nima?
Avtomatik tizimning unumdorligi qanday aniklanadi?
Tayanch iboralar: Avtomatik tizim (liniya); uchastkalarni avtomatik tizimda (liniyada) boshqarish; dastgoxning tsiklli ishi; parellal ishlaydigan dastgoxlar uchastkasi; ishonchlik; tizimning ishga ishonchliligi; tizimda bezotkaz ishlaydigan dastgox va qurilmalar extimolligi; gidravlik, elektrik va boshka sistemalarning bezotkaz ishlashi extimolliklari; belgilangan vakt oraligida otkazlarsiz bajarilgan ish xajmi; belgilangan vakt oraligidagi otkazlar soni; bezotkaz ishlash davri; avtomatik tizimning unumdorligi; asbob – uskunalarning kullanilishi texnik koeffitsienti; agregat eki dastgoxning limitlangan tsikli vakti; detalni tayerlashda umumiy vakt.
5 – Ma’ruza. Ko’p operatsiyali dastgohlar uchun ishlab chiqarishda harakat troektoriyalarini tanlash. Detallarga avtomatlashtirilgan ishlov berish marshrutlari. Reja:
Ko’p operatsiyali dastgohlar.
Ko’p operatsiyali dastgohlar uchun ishlab chiqarishda harakat troektoriyalarini tanlash
3.Detallarga avtomatlashtirilgan ishlov berish marshrutlari
Kichik seriyali ishlab chikarishda har xil detallarga ishlov berish uchun mo`ljallangan ko`pmaqsadli dastgohlardan tuzilgan avtomatlashtirilgan uchastkalar keng ishlab chiqarish imkoniyatlariga va ishlab chiqarish masalalarini echishda moslashuvchanlikka ega .Tayyorlanmani va kesuvchi asbobni avtomatik ravishda almashtirish dastgoxning bir ishchi poziciyasida amalda detalni minimal qayta o`rnatishlar bilan har xil texnologik o`tishlarni bajarishga imkon beradi.Agar avval, avtomatlashtirish asosan katta seriyali va ommaviy ishlab chiqarishni qamrab olgan bo`lsa, SBD va hisoblash texnikasining rivojlanishi natijasida kichik seriyali va zonalab ishlab chiqarishni ham avtomatlashtirish mumkin bo`ldi. Katta-kichik seriyali va donalab ishlab chiqarish avtomatlashtirish yo`nalishi va avtomatlashtirish darajasida farqi shundan iboratki, birinchi holda konrvativ, ikkinchi holda esa oson moslashuvchan avtomatlashtirishdan iborat.
Oson moslashuvchan tizimning avtomatlashtirilganlik darajasining oshishi odamsizdoimiy texnologik hal qilinadigan masalalarning kengayishi demakdir.
Faqat shakl hosil qiluvchi xarakter va tayyorlanma hamda kesuvchi asbobni almashtirish bilan bog’liq bo`lgan hamma yordamchiharakatlar bilan nazorat operaciyalarini va buyumlarning sifatiniboshqarishni, jarayonning borishi, asbob va jihozning texnik holatini nazorat qilish ham avtomatlashtiriladi.
Detallarni MIT va ko`p maqsadli dastgohlardaishlov berishda talab qilingan aniqlikka erishish uch etapni o`z ichiga oladi: o`rnatish etapi, statik va dinamik etaplari. O`rnatish etapida tayyorlanmani belgilash amalga oshiriladi, uni sputnikda (yo`ldoshda) va orientaciya qilish, mahkamlash va yo`ldoshli dastgohda o`rnatish va kesuvchi asbobni avtomatik o`rnatish buning natijasida o`rnatish Au o`lchami shakllanadi. Asbobni dastgoh bilan statik sozlashda texnologik bazaga nisbatan As o`lchamga chiqadi, keyin kesish jarayonida dinamik sozlashda esa deformaciya natijasida dinamik sozlash o`lchami shakllanadi. Shunday qilib, detalda hosil qilinadigan o`lcham
A∆=Au+As+Ad 2 rasmda tana detalining va asbobning texnologik avtomatlashtirilgan uchastka jihozining har xil poziciyalaridan o`tish sxemasi ko`rsatilgan. Har bir texnologik poziciyaga va kesuvchi asbobga ma`lum koordinata tizimi mos keladi. Detal va asbobning o`tishi bir koordinata tizimidan ikkinchisiga izchil o`tishi
Id {IR;Isp;Itr}, Ii {II;Ir;Im;Ir}
va har bir tizimda mos o`lcham bog’lanishlari hosil bo`ladi demakdir. Natijada texnologik jihozning har bir poziciyasida ularning aniqlikka ta`siri kesish jarayonining oxirgi etapida namoyon bo`ladigan chetga chiqish shakllanadi.
Tayyorlanmani belgilashda yo`ldoshga o`rnatish yo`ldoshni stanok stolida o`rnatishda hosil bo`ladigan chetga chiqishlar-bular hammasi detalni o`rnatish etapida shakllanadigan xatolikning tashkil qiluvchilaridir
O`z navbatida asbobni o`lchamga sozlashda paydo bo`ladigan xatolik va uni shpindellab o`rnatishda paydo bo`ladigan dastgohda asbobning ishchi yuzalarining holati xatosini belgilaydi.
Shunday qilib, o`rnatish etapida deatl va kesuvchi asbob tomonidan hosil bo`ladigan yig’indi xatolik shakllanadi.
Detallning nisbiy holati chetga chiqishi va asbobning statik koordinata tizimida ishchi yuklanishsiz siljiganda detalning va asbobning nisbiy holati chetga chiqishi statik sozlash etapida chetga chiqishining shakllanishini bildiradi.
R o`lchamning dinamik sozlash chetga chiqishi kesish jarayonida shakllanadi.
Uchta etapni bajarish natijasida tutashtiruvchi bo`g’inda shakllanadigan chetga chiqish yig’indisini tashkil qiladi.
Yo`ldoshni detal va asbob bilan karetka va robot yordamchi siljiganda tashish poziciyalarida shakllanadigan chetga chiqishlar.
Detal va asbob oqimining ishonimli o`tishini ta`minlaydigan chegarada bo`lishi kerak.
Birinchi dastgohda ishlov berish tugagandan keyin detal ikkinchisiga chegara , u erda chetga chiqishlarning xuddi shunda shakllanishi sxemasi bo`ladi. Birinchi
Ikkinchi dastgohda o`rnatish jarayonida shakllanadigan chetga chiqishlarning farqi dastgohda olingan yuzalarning nisbiy holati aniqligiga ta`sir qiluvchi qo`shimcha faktor hisoblanadi. Qayta o`rnatib baza almashganda bu faktorning ta`siri yanadi oshadi.
Keltirilgan sxema shuni ko`rsatadiki, detallarni MIT tayyorlashda aniqligiga erishish detal va asbobning texnologik jihozining har xil poziciyalaridan o`tishning murakkab fazoviy o`lcham zanjirlarining har xil etaplarida shakllanadigan.
Mashina konstrukciyasini ishlab chiqarish jarayonida konstro`qtor unga nafaqat kelgusi buyumning foydaliligini ifodalaydigan zarur xossalar beradi, balki uni yaratish tayyorlash texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash uchun resurs harajatlarining darajasini belgilaydigan xossalar ham beradi.
Berilgan sifat ko`rsatkichlari, ishlab chiqarish xajmi va ishlarni bajarish sharoitida konstrukciyasining ishlab chiqarishda va ishlatishda resurslarning optimal harakatlariga moslashuvchanligini belgilaydi belgilaydigan xossalar majmui buyum konstrukciyasining texnologiyasozligi deyiladi (KTS)
TKS buyumning funkcional xossalarini emas balki uning konstro`qtiv xususiyatlarini ifodalaydi; detal yuzalarining shakli va joylashishi, uning uzellarining tarkibi va o`zaro joylashishini; ularning holatini, materiallarini va b; uz navbatida buyumning konstro`qtiv bajarilishi, funkcionalligi, ishonchliligi, ergonominligi, estetikasini tejamkorligini, xavfsizligini va ekologiyasozligini belgilaydi.
Mashinasozlikni rivojlatirishning asosiy yunalishi mayda seriyalab, seriyalab, yirik seriyalab va yalpè ishlab chiqarishni avtomatik liniyalar, uchastkalar, sexlar va zavodlar zaminida keng avtomatlashtirishdan iborat.
Avtomatik tizim deb, ishlov berish texnologik jarayonining bajarilish tartibida o`rnatilgan, o`zarî avtomatik transport bilan birlashtirilgan va avtomatik yuklash-bo`shatish (zagotovkani o`rnatish-tayyor detalni olish) qurilmalari, shuningdek bir umumiy yoki bir nechta o`zaro bog’langan boshqarish sistemalari bilan jihozlangan texnalogik uskunalar majmuiga aytiladi.
Avtomatik tizimlar qo`llaniladigan texnologik uskuna turiga qarab quyidagilarga bo`linadi:
-universal dastgoxlar-avtomatlar va yarim avtomat liniyalari;
-ko`pjarayonli dastgoxlar va MIM tizimlari;
-agregat dastgoxlar tizimlari;
-maxsulot dastgoxlar-avtomatlar va yarimavtomatlar tizimi;
-aylanma (rotorli) texnologik uskunalar tizimi;
-aralash texnologik uskunalar tizimi.
Avtomatik tizimlar ishlov beriladigan detallarni tashiydigan transport turiga qarab bikr (sinxron) va moslanuvchi (asinxron) aloqali avtomatik tizimlarga bo`linadi.
Bikr aloqali tizimlarda detallarga tizimdagi texnologik uskunalarning barchasida bir vaqtda ishlov beriladi va ishlov berilgandan keyin oraliq qurilmalarda to`planib qolmasdan bir uskunadan ikkinchi uskunaga to`xtovsiz uzatiladi. SHuning uchun bunday tizimlarni yaratganda har qaysi uskunadagi ish tsiklining davom etish vaqti bir-biriga teng yoki kam farq qilishiga erishish zarur. Bunday tizimlarni kamchiligi shundaki, tizimlardagi biror dastgox yoki biror qurilma to`xtab qolsa, butun tizim ishlamaydi.
Moslanuvchi aloqali liniyalarda har qaysi texnologik uskuna yoki uskunalar guruhi o`rtasida magazin-to`plagich bo`ladi. Natijada detal' bir uskunada ishlov berilgandan keyin avval to`plagichgà uzatiladi, bu to`plagichda avvaldan turgan detal esa navbatdagi uskunaga uzutiladi. Mazkur holda tizimlardagi biror texnologik uskuna to`xtab qolsa, tizimning soz qismi to`plagichlardagi detallar hisobiga ishni davom ettira oladi. Lekin to`plagichlar qo`llanilganda avtomatik tizimlar murakkablashadi.
Avtomatik tizimlar ishlov beriladigan detallarni tashish usuliga qarab yo`ldoshli va yo`ldoshsèç bo`ladi. Yo`ldoshli tizimlar tashish yoki ish pozitsiyalarida moslamalarga mahkamlash uchun noqulay murakkab shaklli detallarga ishlov berishda qo`llaniladi. Yo`ldoshlar bilan jixozlangan avtomatik tizimlar detallarni texnologik uskunaning bajaruvchi organlariga nisbatan puxta va aniq vaziyatda o`rnatishíè ta`minlaydi. Ayni vaqtda yo`ldoshlarni detalni qabul qilish joyiga qaytaruvchi transport (tashish) qurilmalari avtomatik tizimlarni murakkablashtiradi va ularning narxini oshiradi.
Avtomatik tizimlar tashish qurilmalarining texnolgik uskunaning ish zonasiga nisbatan joylashishiga qarab ochiq yoki berk bo`ladi. Ochiq tizimlarda tashish qurilmalari texnologik qurilmalarning barcha ish zonalaridan o`tadi, berk tizimlarda esa ish zonalaridan tashqarida o`tadi.
Berk tizimlarda ishlov beriladigan detallar uskunaning ish zonasiga alohida-alohida tashish qurilmalari yordamida tashib keltiriladi.
Ochiq avtomatik tizimlar berk tizimlarga nisbatan oddiy tuzilgan. Lekin ochiq tizimlar, odatda, uzunroq bo`ladi, chunki ularda detallarning bir yoki ikki tomoniga ishlov beradigan birpozitsiyali agregat dastgoxlar (berk tizimlardagi ko`ppozitsiyali dastgoxlar o`rniga) ishlatiladi.
Ochiq tranportyordan foydalanganda agregat dastgoxlarning ish zonalarini bir sathda joylashtirish ham zarur bo`ladi, bu esa stanoklarni murakkablashtiradi va ularni o`rnatish hamda geometrik aniqligini tekshirishni qiyinlashtiradi. Bundan tashqarii, bunday avtomatik liniyalarda korpus detallarga ko`ptomonlama ishlov berishda to`ntargichlar talab etiladi, natijada tashish sistemasi murakkablashadi va liniya uzunlashadi. Ko`rsatilgan kamchiliklar detallarni tashish uchun portal robotlar bilan jihozlangan berk avtomatik liniyalarda bartaraf etilgan.
har qaysi pozitsiyada bir vaqda ishlov beriladigan bir hil detallar soniga qarab bir va ko`poqimli liniyalar bo`ladi, turli detallar soniga qarab esa-bir va ko`p predmetli liniyalar bo`ladi.
Avtomatik liniyalar qayta sozlash imkoniyatining mavjudligiga qarab qayta sozlanmaydigan va qayta sozlanadigan yoki moslanuvchan liniyalar deyiladi. Moslanuvchan liniyalar ikki turga bo`linadi:
1) ilgaridan topshiriqda ko`rsatilgan, o`lchamlari va ishlov berish tenologiyasi bir xil bo`lgan detallar guruxiga ishlov berishga qayta sozlanadigan liniyalar;
2) tuzilishi va ishlov berish texnologiyasi avvaldan ma`lum bo`lmagan yangi detallarga ishlov berishga qayta sozlanadigan liniyalar. Bunday liniyalar texnologik uskunalarning ayrim qismlarini, tashish va yuklash ?urilmalarini, kesish asboblarini rostlash yoki almashtirish yo`li bilan qayta sozlanadi.
qayta sozlash jarayonini avtoatlashtirish darajasiga qarab avtomatik va dastlabki qayta sozlanadigan moslanuvchan texnologik uskunalar bo`ladi.avtomatik qayta sozlanadigan texnologik uskuna mos mexanizmlar va boshqarish sistemalari bilan jixozlanadi.
Moslanuvchan texnologik uskunalar majmui moslanuvchan ishlab chiqarish sistemasi (MIS) ni tashkil etadi. GOST 26228-85 avtomatlashtirilgan liniyalar (MAL), moslanuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalar (MAU), moslanuvchan avtomatlashtirilgan sexlar (MATs) va moslanuvchan avtomatlashtirilgan zavodlar (MAZ)ga bo`linadi.
MAL moslanuvchan ishlab chiqarish modullari (MIM), SDB stanoklar va boshqa avtomatlashtirilgaí texnologik uskunalar asosida yaratiladi.
MISning ko`rsatilgan tashkil etuvchilari quyidagicha ta`riflanadi.
SDB dastgoxlariga klaster tuzing.
MIM topshirig’da ko`rsatilgan buyumga ishlov berish uchun qayta sozlanadigan asosiy texnologik uskuna bo`lib, dasturli boshqarish qurilmalari, asbobni va buyumni almashtirish qurilmalari (to`plagich, manipulyator yoki sanoat roboti), chi?indilarni ketkazish, texnologik jarayonni nazorat qilish va qo`shimcha sozlash, shuningdek buyum sifatini to`g’rilab turish qurilmalari bilan jihozlanadi; ish tsikllarini avtomatik tarzda ko`p takrorlaydi; mustaqil ishlashga mo`ljallangan va yanada yuqori darajali sistemalarga joylashish imkoniyatiga ega.
MAL-boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi va tashish-to`plash sistemalari (zagotovkalar, chala maxsulotlar, buyumlar, asboblar, moslamalar, chiqindilar, uchun mo`ljallangan) vositasida o`zaro birlashtirilgan SDBli texnologik uskunalarning texnologik imkoniyatlarga qarab avvaldan ma`lum bo`lgan buyum uchun qayta sozlanadi.
MAU ham MAL ga o`xshash ta`riflanadi. MAL dan farqi shundaki, buyumlar asosiy texnologik uskunalar bo`ylab mustaqil oqim tarzida o`tadi. MAUning MAL dan farqi yana shundaki, bunda texnologik operatsiyalar (ishlov berish) navbatini o`zgartirish mumkin.
MATs texnologik jarayonlarni navbati bilan bajarishga mo`ljallangan va topshirig’da ko`rsatigan buyumlarni tayyorlashga qayta sozlanadigan MAU, MAL, MIM va boshqa turdagi asosiy uskunalar kompleksidan tuzilgan bo`ladi.
MAZ ishlab chiqarish va realizatsiya qilish rejalariga kirgan tayyor buyumlarni tayyorlashga qaratilgaí texnologik jarayonlarga qayta moslanadigan MATs, MAU, MAL, MIM (quymachilik, temirchilik-presslash, yig’ish, saqlashga tayyorlash, joylash va h.k. modullari) va boshqa turdagi asosiy uskunalar kompleksidan tuziladi
Yigish texnologik jarayonlari, detalni metall kesish dastgoxlarida ishlov berish texnologik jarayonlaridagiga nisbatan anchagina kul mehnati talab kilinishi bilan fark kiladi, shuning uchun yig`ish jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ishlari birinchi darajali muxim masalaligini takozo kiladi.
Yigish texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning asosiy masalasi bulib mehnat unumdorligini oshirish va maxsulot sifatini yaxshilash xisoblanadi, ayni paytda maxsulot tannarxi xam pasayadi.
Yigish texnologik jarayonni mexanizatsiyalashning tub moxiyati shundaki, ayrim operatsiyalarda eki butun bir uchastkalarda kul mehnatini mexanizmlar zimmasiga yuklatilishidadir. Qolgan operatsiyalar kul mehnatidang foydalanilgan xolda amalga oshiriladi. Yig`ish jarayonini mexanizatsiyalashni tavsifi shundan iboratki, barcha yig`ish operatsiyalari turli xildagi mexanizmlar erdamida amalga oshiriladi va bu mexanizmlarni yig`uvchi – ishchi boshkarib turadi.
Kompleks mexanizatsiyalashning moxiyati shundaki, chikarilaetgan tayer mashinaning vujudga kelishi asosan mexanizatsiyalashgan vositalar erdamida amalga oshirilgan buladi.
Avtomatlashtirilgan texnologik jarayonda esa barcha yig`ish ishlarini avtomatlashgan texnik vositalar erdamida amalga oshirilib kolgan operatsiyalar kulda bajariladi. Avtomatlashtirilganlikka misol kilib yig`ilgan birlikni keltirish mumkin.
Avtomatlashtirilgan kompleks deganda nafakat yig`ish ishlari operatsiyalarini avtomatlash, balki nazoratlash va rostlash ishlarni avtomatlash nazarda tutiladi.
Ishlab chikarishdagi yig`ish ishlarini avtomatlashning darajasini quyidagi kursatkichlar bilan aniklash mumkin:
Yigiluvchanlik koeffitsienti