25-modda. Moliyaviy hisobotni taqdim etish
Ushbu modda moliviy hisobot taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborotdan foydalanuvchilarni belgilaydi. Bular:
Shuningdek, ushbu moddaga muvofiq moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin.
Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi. Kichik korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan iborat faqat yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan buxgalteriya hisobining ayrim sub’ektlari uchun moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlari belgilanishi mumkin.
26-modda. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish
Ushbu moddaga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning yillik moliyaviy hisobotlari manfaatdor banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun oshkora hisoblanadi. Manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar yillik moliyaviy hisobotlar bilan tanishish va nusxa ko‘chirish sarflarini to‘lab undan nusxa olish huquqlariga egadirlar.
Ochiq turdagi aкsiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar birjlari, investitsiya fondlari va boshqa moliya muassalari har yilgi moliyaviy hisobotini, ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligi auditorlar tomonidan tasdiqlangan, hisobot yili tugaganidan so‘ng birinchi maygacha e’lon qilishlari shart.
27-modda. Tugatish chog‘ida moliyaviy hisobot
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tugatilganida (bankrot, ixtiyoriy ravishda yoki boshqa asosda tugatilishi) sud yoki boshqa vakolatli organlar tomonidan bankrot deb e’lon qilingan, yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanaga yakuniy moliyaviy hisobot tuzish tartibi 27-moddada belgilangan. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektni tugatishga doir muomalalarni hisobga olish, tugatish balansi va hisobotni tuzish uchun javobgarlik, tugatish komissiyasiga yoki amaldagi qonunchilikka muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektning tugatilishini amalga oshiradigan boshqa organga yuklatiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning aktivlari tugatish balansida tugatish komissiyasi tomonidan aniqlangan bahoda ya’ni ularni sotish mumkin bo‘lgan baholarda aks ettiriladi. Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi.
Tugatilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning majburiyatlari aniqlashtiriladi va ularni tuzish vaqtiga qadar hisoblangan foizlar bilan birga qo‘shib tugatish balansida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |