3.4. Korxonaning hisob siyosati To‘rtinchi pog‘ona – korxonaning hisob schoti № 1 – «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS)ga muvofiq hisob siyosati xo‘jalik yurituvchi subekt rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun foydalaniladigan maxsus tamoyillar, qoidalar va amaliy yondashuvlar to‘plamini ifodalaydi.
Korxonaning hisob yuritish siyosati bosh buxgalter tomonidan ishlab chiqiladi va rahbar buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Hisob siyosatining mazmunini ifodalaydigan ma’lumot manbalari quyidagilardan iborat:
tekshiriladigan korxonaning hisob siyosati to‘g‘risida buyruq (farmoyish);
buxgalteriya hisobining ishchi schotlar rejasi;
tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari va ichki buxgalteriya hisobotlari shakllarining ro‘yxati;
hujjatlar aylanish reja-grafigi va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyalari;
ayrim ko‘rsatkichlarni hisobga olish bo‘yicha tasdiqlangan uslubiyat va tekshiriladigan korxona hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruqqa boshqa ilovalar;
quyidagi masalalarni bayon qiladigan (ochib beradigan) tushuntirish xati:
Hisob siyosatida quyidagi masalalar o‘z aksini topishi lozim:
Tashkiliy - texnikaviy masalalar:
Hujjatlar aylanish qoidalari va reja-grafigi.
Ichki hisobot (tarkibi, shakllari, davriyligi, tuzish va taqdim qilish muddatlari, foydalanuvchilar).
Ichki nazorat tizimi (ichki audit xizmati, mutaxassis, shaxsan rahbarning o‘zi, taftish komissiyasi).
Buxgalteriya (yoki moliya-hisob markazi) to‘g‘risidagi Nizom va buxgalteriya (MHM) xodimlarining xizmat vazifalari taqsimoti.
Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi.
Uslubiy masalalar:
Materiallar haqiqiy sarfining normadan chetga chiqishini nazorat qilish usullari.
Umumishlab chiqarish xarajatlari va boshqa bilvosita xara-jatlarni taqsimlash tartibi.
Davr sarflarini hisobdan o‘chirish tartibi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash.
Soliqqa oid masalalar:
Alohida hisob yuritishni tashkil etish tartibi (faoliyat turlari bo‘yicha, sotilgan tovarlar bo‘yicha, har xil stavkalarda QQS solinadigan, QQS solinmaydigan va hokazo).
Ijtimoiy soha obektlarini hisobga olishni tashkil etish (mulklar imtiyoz berilgan va imtiyoz berilmagan ishlab chiqarishda birga qo‘shib ishlatilgan hollarda mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozga huquq olish uchun).
«Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»nomli №1 BXMSga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan hisob siyosatini shakllantirish chog‘ida tanlangan buxgalteriya hisobi usullari tegishli tashkiliy-farmoyish hujjatlari rasmiylashtirilgan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan qo‘llaniladi. Hisobot yili davomida yangidan tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subektlar bundan mustasnodir.
Hisob siyosatida ko‘rsatilgan buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari xo‘jalik yurituvchi subektning barcha tarkibiy bo‘linmalarida qo‘llaniladi