AL va KHK darsligidan(A. Rafiyev):
A. Avloniy: “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotdur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdir”.
K. D. Ushinskiy: “Tildagi har bir so‘z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir, o‘sha tafakkur va tuyg‘ular orqali so‘z yordamida mamlakat tabiati va xalq tarixi ifoda etilgan”.
A. Navoiy: “Ki har neni bilmish odamizod, tafakkur birla qilmish odamizod”.
N. Bualo: “Kim ravshan fikrlasa, u ravshan bayon etadi”.
V. fon Gumboldt: “Til fikrni yaratuvchi organdir. Aqliy faoliyat va til yaxlit butunlikni tashkil etadi”.
L. N. Tolstoy: “So‘zlash qobiliyati – hodisalar ichiga kirishning yagona va bebaho vositasi”.
A. Qodiriy: “So‘z so‘zlashda va undan jumla tuzishda uzoq andisha kerak”.
Nosir Xisrav: “So‘z ichra mudom aql yashirindur, So‘z chimildig‘-u aql kelindur”.
A. Rustamov “So‘z haqida so‘z” da tilning ijtimoiy hayotda tutgan mavqeyi to‘g‘risida fikr yuritgan.
Z. M. Boburning “Boburnoma” asaridan: “Yana bir Marg‘inondir. Andijonning g‘arbidadur. Andijondin yetti yig‘och yo‘ldur. Yaxshi qasaba voqe bo‘lubtur, purne’mat: anori va o‘rugi asru ko‘p va xo‘b bo‘lur. Bir jins anor bo‘lur, “dona kalon” derlar, chuchukligida zardolu mayxushlig‘idin andak choshni bor. Samnon anorlarig‘a tarjeh qilsa bo‘lur. Yana bir jins o‘ruk bo‘lurkim, donasini olib, ichig‘a mag‘iz solub quruturlar, “subhoniy” derlar, bisyor lazizdur. Ovi qushi yaxshidur, oq kiyik yovuqta bo‘lur. Eli sorttur va mushtzan va pursharu sho‘r eldur”
Oybekning “Bolalik xotiralarim” deb yozganlaridan: “… Tayyor bo‘lgan bachkana mahsilarni taxlayman, ba’zilarini oyoqlarimga o‘lchab ko‘raman. Bobom peshin namoziga ketgach, darrov uning o‘rniga o‘tiraman. Xuddi bobom kabi jiddiyat va qunt bilan ishga kirishmoqchi bo‘laman: chol o‘tkir gazanlarni mendan yashirib ketgan ekan… Mahalla machitining minorasidan bobomning baland, toza yangragan ovozi eshitiladi (u muazzin edi)…
A. Oripov “Ona degan nom” she’ri muallifi.
Maqsud Shayxzoda: Do‘stlar, yaxshilarni avaylab asrang!
“Salom” degan so‘zning salmog‘in oqlang!
O‘lganda yuz soat yig‘lab turgandan,
Uni tirigida bir soat yo‘qlang!
Sa'diy Sheroziy: Yaxshi bo‘lgin, hatto dushmaning oson
Seni deyolmasin yaramas-yomon.
Tanburning ovozi soz chiqib tursa,
Qulog‘in buramas sozchi hech qachon.
E. Vohidov: 1954-yil. Sira yodimdan chiqmaydi. O‘shanda to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi edim. Mening ilk she’riy mashqlarimdan biri “MGU ga” nomi bilan “Sharq yulduzi” jurnalida bosilib chiqdi.
A. Qahhor “Ming bir jon” hikoyasi muallifi.
Do'stlaringiz bilan baham: |