Ahmad al-Farg‘oniy(Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy) VIII asr oxirlarida Qubo (hozirgi Quva) shahrida tug‘ilgan. 30-35 yoshlarida uni “Tinchlik shahri” deb atalgan Bag‘dodga “Bilim uyi”, ya’ni “Xizonat al-hikma” yoki “Bayt ul-hikmat”ga taklif etishadi. Uning mashhur kitobi “Kitob javome’ ilm an-nujum val harakat as-samoviya”(“Astranomiya va sayyoralar harakati”).
Sirojiddin Sayyid – “Vatan nadir” she’ri muallifi.
Topishmoq:
G‘ayratliga hamrohman,
Dangasadan yiroqman.
Kim doim vaqtli tursa,
Jismoniy mashqlar qilsa,
Unga quvvat beraman,
Bunda ko‘pdir ot so‘zlar
Kim topib, topib so‘zlar.(Javob:5 ta mavhum ot)
Shavkat Rahmon: Oh sukunat portlar saharda,
Kun nurida yonib, yaraqlab
Chopib kirar sovuq shaharga
Yalangoyoq yashil daraxtlar.
Ranglar biz bilgan ma’nolardan tashqari yana quyidagi ma’nolarni ham ifodalaydi: oq rang – Yaponiya va Xitoyda motam va qayg‘uni; qora rang – obro‘- e’tibor, tantanavorlik ramzi; qizil rang – muhabbat rangi; sariq rang – shon-shuhrat va ilohiy hukmronlik ramzi; kulrang – sirlarni yashirish; ko‘k rang – sodiqlik va tartib-intizom rangi; yashil rang – Islom dinida ilohiy rang sanaladi.
Topishmoq:
Quroq, qayroq, kattaroq,
Biroq, tezroq ham yaroq.
Sifat so‘zni kim topadi,
Uch-to‘rt misol keltirar.(Javob:quroq, kattaroq so‘zlari)
Farida Abdumalik qizi – “Yor-yor” she’ri muallifi.
Hijriy yil hisobi
O‘rta Osiyoda XIX asrgacha hijriy yil hisobi qo‘llangan. U milodiy 622-yil 16-iyuldan boshlanadi. Bir hijriy yil 12 oy, bir oy esa Oy fazalarining takrorlanish (masalan, yangi Oy chiqishi) davriga teng va 29,30 kundan iborat. Shuning uchun toq raqamli oylar 30 kun, juft raqamli oylar 29 kun va bir hijriy yil 354 kunga teng.
Algoritm: Hijriy yilni milodiyga o‘tkazish uchun uni 0,97 ga ko‘paytirib yaxlitlash 622 ni qo‘shish kerak. Misol: Beruniy hijriy 362 yilda tug‘ilgan. 362x0,97=351+622=973. Demak, Beruniy tavalludi milodiy 973-yil.
Algoritm: Milodiy yilni hijriyga o‘tkazish uchun 621 ni ayirib, 1,03 ga ko‘paytirish va yaxlitlash kerak. Misol: Alisher Navoiy tavallud topgan 1441-yil uchun, 1441-621=820; 820x1,03=844,6.
Izoh: Algoritmlar taqribiy- bir yilga farq qiladigan natija berishi mumkin.
„Al-Jome‘ as-Sahih“ to‘plamida berilgan sonlar
„Al-Jome‘ as-Sahih“ to‘plamini tilga olganimizdayoq Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy xayolimizga keladi. U Islom olamida Qur’ondan keyingi kitob va „Kutub as-sita“ (olti hadis to‘plami) ning avvalgisidir. Mazkur asar haqida muallifning o‘zi shunday deydi: „Hadislarni to‘plamga kiritishimdan avval g‘usl qilib, so‘ng ikki rakaat istixora namozini o‘qir edim. Men bu to‘plamdagi hadislarni jami olti yuz ming aralash va ikki yuz mingga sahih hadislar orasidan ajratib oldim.
To‘plamni yozish uchun o‘n olti yil umrimni sarfladim. Toki bu Olloh bilan mening o‘rtamda hujjat bo‘lsin uchun“ (Imom az-Zahobiy, „Siyor a’lom an-Nubalo“, 12-jild, 391-bet).
To‘plam 97 kitob (fasl) va 3405 bobdan iborat. To‘plamdagi hadislarning soni esa quyidagichadir:
Mutaba’at (ketma-ket davom etuvchi) hadislarning soni 344 ta.
Ta’aliq (hoshiyasida izoh bilan kelgan) hadislarning soni 1341 ta.
Takror kelmaydigan mavsula (Muhammad payg‘ambarga bog‘langan) hadislarning soni 2602 ta.
Takror keladiganlar soni 7397 ta.
„Al Jome‘ as-Sahih“ning barcha hadislari 183 ta sahoba vositasi bilan rivoyat qilinib, ularning 31 tasi ayollardir.
To‘plamdagi eng ko‘p rivoyat qilgan sahobalar alohida beshlikni tashkil etadi. Uning turlicha nusxalari nashr qilingan. „Buloq“ nomli 8 jilddan iborat bo‘lgan nusxasi nashr etilgan. Bu sulton Abdul Hamid tasarrufi bilan besh ming nusxada chop etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |