ayrim o‘zlashma so‘zlar lug‘ati:
Arabcha so‘zlar: saodat, a'lo, she'r, shoir, maorif, ruxsat, qoida, sur'at, muomala, sehr, xorijiy...
Arabcha+ ruscha-fransuzcha so‘zlar: xorijiy kompaniya...
Fors-tojikcha so‘zlar: taxt, karaxt, xo‘roz, baxt, dazmol, ro‘za, donishmand...
Fors-tojik + arabcha so‘zlar: badjahl...
Ruscha so‘zlar: lenta, limon, parovoz, parta, ruchka, stol...
Ruscha-fransuzcha so‘zlar: aksiya, avans, garaj, kompaniya, mashina, metro, palto, pyesa, rejissor, rol...
Ruscha-grekcha so‘zlar: elektr, epos, fizika, okean, teatr, texnika...
Ruscha-inglizcha so‘zlar: boks, futbol, sport taym, lizing, kokteyl, vagon...
Ruscha-lotincha so‘zlar: ampula, aviatsiya, kooperativ, obyekt, radio...
Ruscha-gollandcha so‘zlar: apelsin...
Ruscha-grekcha + arabcha so‘zlar: bioximiya...
Ruscha-italyancha so‘zlar: gazeta, konsert, firma...
Fe’l, son, taqlid so‘zlar o‘zbekcha so‘zlar hisoblanadi. Eslatma: sug‘urta ozbekcha so‘z hisoblanadi.
Yetti xazina nima?
Sigir – ro‘zg‘orning qassobi va baqqoli Asalari – oilaning tabibi
Ipak qurti – qizlarning sepi Objuvoz – qozonning yog‘i
Tegirmon – qorinning belbog‘i O‘rmon – imorat “suyagi”, qozon olovi
Tovuq – ham obiyovg‘on, ham dori-darmon
Lug‘aviy birliklar
Lug‘aviy birlik deganda tilning lug‘at boyligiga kiradigan barcha birliklar nazarda tutiladi. Bunga birinchi navbatda so‘z kiradi. So‘zga ma’no jihatidan teng keladigan barcha birliklar ham lug‘aviy birlik hisoblanadi. Masalan, atama, ibora (frazeologik birikma), tasviriy ifoda, qo‘shma so‘z, juft so‘z, takroriy so‘zlar, birikmali so‘zlar (oliy ma’lumotli yigit, O‘zbekiston Respublikasi) ma’nosi jihatidan so‘zga teng. Demak, bular ham lug‘aviy birliklardir.
Qahhor - “Jonfig‘on” hikoyasi muallifi.
“Shoxmaylar” – dalaga qo‘sh chiqarish bilan bog‘liq marosim. Bu marosim dushanba, chorshanba va juma kunlari o‘tkazilgan.
Fitrat – 5 parda, 7 ko‘rinishli “Abo Muslim Xurosoniy” asari muallifi.
Nazarmahram – Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi qishloq nomi. Mazkur toponim kishi ismi va Qo‘qon xonligi davridagi amal – mansabga oid atamalardan biri mahram so‘zidan tarkib topgan. Mahram – xonga yaqin bo‘lgan va uning huzuriga kira oladigan kishi.
Shukur Qurbon – “Ay, ona til!” she’ri muallifi.
Nazira as-Salom: “Bilaman, ta’rifing so‘zga sig‘maydi”, “Yurak og‘rir sezdirmaydi til” deb boshlanuvchi to‘rtliklar muallifi.
A. Navoiy: Odami ersang demagil odami, Onikim yo‘q xalq g‘amidan g‘ami.
Murod Xidir – “Vatanga oid hikmatli so‘zlar” muallifi.
Shavqiy Kattaqo‘rg‘oniy – Ilmga oid hikmatli so‘zlar muallifi.
Professor, dotsent, prorektor, rektor, direktor kabi so‘zlar rasmiy uslub uchun xos me’yor sanaladi.
Abulqosim Firdavsiy: Aql haqidagi hikmatli so‘zlar muallifi.
Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanida Razzoq so‘fi xotini Qurvonbibiga fitna deb murojaat qiladi.
Abdulla Qahhor asari qahramoni xotiniga o‘rtoq rafiqam deb murojaat qiladi.
Mirza Karim – “Mohlaroyim” romani muallifi.
A. Ibrohimovning “Milliy mafkuraning negizi” matni, “Tursunboyga aytar so‘zlarim!” (Said Ahmadning “Ufq” romanidagi Tursunboyga maktub) da M. Yusufning Chakka o‘tgan eski tomga o‘xshayman...misrali she’ri keltirilgan bo‘lib, bunda Jannat xola zorlanayotganga o‘xshaydi), D. Jo‘rayevaning “Temur boboga murojaat!” matni publitsistik uslub namunasidir.
A. Qahhor – “O‘jar” hikoyasi muallifi.
A. So‘fiyev – chistonlar muallifi.
Abdulhay Sobirov – “Bobur dardi” she’ri muallifi.
Reklama – rasmiy uslub namunasi.
Gaplar tuzilishiga ko‘ra 4 xil: sodda, qo‘shma, murakkab, periodlar.
Buxoroni qadimda “Bug‘ora”(“tangri jamoli”) deb yuritishgan. Hozir shaharni muzey-shahar desa arziydi. Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi 892 va 907-yillarda qurilgan deb tahmin qilinadi. Madrasa eshigining yuqori qismiga “Ilm-fanni egallash har bir muslima va muslimga farzdir” degan da’vat yozilgan.
O. Matjon: Yashash, bu – orzular qanotin kermoq,
Yashash, bu – muhabbat gullarin termoq,
Yashash, bu – umrning gulgun damlari,
El uchun yashamoq, el uchun bermoq.
Yusuf Xos Hojib: Tilingni avayla – omondir boshing,
So‘zingni avayla – uzayar yoshing.
Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik,
Ortiq so‘z qiladi va boshni egik.
Tolib Yo‘ldosh: Bir so‘z bilan har kishi
O‘zligini ko‘rsatar,
So‘z gavharin ko‘pincha
Dono olar, ko‘r sotar.
A. Navoiy: “Oz gapirmoq hikmatga sabab; oz yemoq – sog‘liqqa sabab. Og‘ziga kelganni yemoq – nodonning ishi va oldiga kelganni yemoq – hayvonning ishi”
Bayt: “Ko‘p demak birla bo‘lmagil nodon,
Ko‘p yemak birla bo‘lmagil hayvon”
Do'stlaringiz bilan baham: |