Aralash tinish belgili: 1. O‘ttizinchi yillarning o‘rtalarida, bolaligimni o‘ylaganimda chalakam-chatti tush ko‘rganday bo‘lar edim: dumli yulduz chiqqan edi; Babar(Bobur bo‘lsa kerak) degan yigitni otqorovul miltiq bilan otganda o‘lmagan edi, shunda otqorovul odamlarga yuzlanib:”Yopiray, bunaqa battol o‘g‘rini birinchi marta ko‘ryapman, men unga o‘q uzibman-u, kiprik qoqmadi-ya!”degan edi. 2. Shunda alomat bir hodisa yuz berdi: shu bilan muhtaram ustod menga go‘yo muborak ko‘zoynaklarini berdilar-u:”Ma, buni taqib, o‘z xalqingning o‘tmishiga nazar sol!”dedilar. 3. Ovga kirishadigan sohibchangal qushlardan: qarchig‘ay, miqqiy, qirg‘iy; urishadigan qushlardan: dakan xo‘roz, oddiy xo‘roz, amirxon xo‘roz, kaklik, bedana (bu so‘nggi ikkisi sayrash uchun ham boqilib, cho‘pqafasda, to‘rqafasda saqlanadi); sayraydiganlardan: qumri, sa’va, bulbul, mayna va boshqalar. 4. Shoir go‘yo Marvga – podshoh qoshiga jo‘nash kerakligini endi eshitganday ikkilanib: “Hozir borurman”, dedi-da, yana avvalgicha sekin ketdi. 5. Ilm ikki xil bo‘ladi: biri – qalbdagi ilm, ikkinchisi – tildagi ilm. 6. Amr qildimki, vazirlar ushbu to‘rt sifatga ega bo‘lgan kishilardan bo‘lishi lozim: birinchisi – asillik, toza nasllilik; ikkinchisi – aql-farosatlilik, uchinchisi – sipoh-u raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada bo‘lishlik; to‘rtinchisi – sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik. 7. Butun dunyodagi juda ko‘p xalqlar biz – o‘zbeklarning ota-onaga, ustozga bo‘lgan hurmatimiz, nonga nisbatan e’zozimiz, marhumlar ruhiga bo‘lgan e’tiborimiz, tug‘ilib o‘sgan makon – Ona yurtga mehr-muhabbatimiz, duoni qadrlashimiz, mahalla-ko‘ydagi oqibatimiz, ibo, hayo, sadoqat, or-nomusni joyiga qo‘yishimizga havas bilan qarashadi, tan berishadi. 8. “Tuzuklar”da o‘qiymiz: “Dilda e’tiqod butun bo‘lsa, also naslimiz yo‘qolmagay, tilimiz unutilmagay. E’tiqod susaysa,til emas, imon ham unutilgay. Haqiqat – sihat-salomatlik, haqiqat – tartib, haqiqat – adolat demakdir. Kuch adolatdadir”. 9. Millat, qavm-u qarindosh, urug‘-naslning tozaligi insoniy xislatlar – ongning shakllanishi, o‘z vataniga sadoqat, millatparvarlik, tenglik, do‘st-u hamkorlikni barpo qilishga bog‘liq. 10. Tuzatsangiz, og‘zingizga siqqancha so‘raysiz, bir tiyin kam bergan – nomard! 11. Alisher Navoiy yozadi: “Oz gapirmoq hikmatga sabab; oz yemoq – sog‘liqqa sabab. Og‘ziga kelganni demoq – nodonning ishi va oldiga kelganni yemoq – hayvonning ishi”. 12. Yalqovlik – xuddi zang: ishlab to‘zganga qaraganda tezroq yemiradi. 13. Eng xosiyatli buloq – ilm chashmasi: undan suv ichgan sayin tashnalik… 14. O‘zbek tuprog‘iga kuzning hazing nafasi kelib kirishi bilan daraxtlar za’faron libosga burkanadi, bog‘chalardagi gullar labidan tiriklik suvi qochadi; sarg‘ish rang – o‘lim va musibat rangi tevarak bo‘ylab yoyiladi. 15. –Yo Ali, munofiqning uch alomati bordir: so‘zlasa yolg‘on so‘zlar; va’dasiga xilof ish tutadilar; omonatga xiyonat qilar. 16. –Yo Ali, hosid, ya’ni hasad etguvchining uch alomati bordir: Sening oldingda jo‘shlik qilar; orqangdan xiyonat qilar: agar senga biror musibat yo g‘am yetsa, unga xursand va shodmon bo‘lar. 17. -Yo Ali, halim (muloyim) kishida uch alomat bordir: orasi buzilgan kishi bilan aloqani tiklar; qo‘lidan hech ish kelmaydigan, ya’ni o‘z tirikchiligini o‘zi ko‘rishi qiyin bo‘lgan kishiga ehson qilar; unga kimki zulm qilsa, o‘shani afv etar. 18. Sen bola, menga aql o‘rgatma – bor, jo‘na, turqingni ko‘rmay. 19. Farzandini dunyoga keltirgan onaning o‘y-xayolida birgina orzu mujassam yashaydi – u ham bo‘lsa, farzandlarning barkamol inson bo‘lib yetishishidir. 20. Eng xosiyatli buloq – ilm chashmasi: undan suv ichgan sayin tashnalik…21. O‘zbek tuprog‘iga kuzning hazin nafasi kelib kirishi bilan daraxtlar za’faron libosga burkanadi, bog‘chalardagi gullar labidan tiriklik suvi qochadi; sarg‘ish rang – o‘lim va musibat rangi tevarak bo‘ylab yoyiladi. 22. Bu dunyoda uning qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q: duradgorlig-u suvoqchilik, chilangarlig-u ustachilik – hammasini eplaydi. 23. Onalar – po‘lat iroda sohiblari: bolasi yo‘lida hamma qiyinchiliklarni yengadi. 24. Yaxshi xislati bor: oppoq soqoli bilan farzandlarini ham, nevaralarini ham, qo‘shni o‘g‘il-qizlarni ham, ko‘cha-ko‘ydagi begona bolalarni ham – xullas, barchani sizlab gapirardi. 25. Durroj: "Men tuzoqqa tushdim!" – deb sherni aldadi. 26. Bir kuni Durroj tuzoqqa ilindi va: “Meni tutib oldilar!” deb qattiq qichqirdi. 27. Endi senlar o‘qib, oq-qorani taninglar, - deydi Xoliyor amaki. - Hozir dunyo ilmli odamlarniki. 28. O‘zbeklar orasida qadim-qadimdan chinakam insoniy fazilatlar: do‘stlik, mehr-oqibat, odamgarchilik, axloqiy teranlik ulug‘lanib kelingan. 29. Ey inson, har bir so‘zni o‘ylab gapir: tiling seni yo saodatmand etadi, yoxud halokatga boshlaydi. 30. Bir oqil aytarmish: tingla, qarindosh, Siringni fosh etma, kerak bo‘lsa bosh!
Do'stlaringiz bilan baham: |