Ikki nuqta: 1. Hech o‘ylaysanmi: qishloqda shuncha voqealar bo‘lib o‘tdi. 2. Eh, bu yerning nimasini aytasan: xayoldagi jannatning xuddi o‘zi. 3. San’atkor tajang edi: tanaffus vaqtida zalga chiqqan edi, bir traktorist uni savodsizlikda aybladi. 4. Traktorist tanqid qilganiga san’atkor asti chiday olmas edi: traktor qayoqda-yu,masalan, “chorzarb” qayoqda, traktorist qayoqda-yu ashulachi qayoqda! 5. Nechun ardoqlayman tuprog‘ini men, O‘paman: “Tuprog‘ing bebaho, Vatan”… 6. Behad azoblarga chidab so‘nggi dam, Bitta so‘z dermishlar shivirlab: Ona. Nihoyat kelmishlar bitta ma’niga: Ona-Vatan deya bitmishlar ash’or. 7. Rasadxona zimiston bo‘lsa ham, Ali Qushchining o‘tkir ko‘zlari darrov ko‘rdi: poygakda bir kimsa gavdasi bilan eshikni to‘sib, qaqqayib turardi. 8. Yolg‘on o‘rmonga o‘xshaydi: o‘rmonga qanchalik kirib boraversang, undan chiqib olish ham shunchalik qiyinlashaveradi. 9. Obidjon borib pechkaning ichiga qo‘l tiqadi: nimanidir mahkam ushlaydi. 10. Kurashda bir tabiat qonuni bor: polvon, davrada mag‘lub bo‘lsa, taqdirga tan berib ketmaydi. 11. Hamid Olimjon: “Jismimiz yo‘qolur, o‘chmas nomimiz”, deb bejiz aytmagan. 12. Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog‘ing. 13. Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir: tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz. 14. Mening bir jaydari falsafamdir shu: Hargiz iltimosga kuning qolmasin. 15. Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi: qo‘llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari tirmalandi… 16. Omon ovchining ov sarguzashtlari ko‘plarni qiziqtirardi: ko‘plari hikoya eshitish uchun kelardi. 17. Borliq jim: har bitta darchada zangor shu’lalar porlaydi. 18. Bir necha nafas shunday turgach, ko‘zlarini ochdi: nur yo‘qolibdi. 19. Nodon aytur: golib chiqdim, dono aytur: yo‘l berdim. 20. Yaxshi qasaba voqe bo‘libtur, purne’mat: anori va o‘rugi asru ko‘p va xo‘b bo‘lur. 21. Nihoyat mutolaa boshlandi: mulla Muhammad Zohid domla yo‘l-yo‘l beqasam jildli kitobni qo‘liga olib, dedilar: -“Javome’ ul-kalima”ni davom ettiramizmi? 22. Ta’b-tabiati ko‘klam na’malarining o‘zginasi: bir qarasangiz, quyoshdek charaqlagan, xiyol o‘tmayoqjala, shafqatsiz bo‘ron. 23. Hargiz talabi shuhrat etmakim: ofat turur. 24. Mehnat kishini uch balodan saqlaydi: yurak siqilishidan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan. 25. Ilm kelinchakka o‘xshaydi: u xilvat va pinhoniylikni yoqtiradi. 26. Kavushini to‘g‘rilab qo‘yish kerak: qurilishni ham, kollektivni ham sariq chaqaga sotadi. 27. Usta Turialining gapi o‘rinli edi: modomiki hamma “qilko‘prik” dan o‘tar ekan, yo jannatga o‘tib ketadi, yo do‘zaxga yiqiladi. 28. E’tibor bering: Navoiy she’riyat olamiga kirishi bilanoq asarlarini o‘z ona tilida yoza boshlagan. 29. Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o‘tmabdi, odamlarga kerakli ekanman, hayotda iz qoldiribman. 30. Abror qizni darrov tanidi: u qo‘shni mahalladagi do‘konda ishlar edi. 31. Men undan so‘radim: Mehringni qo‘yib, bunchalar saralab gul terding kimga? 32. Halimaxonni ko‘rdim, sira o‘zgarmabdi: hamon o‘sha-o‘sha. 33. Qishloqda duv-duv gap tarqaldi: A’lochi bola Qrimga borarmish! 34. Sekin unga yaqin bordim: bu manzara ham bizning ko‘ngilga yaqin-da qadrdon! 35. Shirinsuxan, oqko‘ngil insonlar mevali daraxtga o‘xshaydi: hamma ulardan bahra oladi. 36. Kelinga ko‘zimiz tushadi: yumaloq qip-qizil loladay yuzli, ko‘zlari uchqunli, yaxshigina, go‘zalgina qiz. 37. Mayliga u kim bo‘lmasin, Yolg‘iz bir so‘z ma’nosi: Alisherning onasi u, Navoiyning onasi. 38. Shivirlading yonimda xushhol: “Yana keldi, do‘stginam, bahor”. 39. Ilmsiz odam mevasiz yog‘och kabidir: undan na o‘ziga, na xalqiga foyda bor. 40. Bora-bora shunga odatlanib qoldim: hamma darsdan a’lochi bo‘ldim. 41. Nastarin gullashi bilan qizlar undan "baxt" qidirishadi: niyati amalga osharmish. 42. Sen aytayotgan qobiliyat uch jonivorning: kiyikning, baliqning, lochinning ishidir. 43. Xalq dengizga o‘xshaydi: goh to‘lib, goh ozayib turadi. 44. Oyda esa butunlay boshqa manzarani ko‘rish mumkin: birpasda qorong‘ilik tushadi. 45. – Demak, gap bunday: o‘ttizinchi yillar adabiyotini o‘rganishni kechiktiramiz.Quyoshning uyg’onishi sen ta’riflagandan ham antiqa: tong nihoyatda go’zal bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |