Buddizmning paydo bo’lishi. Buddizm dunyodagi eng yirik dinlar ichida qadimiylaridan biri hisoblanib, mioddan avvalgi VI-V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar , asosan, Janubi Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari : Shri Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya , Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kambodja, Birma, Tailand, Laosda va qisman Yevropa va Ameri- kada, Rossiyaning Tuva, Buryatiya kabi respublikalarida istiqomat qiladilar. Hozirgi kunda e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan buddizm xristianlik, islom va hinduizmdan so’ng to’rtinchi o’rinni egallaydi. Buddistlarning soni taxminan 700 mln. Atrofida bo’lib , ulardan 1mln. ga yaqini rohiblardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |