Ta’limoti haqida. Buddizm qadimiy hind diniy – falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan , o’ziga xos nazariyot va amaliyotdan iborat bo’lgan diniy tizimdir. Budda yangi diniy qonun –qoidalar , rasm – rusumlar ishlab chiqmagan , balki har bir inson tug’ilish va o’lim mashaqqatlaridan qutu -lishi uchun amal qilishi lozim bo’lgan bir necha ko’rsatmalarni ishlab chiqdi. Uning ta’limoti insonning hayolida , ishlarida va o’zini tutishida samimiy olijanoblik g’oyasini ilgari suradi. U vedalardagi gunohsizlik ta’limotini inkor qiladi, hayvonlarni vahshiyona qurbon qilishni qoralaydi, varna ( kasta ) tizimini va undagi ruhoniylarning boshqalardan ustunligini inkor qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |