Ayni paytda, bu din ta’limotidagi “kuch ishlatmaslik” to’g’risidagi qoida hukmron sulolalar manfaatiga ham to’la javob bergan. Chunki, bu qoida ularga o’z fuqarolarini itoatda tutishlarida katta omil hisoblangan. Shuning uchun ular ham bu dinni qo’llab quvvatlaganlar. Xususan, podsho Ashoka davrida buddaviylik davlat dini deb e’lon qilingan. Buddizm asoschisi. Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini ta’kidlaydilar. Bu ta’limot to’g’risidagi xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa , Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etil gan. Bu ismlar ma’nolari quyidagicha : Siddxartxa – shaxsiy ism, Gautama- urug’ nomi , Shakyamuni- “Shakya qabilasidan chiqqan donnish- mand” , Budda- “nurlangan”, Tadxagata – “shunday qilib, shunday ketgan”, Djina – “g’olib”, Bxagavan – “tantana qiluvchi”. Ular ichida eng mashhuri “Budda” bo’lib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan. - Buddizm asoschisi. Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini ta’kidlaydilar. Bu ta’limot to’g’risidagi xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa , Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etil gan. Bu ismlar ma’nolari quyidagicha : Siddxartxa – shaxsiy ism, Gautama- urug’ nomi , Shakyamuni- “Shakya qabilasidan chiqqan donnish- mand” , Budda- “nurlangan”, Tadxagata – “shunday qilib, shunday ketgan”, Djina – “g’olib”, Bxagavan – “tantana qiluvchi”. Ular ichida eng mashhuri “Budda” bo’lib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan.
- Bizgacha Buddaning biografiyalari yetib kelgan : “Maxavostu”- milod - ning II asrida yozilgan, “Lalitavstara” – milodning II – III asrlarida yuzaga kelgan, “Buddxacharita”- buddist faylasuflaridan biri Ashvagxosha tomo- nidan milodning I- II asrlarida yaratilgan, “Nidanakatxa” – milodning I asrida yozilgan va “Abnixishkramansutra”.
- Mazkur biografiyalardan Buddaning qaysi yillarda yashaganligi turlicha berilgan. Ularda miloddan avvalgi IX – III asrlar oralig’idagi har xil muddatlar ko’rsatilgan. Rasmiy hisobga ko’ra, Butama – Budda miloddan avvalgi 623 yilda tug’ilb, 544 yilda vafot etgan. Biroq ko’pchilk tadqiqot –chilar uning tavalludi miloddan avvalgi 564 yilda, vafoti esa 483 yilda deb hisoblaydilar. Ba’zan 560 va 480 deb yaxlit sonlar bilan ko’rsatadilar. Aytish joizki, yuqorida zikr qilingan biografiyalarda Buddaning haqiqiy hayoti bilan uning haqidagi afsonalar o’zaro qorishib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |