Oddiy mehnatkash xalq ommasiga esa bu din o’zlarining oqir ahvollaridan qutulish yo’llarini ko’rsatgandek bo’lgan. Brahmanlik dini esa hatto aldanish ko’rinishida bo’lsa ham bunday yo’lni ko’rsarta olmagan. Eng past, huquqsiz kasta a’zolari ham buddaviylarning monaxlik jamoasiga a’zo bo’lib kira olardilar. Bu bilan ular jamoaning teng huquqli a’zosiga aylanardilar va ma’lum insoniylik huquqlariga ega bo’lar- dilar. Bundan tashqari, bu din-og’ir qurbonliklar qilishni, murakkab marosim -larni bajarishni talab etmasdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |