Darslikda boshlang‘ich - Darslikda boshlang‘ich
- sinflarda ma’nodosh so‘zlarga oid quyidagi mashqlar bajarilishi aytiladi:
- 1. Berilgan ma’nodosh so‘zlarni guruhlash.
- 2. Berilgan so‘zga sinonim tanlash.
- 3. Tushirib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matnni ko‘chirish.
- 4. Ma’nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chirish.
- 5. Sinonim so‘zlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish va u bilan
- mashq qilish
Sinonimlarni belgilashda so‘z bildiradigan tushunchani asosga olish ma’noni - Sinonimlarni belgilashda so‘z bildiradigan tushunchani asosga olish ma’noni
- asosga olishdan biror afzallikka ega emas, hatto, bu yo‘lni to‘g‘ri deb ham
- bo‘lmaydi. Asosiy dalil sifatida shuni aytish kifoyaki, har qanday so‘z tushuncha
- ifodalayvermaydi, lekin u ma’noga ega bo‘ladi va tushuncha ifodalamaydigan
- bunday so‘zlar biror ma’nosi bilan o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkin. Masalan,
- hamma, barcha, bari olmoshlari, balli, tasanno, ofarin undovlari, istak bildiruvchi
- zora, shoyad, koshki, so‘zlari va b. sinonimiya hodisasi faqat leksik birliklarda
- emas, hatto, affikslarda ham borligi e’tiborga olinsa, bu masalada
- “tushunchaga”asoslanib ish ko‘rish to‘g‘ri bo‘lmasligi yana ham aniq ko‘rinadi.
- Xullas, ikki yoki undan ortiq so‘zning o‘zaro sinonimligini belgilashda ma’noga
- asoslanish to‘g‘ri yo‘ldir. Shunday ekan, o‘zaro sinonim bo‘lgan so‘zlarning
- ma’nodagi munosabati qanday bo‘lishini belgilash asosiy masala hisoblanadi.
- Avvalgi bo‘limlardan ma’lumki, so‘zning ma’nosi (semema) ma’lum
- komponentlardan (semalardan) tashkil topadi. Bundan tashqari, so‘zning semantik
- strukturasiga turli ma’no ottenkalari, emotsional bo‘yog‘I, stilistik belgisi, boshqa
- so‘zlar bilan bog‘lanish xususiyati kabilar ham kiradi.
Ma'nodoshlik qatoridagi leksemaning bittasi dominanta (bosh) leksema - Ma'nodoshlik qatoridagi leksemaning bittasi dominanta (bosh) leksema
- bo‘lib, boshqalari shu leksema atrofida birlashadi, ma'nodoshlik qurshovi hosil
- qiladi. Dominanta leksemaning yuqorida sanalgan barcha ifoda semasi neytral,
- betaraf. Masalan, [katta]-[ulkan]-[bahaybat] sinonimik qatori «kitobiylik»,
- «ko‘tarinkilik» ifoda semalari asosida tashkil topgan. Qatordagi katta leksemasida
- bu sema belgilanmagan (neytral), [ulkan] va [katta] leksemalarida ifodalangan,
- oydinlashtirilgan.
- Ma'nodoshlik qatoridagi dominanta leksemaning bir qancha o‘ziga xos
- xususiyati bor:
- 1) dominanta leksemaning mazmuni boshqa leksemalarnikiga nisbatan
- «kambag‘alroq» bo‘ladi. Qiyoslang: [chiroyli], [go‘zal] va [suluv]. Qatordagi
- [chiroyli] leksemasida [go‘zal] va [suluv] leksemasidagi ko‘tarinkilik bo‘yog‘i
- yo‘q;
- 2) dominanta leksemaning qo‘llanish doirasi va miqdori boshqa
- ma'nodoshlarnikiga nisbatan keng va ko‘p bo‘ladi;
- 3) dominanta leksema belgilanmagan ifoda semasiga ega bo‘lganligi bois
- istalgan vaqtda o‘z ma'nodoshlarini almashtira oladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |