“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet85/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

 
9.3. Iqtisodiy o`sish va ekstensivlik 
9.4. Investitsiya xususiyatlari 
9.5. Ichki va tashqi bozor 
 
Tayanch so’z va iboralar
 
YAIM, sanoat,xizmat,
 
ekstensiv,
 
investitsiya, texnologiya, iqtisodiy o`sish.
 
 
9.1. Xitoy iqtisodiyoti to`g`risida umumiy ma’lumotlar 
Xitoy dunyoda eng aholisi ko`p katta mamlakatdir. Hozirga kelib aholisi 
soni 1,3 mlrd.ga yetgan. Keyingi 50 yil ichida 700 mln. odam qo`shilib, o`sish 2,3 
barobarga to`g`ri kelgan. XXRning keyingi 20 yillar ichidagi iqtisodiy o`sishi 
hammani xayratda qoldirib, jahon iqtisodiyot tarixida eng muhim voqealardan 
hisoblanadi. YAIM o`sishi juda yuqori bo`lib, bu sohada eng oldingi mamlakatga 
aylandi. Keyingi islohotlar natijasida dinamik ravishda rivojlanayotgan 
mamlakatlarga aylandi. 
Lekin faqat aholining 20 foizi shaharlarga to`g`ri keladi va 90 foiz aholi 
Sharqiy tomonda istiqomat qiladi. yerining 7 foizigina dehqonchilikka mos xolos. 
Iqtisodiy rivojlanishda sanoat ishlab chiqarishi asos bo`lib, ko`p xil mahsulotlar 
bo`yicha dunyoda yyetakchi o`rinni egallaydi. Ko`mir, po`lat, sement, g`alla, 
go`sht, paxta ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda eng oldingi o`rinni hamda neft, 
elektroenergiya xajmi bo`yicha yyetakchi o`rinni egallaydi. Yillik YAIM bo`yicha 
90 – yillar o`rtasidan boshlab dunyoda uchinchi o`rinda turadi. 2005 yilga kelib 
AQSHga tenglashuvi kerak.
Xitoyni eng istiqbolli bozor deb hisoblaydilar va u 300 mlrd. dollarni tashkil 
etadi. Chet investitsiyasi bo`yicha AQSHdan keyingi o`rinda turadi va 90 – yillar 
o`rtasida u ishlab chiqarilgan mahsulotning19 foiziga to`g`ri keladi va bandlikda 
17 mln. kishidan iborat. Yillik tashqi savdo aylanmasi 90- yillarda 16-17 foizga 
yetib, Xitoyni bu sohada eng yyetakchi mamlakatlar qatoriga qo`shdi. Lekin aholi 
jon boshiga hisoblaganda Xali Xitoy rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ancha 
orqada va mehnat unumdorligi darajasi ham past. 
Xitoy iqtisodiyoti o`sishida eng ko`zga tashlanadigan tomoni YAIM 
o`sishining tezligidir. U iqtisodiy islohot davrida 1978-1997 yillar ichida 5,7 
barobar o`sgan bo`lib, bu yiliga 9,6 foizga to`g`ri keladi. Aholi jon boshiga olinsa, 
ishlab chiqarish 4,4 barobar, mehnat unumdorligi (YAIM har ishlovchiga nisbatan) 
– 3,5 barobar o`sgan. O`sish tezligini olsak, yiliga 5-7 foizga to`g`ri keladi. 
Natijada aytilgan davr ichida Xitoy iqtisodiy salohiyati 2,5-3,5 marta o`sgan.


148 
Taqqoslasak, 1978-yili Xitoy YAIM Rossiyaga nisbatan 23% kam bo`lgan 
bo`lsa, 1997-yilda 6,2 barobar ko`p bo`lgan. YAIMni jon boshiga olinsa 1978-yili 
Rossiyanikiga nisbatan 11%, 1990-yili 23%, 1997-yili 75%ga yetgan. 
Xitoy tarmoqlar tuzumida qishloq xo`jaligi yyetakchilik qiladi. Keyin sanoat 
va xizmat ko`rstaish sohalari to`ri keladi. Keyingi yillarda bunda ham o`zgarishlar 
yuz bermoqda. Agrar sektorda bandlik 1978 – yili 71 foiz bo`lsa, 1995 – yili 59 
foiz bo`lgan. Sanoat va qurilishda esa 12 va 23 foiz, ko`rinib turibdiki eng ko`p 
o`sish xizmat ko`rsatish sohasiga to`g`ri keladi. Lekin sanoat va qurilishda ham 
o`sish kam bo`lmagan. Natijada qishloq xo`jaligidagi bandlik 12 foizga pasaygan. 
Hozirgi vaqtda Xitoy qishloq xo`jaligi ko`p tarmoqli bo`lib, dehqonchilik 
bilan bir qatorda sanoat, savdo, transport, xizmat ko`rsatishlar ham qo`shilib 
ketgan. Dehqonchilikni olsak, bu ham monokultura o`rniga ziroatchilikning ko`p 
tarmoqliligiga o`tgan. 
Ilgari asosan g`allachilik bo`lsa, keyingi vaqtlarda g`alla, texnik ekinlar va 
boshqa xillari mavjud. Ziroatchilik, chorvachilik, o`rmonchilik, baliq xo`jaliklarini 
qo`shib katta qishloq xo`jaligi tarkibiga aylanib ketgan. 
Bu katta qishloq xo`jaligida hozirda noagrar qism 80 foizga yetib qoldi. 
Noqishloq xo`jaligi tarmoqlari juda tezlik bilan o`sib bormoqda va yillik o`sish 
xatto 34 foizga yetdi. Xitoy qishloq iqtisodining rivojida bular muhim bo`lib, 
asosan volost-poselok korxonalariga kiradi. Hozir bu korxonalar strategik 
yo`nalish hisoblanadi. Xatto buni xalq xo`jaligi va qishloq iqtisodi ravnaqi deb 
belgilangan. 
Keyingi 
yillarda 
qishloq 
sanoat 
iste’mol 
tovarlari 
yetkazib 
berish 
bilan 
chegaralanmasdan 
energiya beruvchi, sanoat 
qismlari 
yetishtiruvchi 
kimyo o`g`itlari, kimyoviy 
zaxar 
moddalar, 
ishlab 
chiqarib, qishloq xo`jaligini 
ta’minlamoqda. 
Buning 
hissasiga ipak va trikotaj 
buyumlari yyetishtirishning 
50 foizi, g`ishtning 95 foizi, 
mayda 
qishloq 
xo`jaligi 
asboblari va cherapisalarning 90 foizi, charm poyabzalining 35 foizi, sement va 
ko`mirning 40 foizi to`g`ri keladi. Bu korxonalar katta eksport salohiyatiga ham 
ega. Masalan, 40 foiz ishlab chiqarilgan poyabzal tashqi savdoda sotiladi. Faqat 
AQSHning o`ziga yiliga 700 mln. juftdan ortiq pofafzal eksport etiladi, bu esa 
AQSH poyabzal importining yarmini tashkil etadi. 
Qishloq xo`jaligidagi bunday o`zgarishlar bir qancha muammolarni ham 
keltirib chiqarmoqda. Bu ayniqsa g`allachilikka ko`p ta’sir etmoqda. Noqishloq 
xo`jaligi ishlab chiqarishning o`sib borishi baho erkinligi sharoitida, dehqonlarning 
Аgrаr sоhаdаgi islоhоtlаr kutilgаnidаn ziyodа 
muvаffаqiyat kеltirdi. Аgаr 1978 yilgа qаdаr g`аllа hоsildоrligi 
yiligа 2,1 fоizgа оshib kеlgаn bo`lsа, undаn kеyin bu 
ko`rsаtkich kаriyb bеsh fоizgа еtdi. 1978-84 yillаr dаvоmidа 
qishlоq хo`jаligidаgi yutuqlаrning to`sаtdаn uch qismi 
islоhоtlаr tufаyli erishilgаn bo`lsа, uning bir qismi еrgа ishlоv 
bеrishdаgi yangiliklаr hisоbigа qo`lgа kiritildi. Хitоyning 
yangichа yo`li еtti yildа nаinki - mаmlаkаt аhоlisini qishlоq 
хo`jаligi mаhsulоtlаri bilаn to`lа tа’minlаsh, bаlki, chеt ellаrgа 
hаm ekspоrt qilish imkоnini yarаtdi. Hоzirgi pаytdа bu 
mаmlаkаt g`аllа, pахtа, shоli, rаps, tаmаki, go`sht, tuхum, 
dеngiz mаhsulоtlаri vа ko`kаtlаri еtishtirish bo`yichа dunyodа 
birinchi o`rindа turаdi. Маsаlаn, 1992 yil 443 milliоn tоnnа 
g`аllа, 5 milliоn tоnnаgаchа pахtа еtishtirildi. 2002 yildаn 
bоshlаb g`аllа tаyyorlаsh sаlmоg`i 486 milliоn tоnnаdаn оrtdi.


149 
daromadli tarmoqlarni tanlash erkinligi tug`iladi. Bu esa foyda yuqori tarmoqlarga 
resurslar ko`chishiga olib kelib, bevosita qishloq xo`jaligining o`ziga salbiy ta’sir 
etmoqda. Kapitalning qishloq xo`jaligidan boshqa tarmoqqa siljishi yuz bermoqda. 
Keyingi bir necha yil ichida bunday siljish 40 mlrd yuanga yetmoqda. 
Shu bilan birga qishloq xo`jalik mahsulotlariga bo`lgan talab bilan mavjud 
qishloq xo`jalik tuzumi o`rtasidagi ziddiyatning o`sishiga olib kelmoqda. Past 
Navli g`allaga talab kamayib yuqori sifatli bo`lgan bug`doy, guruchga talab 
o`sioqda. Bu va bunday holat qishloq xo`jalik tuzumiy shaklining o`zgarishini 
talab etmoqda.
Sanoatda bevosita davlat sektori ustunlik qiladi. Davlat sektorida 15,7 ming 
yirik va o`rta korxonalar mavjud. Bular 44,5 foiz mulkni tashkil etib, barcha sanoat 
korxonalarining 43 foiz foydasini bergan. Davlatning sanoat sektori davlatningg 60 
foiz moliyaviy daromadini bergan va bularda shahar ishchi va xizmatchilari 
bandligining 2/3 qismi to`g`ri keladi. 
Sanoatda bevosita iste’mol bilan bog`langan tarmrqlar tezroq rivojlanmoqda. 
Aytaylik, yonilg`i-xomashyo tarmoqlari, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy texnik 
tarmoqlar o`zaro bog`liqligi natijasidagi infratuzilmalar shular jumlasidandir. 
90 – yillarga kelib to`qimachilik, poyabzal, maishiy texnikaga qaratilgan 
strategik iqtisodiy o`sish o`zgarmoqda. Industrial rivojlanish, mashinasozlik, 
elektronika, avtomobilsozlik, neftkimyo, qurilishlarga qaratilmoqda. Masalan, 
avtomobilsozlik umuman og`ir sanoat ichida ustunlik bilan o`sib, yaqin 10-15 yil 
ichida jahon talabiga mos avtomobilllar ishlab chiqarish darajasida, Xitoyni 
umumiy avtomobillashtirish vazifasi qo`yilgan. 
Ilg`or va yuqori texnologiyaga aloxida e’tibor berilib, buning uchun maxsus 
dalvat dasturi amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga an’anaviy tarmoqlarni ham 
esdan chiqarmayotir. Buni po`lat ishlab chiqarishda ko`rish mumkin va tarmoq 
bo`yicha Xitoy jahonda birinchi o`ringa chiqdi.
Xitoy iqtisodiy rivojida xizmat sohasining o`rni ham o`sib bormoqda. 
Avvalo bu savdo rivojida o`z aksini topmoqda. Kooperativ va xususiy savdo 
tarmoqlari kengaymoqda. Oziq-ovqat bozorlari Xitoy aholisi hayotida o`ziga 
yarasha o`rin egallamoqda Chakana tovar aylanishi keyingi 25 yil ichida 9 marta 
o`sdi, shuning ichida chakana savdoda 26 martadan ortiqroq ko`paydi. Noishlab 
chiqarishga qaratilgan dalvat xarajatlari ham o`sib bormoqda. Keyingi 15 yilda 
ayniqsa bu tezlashdi. Davlatning ijtimoiy maqsadlarga qaratilgan xarajatlari harbiy 
xarajatlardan ustun keladi.
Xitoy iqtisodiga an’anaviy ravishda moliyaviy sohasining xalqaro 
standartlarga mos kelmasligi ma’lum. Lekin keyingi yillarda bu sohada ham 
o`zgarishlar yuz bermoqda. 90 – yillarda Xitoy fond bozori o`zining Shanxay va 
Shenchjendagi asosiy birjalari bilan o`zini ko`rsata boshladi. Trast investitsiya 
kompaniyalari, investision fondlar, maxsus davlat banklarining tijorat banklariga 
aylanishi kabilar yuzaga kelmoqda. Yangi xil kredit-pul xarakatlari kiritilmoqda. 
Qimmatbaho qog`ozlar savdosi avj olmoqda. Keyingi yillarda buning xamji 5-6 
barobarga o`sgan. Tashqi savdoda yirik ijobiy saldoga ega. Masalan, 1997 yilda bu 


150 
40 mlrd. dollarga teng bo`lgan. Oltin valyuta zahirasi ham katta. Bu Xitoyda 140 
mlrd. dollar va Syanganda 100 mlrd. dollarga teng.
Xitoy maxsus sosiolizm modeli iqtisodiy taraqqiyot yo`nalishini belgilaydi. 
Bunda Xitoy sosiolizmining boshlang`ich bosqichi ekanligi ko`rsatilib, davlat 
asosligi va bevosita xususiylashtirish inkor qilinadi. Rejalashtirish bozor 
mexanizmlari bilan mos kelishi tan olinadi. Makro daraja davlat qo`lida va mikro 
daraja bozor ihtiyoridaligi e’tiborga olinadi. Mehnatga taqsimlash asos bo`lib, 
kapital bo`yicha taqsimot qo`shimcha hisoblanadi. Bu Xitoy sosiolizmining asosiy 
tamoyili deb tan olinadi. Tarmoqlar ustuvorligi qishloq xo`jaligi, yengil sanoat – 
og`ir sanoat tizimida belgilanadi. Tashqi dunyoga nisbatan ochiqlik siyosatida 
ketma-ketlikni amalga oshirish ko`zda tutilgan. Umuman hozirgi Xitoycha 
sosiolizm modeli “sosiolistik rejani tovar iqtisodiyotidan sosiolistik bozor 
iqtisodiyotiga” o`sib o`tdi.
Xitoy iqtisodiyoti siklik xususiyatga ega bo`lib, vaqti-vaqti bilan salbiy 
oqibatlarga duch kelib turadi. Ya’ni, yuksalish-pasayish bilan o`rin almashtirib 
turadi. Bu ineflyatsiyaning o`zini bildirib turishi, narx-navoning ko`tarilish 
sharoitlari bilan o`rin almashtirib turiladi. Bu asosan o`sishning qizib ketishiga olib 
ketishi sababi orqali yuz beradi. Davlatning bunga ta’sir etishi iqtisodiy o`sishning 
pasayishi bilan o`rin almashadi. Masalan, 1988 – yili iqtisodiy o`sish yuqori 
darajadaligida shunday holat yuz beradi, ya’ni YAIM o`sishi 11,3 foiz bo`lgan 
xolda inflyatsiya darajasi 18,5 foizga yetadi. Hukumatning narxlarni pasaytirib 
inflyatsiya oldini olish harakatlari inflyatsiyani 2,1 foizga tushiradi, biroq iqtisodiy 
o`sish darajasi 3,8 foizga pasayadi.
1992 – yilda ham iqtisodiy o`sish 14,2 foiz bo`lganda inflyatsiya 21,7 foiz 
bo`lgan. Hukumat asta-sekinlik bilan harakat qilib, inflyatsiya uzoqroq davom etib, 
o`sish pasayishi birdan bo`lmay bu ham sekinlik bilan davom etdi. Shunday holat 
1997-1998 yillarda ham yuz berib iqtisodiy o`sishni 7 foizgacha saqlashga 
erishilgan.
Bunday siklik holatni makro va mikro darajada ko`rish mumkin. Mikro 
darajada bu davlat korxonalarining islohot darajasidan orqada qolishi va bozor 
o`zgarishlarining oldinga ketishi bilan bog`langandir. Islohot davrida davlat 
resurslarning to`g`ridan-to`g`ri taqsimlanishini pul oqimini tartiblashtirish orqali 
amalga oshira boshlagan va davlat korxonalariga ko`p qo`shimcha huquqlar 
berilgan. Amalda esa ular mustaqil bo`la olmagan. Ularning mahsulotlari 
ko`pincha bozorda xaridorlarga ega emas. Ishlab chiqarishni to`xtatib bo`lmaydi. 
Chunki bu ishsizlik va mahalliy byudjetlarga tushum bo`lmasligi bilan bog`liqdir. 
Bank kreditlari safarbar etilib, og`ir ahvoldan chiqishga harakat qilinadi. Bu 
investitsiyaga ham ta’sir etadi. Makro darajada esa guruhiy manfaatdorlik monetar 
hokimiyatlarning yumshoq pul siyosatini o`tkazishga undaydi. Korxonalarning 
ehtiyojlarini qondirish shartlari bo`lib emissiya hisoblanadi.
Pul massasining ko`payishi albatta inflyatsiya bilan bog`liqdir. Pul 
siyosatining kuchayishiga korxonalar to`lamaslik, qarzlarning ko`payishi bilan 
javob beradi. Natijada daromadning ancha qismi byudjetning taqsimot 
mexanizmida qatnashmay boshqaruv tizimining pastki qatlamlarida qolib ketadi. 


151 
Bu korxonalarning investitsiyaga bo`lgan talabini to`xtovsiz ortib borishi va 
aholining iste’mol talabining o`sib borishiga olib keladi. Daromadning tez o`sib 
borishi uning iste’mol xarajatlarini ko`paytirish bilan birga, jamg`armani ham 
davom ettirish imkonini berib, banklarning kreditlarni davom ettirish imkonini 
beradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Xitoydagi makroiqtisodiy siklni shunday 
tushunish mumkin: iqtisodiy o`sishni saqlash, qo`shimcha ish joylari yaratish, 
tarmoqlar va regional darajadagi guruhiy manfaatlar siquvi natijasida davlat pul 
siyosatini birlashtiradi. Bu mahalliy hokimiyatlar va korxonalar xo`jalik 
faoliyatining kuchayishiga olib keladi. Mamlakatda gipertrofik investitsiya yuz 
beradi va yuqori darajali o`sish bilan birga inflyatsiya kuchayadi. Inflyatsiya 
ijtimoiy chegaradan o`tishi bilan davlat pul siyosatini kuchaytiradi va kapital 
xarajatlar ustidan nazoratni qat’iylashtiradi bu esa iqtisodiy o`sishni pasaytiradi.
 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish