“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet88/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

 
9.3. Iqtisodiy o`sish va ekstensivlik 
 
Xitoyda xususiy sektorni yuzaga keltirish va umuman iqtisodiy o`sishni 
ta’minlash tubdan farqlanadi. Bunga o`xshash mamlakatni yo`q desa ham bo`ladi. 


155 
Albatta xususiy sektorni paydo bo`lishini, bozor iqtisodiyotining shakllanishi 
mavjud tizimni yo`q qilish va uning o`rniga va hisobiga yuzaga kelgani yo`q. 
Sobiq sotsialistik iqtisodiy mamlakatlardagi iqtisodiy o`zgarishga hech o`xshatib 
bo`lmaydi.
To`g`ri, mavjud siyosiy tizimni saqlagan xolda asta-sekin islohot usullari 
Yugoslaviya, Vengriya kabi mamlakatlarda tajriba qilib ko`rilgan.Iqtisodiy 
islohotga sobiq SSSrda ham harakat qilib ko`rilgan. Lekin 90 – yillar oxiriga kelib 
sobiq partiya-davlat tizimlari falokatga uchrab, iqtisodiy jarayonlarni nazorat etish 
imkonini to`la qo`ldan berib, rejalashtirish tizimlari yemiriladi. Bular esa bozor 
institutlari bilan almasha olmagan. Chunki bular tayyor emas edi. Jarayon juda 
keskinlik bilan davom etib, yemirilish birdaniga ro`y beradiyu, o`rniga yangisi 
tayyor emas edi. Shuning uchun ham bularda asta-sekinlik, ketma-ketlik uchun 
sharoit va buning uchun siyosiy-iqtisodiy muhit yo`q edi.
Eng muhimi shuki, Xitoy iqtisodiyoti umuman boshqacha xususiyatlarga, 
boshqa sifatli tomonlarga ega bo`lib, bu qolgan o`tkinchi mamlakatlarga 
o`xshamaydi. Sobiy SSSR asosidagi yangi mamlakatlar – SMD va Sharqiy 
Yevropa mamlakatlari yuqori darajali industrial mamlakatlar bo`lsa, Xitoy uchun 
hozirgacha ham industriallashtirish jarayoni kelajak vazifasi bo`lib, uning 
boshlang`ich pog`onasidadir va 80 foiz aholi qishloqda istiqomat qilib keladi. 
Xitoyda iqtisodiy rivojlanishni faollashtirish uchun butunlay boshqacha rezervlar 
bo`lib, erkinlikka chiqarish yo`li bilan dehqonchilik xo`jalik g`ayratini ishga solib, 
qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini rag`batlantirish orqali erishilish sharoitlari 
mavjud edi.
Yoki bo`lmasa tarixda bo`lganidek, qishloq aholisini ommaviy ravishda 
ko`chirib, industriyani shakllanishida foydalanish mumkin. Lekin arzon va 
ortiqcha ish kuchining mavjudligi bundan ham boshqacha va oson yo`lni belgilab 
beradi. arzon va juda ko`p ish kuchi sanoat ishlab chiqarishni yuzaga keltirish 
imkonini beradi. Bu boshidanoq eksportga atalgan va jahon bozoida narx-navo 
raqobatbardoshligiga ega sanoatni yaratish imkoniga ega bo`lgan. Bu omillar 
Xitoycha o`zgarish tizimini belgilab beradi. Yuqorida esga olgan mamlakatlarga 
nisbatan xususiy sektorni davlat sektori asosida, xususiylashtirish yo`li bilan emas, 
balki u bilan bir qatorda nodavlat ukladni birlamchi industrlashtirish davrida 
yuzaga keltirish mumkin.
Bundagi iqtisodiy o`sish intensiv yo`l asosida bo`lmay, ekstensiv yo`l bilan 
am alga oshadi, yangi xo`jaliklar tuzish, qo`shimcha ish kuchi jalb etish hisobiga 
bo`ladi. Chunki bunday resurslar Xitoyda juda katta. Aytganimizdek, millonlab 
dehqonchilikda ish kuchini ishlatish imkoniga ega bo`lmaganlar mavjud. Shu bilan 
birga mahalliy xomashyo, ishlab chiqarish materiallari ham nisbatan yetarli 
darajadadir. 


156 
Xususiy sektorning ommaviy ravishda 
yuzaga kelishi oddiy xo`jaliklar tuzish 
hisobiga yuz beradi. Oddiy mehnat qurollari, 
past texnik darajali mehnat vositalari asosida 
tashkil topadi. Bu esa o`z navbatida katta 
kapital xarajatlarni talab etmaydi. Xitoy 
sharoitida bularni xususiy jamg`armalar 
hisobiga yaratish mumkin bo`ladi. Xitoy 
iqtisodiyoti va sanoatining to`xtovsiz o`sib 
borishida mayda, texnik jixatdan primitiv 
ishlab chiqarishning juda tez o`sishi muhim 
omil hisoblanadi. Xalq tashabbusiga keng 
yo`l ochilishi sababli shahar va qishloqlarda 
millionlab mayda korxonalar paydo bo`ladi. 
1981-1997 yillar ichida sanoat mahsuloti 
xajmi 9 barobar ko`payadi. Bu asosan 
shunday 
tarzda 
shakllangan 
korxonalar 
hisobiga 
yuz 
beradi. 
Bunda 
ayniqsa 
qishloqlardagi viloyat korxonalarining o`rni 
katta, boshqacha qilib aytganda o`sish qishloq 
sanoati hisobiga to`g`ri keladi. 
Bunday sanoatda ma’lumki, yuqori 
sifatli mahsulot ishlab chiqarish qiyin. Lekin 
eng foydali tomoni arzonga tushadi va 
tovarlar past baholi bo`lgani tufayli yuqori 
raqobatbardoshli 
bo`ladi. 
Past 
texnika 
negizida sanoatning juda tez o`sishligi, 
zamonaviy texnologiyalar yo`qligi, xodimlar 
malakasining yetishmasligi yirik xajmda 
sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarishga olib 
keladi. Bunda albatta iste’molga noloyiqlik 
darajasi ham yuqori bo`ladi. 1985 – yil tayyor 
mahsulotlar omboridan tanlab sifatni aniqlash 
o`tkazishning 
natijasida 
muayyan 
standartlarga 56,4 foiz tovarlar loyiq deb 
topilgan. Buni o`sha vaqtdagi Xitoy bozorining tovarlarga ochligi, taqchillikning 
yuqoriligi bilan ham tushuntirish mumkin. Ammo asta-sekin bu holat tuzala 
boshlaydi. Chunki 1996 – yildagi shunday tekshirishda 79 foiz tovarlar standartga 
loyiq topilgan. Shu bilan birga 20 foiz tovar nostandart bo`lib, o`z xaridorlarini 
topolmay, sotilmay qolgan edi. Sifatsiz tovarlar chiqarish va ularga talabning sust 
bo`lishi 1997 – yilda 71 mlrd. dollarli tovarlarning sotilmay qolishiga olib kelgan. 
Bunday tovarlarni asosan jamoa va xususiy xo`jaliklar yetishtirgan. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish