152
Bunda o`tkazilayotgan tadbirlarni g`oyaviy tayyorgarlik asosida olib
borilishi ahamiyatlidir. G`oyaviy tayyorgarlik yangiliklarni ruhiy yangilik bilan
o`tishini ta’minlaydi. Shunday qilib, bozor qadriyatlari davlat g`oyasiga singdirilib,
aholining asosiy qismi uchun ma’qul
va odatiy tusga kirib bormoqda.
Islohotlarni
g`oyaviy
ta’minlash takomillashib boradi.
Aytaylik, asta-sekinlik sotsialistik
mazmun emas, balki vatanparvarlik
oldinga suriladi.
Aholiga Xitoy
iqtisodiyoti
kuchliligi
g`ururi,
xalqaro iqtisodiyotdagi o`rni kabilar
singdirilib
boradi.
Iqtisodiy
rivojlanish davrida milliy birlik,
ijtimoiy-siyosiy muntazamlik g`ururi
singdiriladi.
Xitoy
xalqining
ko`pchilik
asosiy qismi qishloqlarda joylashgani
va qishloq xo`jaligi iqtisodiyotida
asosiy
o`rin
egallashi
albatta
iqtisodiy islohotga ta’sir etib, uni
oldinga suradi. Qishloqlardagi islohot
asosan
qishloq
xo`jaligi
jamoalashtirilishini o`zgartirishdan boshlanadi. Qishloqda ishlab chiqarish
munosabatlarining o`zgarishi shunchalik tez amalga oshadiki, bu ijobiyligini
bildiradi. Bunda
oilaviy ijarasi asos qilinib, yer uchaskalari dehqon xovlilariga
taqsimlanadi. Dehqonlar belgilangan miqdordagi xosilni qattiq baho asosida
davlatga sotishi va qolganini o`z ihtiyorlari bo`yicha ishlatishi mumkin bo`ladi.
Avvalo yer ijara muxlati 3-5 yil bo`lsa, so`ngra 15 yilga cho`ziladi. Agar 1980 –
yilda oilaviy pudrat tizimi dehqon xo`jaliklarining 20 foizini tashkil etgan bo`lsa,
1983 – yili 94,2 va 1984 – yili esa 96,5 foizga yetadi.
Islohotning birinchi 6 yili ichidayoq yig`ilgan xosil 304,8 dan 407,3 mln.
tonnaga yetdi. 80 – yillar o`rtasiga kelib, qishloq xo`jalik mahsulotlari bozorida
mutanosiblik yuzaga kelib, oziq-ovqat yetishmovchiligi o`z dolzarbligini
yo`qotadi. Agar 80 – yillar boshida Xitoy xalqining 1/4 qismi ochlikka duch kelib,
qashshoqlik chegarasidan yashagan bo`lsa, 80 – yillarning 2-yarmida aholining
oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan minimal ta’minlash qishloqda 95
foiz va
shaharda to`la amalga oshirilgan edi.
Agrar islohotlarning muvaffaqiyatli borishi industrlashtirishning yangi
mexanizmini harakatga keltiradi. Bu bevosita qishloq joylarda viloyat
korxonalarining tashkil etilishi edi. Katta bo`lmagan sanoat korxonalari va xizmat
ko`rsatish korxonalari islohotdan oldin ham bor edi hamda bular davlat tomonidan
o`tkaziladigan ba’zi joylarda o`zini ta’minlash siyosatining tarkibiy qismiga kirar
edi. Lekin islohot yillari bu korxonalarning vazifalari tubdan o`zgaradi. Avvalo bu
Хitоy
mаmlаkаtimizning
ishоnchli
hаmkоrlаridаndir. Маmlаkаtlаrimiz o`rtаsidаgi
o`zаrо tоvаr аyirbоshlаsh hаjmi 2006 yildа qаriyb
698 milliоn АQSh dоllаrini, 2007 yilning yanvаr-
mаy оylаridа esа 2006 yilning shu dаvridаgigа
nisbаtаn 92 fоiz оshib, 300,76 milliоn АQSh
dоllаrini tаshkil etgаn.
O`zbеkistоndаn Хitоygа enеrgiya rеsurslаri,
nеft vа nеft kimyosi mаhsulоtlаri,
pахtа tоlаsi,
ipаk, o`g`it, mеvа-sаbzаvоt kаbi mаhsulоtlаr
ekspоrt qilinаdi. Хitоydаn esа mаmlаkаtimizgа
mехаnik vа elеktrоn uskunаlаr, оptik аppаrаtlаr,
dоri-dаrmоn,
to`qimаchilik,
оziq-оvqаt
mаhsulоtlаri, plаstmаssа vа plаstmаssа buyumlаr,
rаngli vа qоrа mеtаllаr, yog`оch vа yog`оchdаn
tаyyorlаngаn
mаhsulоtlаr impоrt qilinаdi
153
ishsizlarga taalluqli bo`lib, Xitoy qishloq joylaridagi ortiqcha ish kuchi muammosi
bilan bog`liq edi. Islohot vaqtida esa bu muammo ancha zo`raydi. Chunki tovar-
pul munosabatlarining intensiv o`sishi va jadallik bilan tabaqalashishning
kuchayishi qishloq joylardagi ishsizlikni avjiga chiqarib yubordi. 80 – yillar
o`rtasiga kelib bularning soni 250 mln.ga yetdi.
Viloyat va qishloq korxonalari soni 1984 – yildagi 6 mln.dan 1990 – yilga
kelib 24 mln.gacha ko`paydi. Bandlikni olsak, 52 mln. kishidan 130 mln.ga yetdi.
15 yil ichida bu korxonalar qishloqdagi mehnat resurslarining yarmini o`ziga jalb
etdi. Hozir kunda Xitoy YAIMning 1/3 qismi shu korxonalarga to`g`ri keladi,
milliy sanoatda esa bularning hissasi 50 foitzga yetadi. Shu bilan birga bu vaqt
ichida yangidan 50 mingga yaqin kichik shaharlar paydo bo`ldi. Bu korxonalarda
keng xajmdagi iste’mol va investitsiya ahamiyatidagi
tovarlar ishlab chiqarila
boshlandi. Aytaylik, trikotajning 1/2 qismi, charm-poyabzalning 4/3 qismi, g`isht
va cherepisaning 95 foizi kabilardan iborat.
Agar 1950-1972 yillarda yillik milliy daromadning o`sishi 6 foiz bo`lib,
qishloq iqtisodi hissasi 37,3 foizni tashkil etgan bo`lsa, 1978-1988 yillarda 63,6
foizga yetgan va milliy daromad o`sishi 9,2 foiz bo`lgan. 1992-1994 yillarga kelib,
YAIM o`sishining asosiy qismi qishloqdagi qo`shilgan qiymat hisobiga bo`lib,
uning hissasi 1994 – yilda 75 foizga teng bo`lgan.
Iqtisodiy islohot davri mulkchilik turli shakllarga ega bo`ladi. Avvalo davlat
mluki markaziy yoki mahalliy darajada bo`lib, shu bilan birga jamoa mulki,
individual hamda xususiy 8 kishidan ko`p bo`lmagan yollanma ishchilar bilan
birga va aksionerlar, chet investitsiyali mulklar mavjud bo`lgan. Lekin bular
yagona shaklda bo`lmay, bir-biriga o`tadigan, o`zgarib turadigan, aralash shakllari
ham bo`lgan. Umuman olganda davlat va boshqa xil ukladlar deyilsa to`g`ri keladi.
Lekin keyingi 10 yil ichida iqtisodiy o`sish asosan nodavlat tashkilotlari hisobiga
yuz bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: