“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet81/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

Gоngkоng 
Таshqi qаrz (yalpi ichki 
mахsulоtgа nisbаtаn, %): 224,7% 
Yalpi tаshqi qаrz miqdоri: 678,29 
mlrd. $ 
Yalpi ichki mахsulоt (2009): 
301,8 mlrd. $ 
Кishi bоshigа to`g`ri kеluvchi 
tаshqi qаrz miqdоri: 96 142 $


141 
birinchi o`nliklar qatoridan o`rin egallaydi. Valyuta zaxirasi bo`yicha dunyoda 
Xitoy va Yaponiyadan keyingi uchinchi o`rinda turadi. Eksportning 90 foizi sanoat 
mollariga to`g`ri keladi, YAIM tarkibini olsak, qishloq xo`jalik mahsulotlari faqat 
3,5 foiz bo`lsa, sanoat mahsulotlari 40 foizni tashkil etadi.
Tayvan sanoati eksportga mo`ljallangan bo`lib, asosan to`qimachilik, kiyim-
kechak, elektronika, kimyo buyumlari ishlab chiqariladi. Iqtisodiyotda davlat 
sektori ancha ta’sirli hisoblanib, sanoatni 1/6 qismini tashkil etadi, tovar 
aylanishning esa 50 foizini tashkil etadi.
Tayvan bozor iqtisodiyoti rivojlanishda ochiqlik siyosati ijobiy o`rinni 
egallab, jarayonni tezlashtirgan. Ayniqsa, bunda AQSHning roli kattadir. Bu 
albatta AQSHning XXRga qarshi siyosati bilan bog`langan bo`lib, Tayvanning 
kuchli bo`lishida manfaatdor bo`lgan. Shuning uchun Tayvan rivojlanishi uchun 
AQSH har tomonlama qo`llab-quvvatlab, barcha chora-tadbirlarni ayamagan va tez 
vaqt ichida XXRga qarshi rivojlangan mamlakatga aylanishga erishgan. Tayvan 
o`z taraqqiyoti yillari avvalo iqtisodiy tuzumiy o`zgarishlarni amalga oshirib
bunda murakkab texnologiyali tarmoqlarga asosiy ahamiyat qaratilgan. Bu esa 
birinchi navbatda ish kuchining yuqori malakali bo`lishini talab etgan. Yangi 
tarmoqlar ichida ilm sig`imli va katta kapital xarajatlari talab etadiganlari tezroq 
rivojlangan. 
Eksportga qaratilgan tarmoqlarga diqqat-e’tibor kuchliligi natijasida Tayvan 
Osiyoda birinchi bo`lib kapitalni netto-eksportyori darajasiga erishgan. Ayniqsa 
“inson kapitali” aloxida o`rin egallaydi. Bu esa Tayvanda ta’lim siyosatiga katta 
ta’sir ko`rsatadi. Ta’lim, fan, madaniyat rivoji uchun davlat xarajatlarining 15-20 
foizi sarflanadi. Bu esa YAIMning 3-5 foizini tashkil etadi. Aholini boshlang`ich 
va o`rta ta’limga tortilishi bo`yicha Tayvan rivojlangan mamlakatlardan 
qolishmaydi. Oliy ta’lim darajasi bo`yicha liderlar qatoridadir. 
Import o`rnini bosish yo`nalishi iqtisodiy taraqqiyotda qolgan yangi 
industrial mamlakatlari qatori sinov bosqichi bo`lgan. Buning sababi xususiy 
sektorga yordam berish deb ataladi. Chunki tashqi firmalar raqobatiga qarshi tura 
olish 
zarurati 
tug`ilar 
edi. 
Bundan 
tashqari 
to`lov 
balanslaridagi 
yetishmovchilikning oldini olish talab etilar edi. Chunki xomashyoga narxning 
pasayishi, import qilinadigan tayyor buyumlarga narxning ko`tarilishi kabilar 
doimo shunday holatlarga olib keladi. 
Avvalo bunday vaziyat oziq-ovqat, poyabzal, to`qimachilik kabi tarmoqlarda 
yuz bersa, so`ngra industriallashtirish kengayishi bilan ishlab chiqarishga atalgan 
tovarlar bilan bog`liq bo`lib boradi.
Valyuta kursini o`zgartirib turish ham keng qo`llanilib boriladi, xatto 
provardida bu milliy valyutaning devalvatsiya qilinishigacha olib keladi. Valyuta 
kursining tez-tez o`zgarib turishi va ularning turli xilligi chayqovchilikning avj 
olishi va chet iqtisodiy aloqalar ishtirokchilariga muammolar tug`diradi. Tayvanda 
o`z vaqtida hatto turli tovarlar uchun turli xil valyuta kurslari bo`lib, pullarning 
almashtirilishida turli kurslar bilan amalga oshirilgan. Aytaylik, davlat sektori 
import qiladigan tovarlarni olish uchun sarf etiladigan valyuta maxsus joriy past 
darajali valyuta kursi bo`yicha amalga oshirilar edi. Shuningdek jixozlar, muhim 


142 
xomashyo materiallari va o`rtalik buyumlari ham shu tarzda yuz bergan. Boshqa 
tovarlar uchun esa ancha yuqori kurs bo`yicha amalga oshirilgan. Bunda importga 
qo`shimcha soliq qo`yish qo`llanilgan. Ko`rinib turibdiki, import o`rnini bosish 
siyosati valyuta nazorati asosida emas, balki yuqori samarali bo`lgan tashqi savdo 
harakatlarini tartiblashtirish, birinchi navbatda importni litsenziyalash, kvotalash 
va boj proteksionizmini qo`llash orqali amalga oshirilgan. 
Bu siyosatda shuningdek, xomashyolar va pul resurslarini taqsimlash 
tizimlari ham qo`llanilgan. Masalan, Tayvan to`qimachilik ishlab chiqarish 
Kengashi to`qimachilik sanoatini zarur xomashyo va boshqa resurslar bilan 
ta’minlash yo`li bilan qo`llab turilgan. Bu ayniqsa AQSH yordamidagi kanallardan 
foydalanishga taalluqli edi. 
Rivojlanish strategiyasini o`zgartirish eksport mo`ljalini kuchaytirish bilan 
to`g`ri keladi. Bunda boshqa shunga o`xshash mamlakatlar kabi ko`p mehnat 
sig`imli tarmoqlardan kapital xajmli va ilm sig`imli tarmoqlarga o`tish ham turtki 
bo`lgan. Aniqrog`i neft mahsulotlari narxlari ko`tarilishi tufayli ishlov berish 
sanoati tarmoqlarini rivojlantirish va bu bilan bog`liq bo`lgan jihozlarga talab 
o`sishi ro`y beradi. Ilm sig`imli va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilishini 
ko`paytirish ITIKI xarajatlarining o`sishi tufayli bu bilan bog`liq tashkilot, 
muassasalarning rivojiga olib keladi.
Tayvanda agrar islohotlar ham o`z xususiyatiga ega. Bu asosan 1949-1953 
yillardagi o`zgarishlardan iborat. Industriallashtirishning boshlang`ich yillarida 
sanoatga qishloq xo`jaligidan resurslarning tashlanishi davlatning agrar 
mahsulotlarni eksport qilish asosiy hisoblangan. “Yashirin guruch solig`i”, 
fermerlarning pul jamg`armalarini kredit-moliya tizimi sanoatga qaratish orqali 
amalga oshirilgan. Shu bilan birga yirik xususiy va davlat yer egaligidan ancha 
mahsuldor bo`lgan mayda oilaviy yer egaligi tizimiga o`tila boshladi. Bunda yirik 
yer egalariga to`lov miqdori 2,5 yillik xosil qiymatidan oshmagan. Shu bilan birga 
to`lovning 70 foizi guruch bilan va 30 foizi davlat sanoat korxonalarining 
aksiyalari bilan qoplangan. 
Amalga oshirilgan agrar islohotlar ko`p masalalarni xal qilishga qaratilgan. 
Bularning ichida davlat byudjetini to`ldirish, yer egaligining mahsuldor shaklini 
tadbiq qilish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarilishini maydalash, qishloq xo`jaligini 
diversifikatsiyalash, monoekinchilikning oldini olish, agrar ishsizlikning bir 
muncha yumshatish kabilar mavjud. 
Ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi eng og`ir muammolardan biri 
dasturlarni resurslar bilan ta’minlashdan iboratdir. Albatta tuzumiy o`zgarishlar va 
modernizatsiyani amalga oshirish davrida moliyalashtirish faqat ichki manbaalar 
bilan chegaralanmagan. Chet kapitalni iqtisodiy taraqqiyotga jalb etish zarur shart 
bo`lgan. Ichki jamg`armaning qanchalik katta bo`lishiga qaramay, ayniqsa 70-80 
yillari yangi tarmoqlarga chet investitsiyasi jalb etilib, bu hozirgacha davom etadi. 
Yangi investitsiya nomini olgan moliyalashtirish kengaya boradi. Bu aralash 
tadbirkorlik, moliyalashtirishning turli xillarini qo`llash, texnologiyalarni o`tkazish 
xizmatlari, boshqaruv va maslahat xizmatlari, qurilish va jixozlarni o`rnatish bilan 


143 
bog`liq texnik xizmatlarni tashkil etish kabilardan iborat. Chet banklar 
kreditlaridan foydalaniladi.
80 – yillarnng ikkinchi yarmiga kelib Tayvan dunyodagi eng boy 
mamlakatlardan biri hisoblana boshladi. Hozirgi vaqtda uning oltin-pul zahirasi 
100 mlrd. dollardan ko`p hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyotida davlatning o`rni va sektori davr talabiga qarab 
o`zgarib turgan. Industriallashtirishning dastlabki yillari Tayvanda davlat sektori 
sanoatda 57 foizni tashkil etib, 50 – yillardan boshlab xususiy sektorga berila 
boshlaydi. Aytaylik, sement, ko`mir qazish, qog`oz ishlab chiqarish korxonalari, 
o`rmon sanoati korxonalari qa qishloq xo`jalik korporatsiyalari shular 
jumlasidandir. 
Xususiy 
tadbirkorlarda 
kapital 
yetishmovchiligi 
va 
xususiylashtiriladigan korxonalar daromadi pastligi sababli davlat bularga 
xaridorlar topishda qiyinchiliklarga duch kelar edi. Davlat ihtiyorida temir yo`l, 
kemasozlik, temi rva po`lat ishlab chiqarish, kommunal sohalar saqlanib qoladi. 
Keyingi 20 yil ichida xususiy sektor juda tezlik bilan o`sib, davlat sektori 20 foizga 
tushib qoldi. So`ngra yangi po`lat quyish zavodi, eng yirik dengiz porti qurilishi 
bilan davlat mulki yana biroz o`sdi.
Tayvan orolidagi kichik biznesning rivojlanishi boshqa bunga o`xshash 
mamlakatlar uchun namuna bo`lishi mumkin. Tayvanning mayda va o`rta 
korxonalarga bo`lgan maxsus sharoitlariga hunar korxonalari va ishlov beruvchi 
hamda mahsulotni qayta ishlash korxonalarini qo`shish mumkin. Bundagi o`z 
xususiy kapitali 40 mln. va qo`shma aktiv 120 mln. tayvan dollaridan oshmasligi 
va tog` qazilma sanoatida 40 mln. tayvan dollaridan kam o`z kapitaliga egalik, 
shuningdek, eksport-import, transport hamda boshqa tijorat firmalarida yillik 
aylanish 40 mln. tayvan dollari xajmida bo`lgan xususiy korxonalar mavjud. 
Mayda biznes va bularni qo`llash uchun tuzilgan davlat organlari o`rtasidagi 
barcha munosabatlar ihtiyoriy ravishda amalga oshadi.
Mayda biznes rivojini rag`batlantirishga qaratilgan Tayvan davlat faol 
siyosati 60 – yillarning o`rasidan boshlanadi. Bu bundan keyingi yillarda eksportni 
kuchaytirish bilan bog`liq xolda olib borilgan. 60-90 yillar ichida kichik va o`rta 
korxonalar soni xatto 98 foizgacha o`sgan va YAIM xajmining 99 foizigacha 
yetgan. Tayvan sanoat mahsulotlari eksportining 60 foizi kichik va o`rta 
korxonalarga to`g`ri kelib, o`z tushumlarining 70 foizigachasining hisobida 
bo`lgan. 
Eksportga mo`ljallangan Tayvan mayda va o`rta korxonalarining yuqori 
rentabelligining siri chaqqonlik bilan bozor siyosatini qo`llay bilishi, o`zgaruvchan 
bozor kon’yunkturasiga tez moslasha olishi, xalqaro savdo kompaniyalari va chet 
importchilar bilan birga ish tutishlari kabilardadir. 
Mayda va o`rta korxonalarning tashkiliy tuzumi juda oddiy bo`lib, xodimlar 
soni faqat boshliq va hisobchidan iborat bo`ladi. Maxsus organlar, murakkab 
boshqaruv tuzilmalari bo`lmaydi. Menejerlikda qisqa muataxassislikka emas, balki 
universalizmga asoslanadi. Mayda va o`rta korxonalardagi ijtimoiy himoyalash 
katta biznesdan farqlanmaydi va ish beruvchi bilan yollanuvchilar o`rtasidagi 
munosabatlar qonuniylik asosida olib boriladi. 


144 
Yuzaga keladigan kichik biznesdagi qiyinchiliklarni xal qilish bilan maxsus 
tuzilgan mayda va o`rta biznes boshqarmasi shug`ullanadi. Bunda tez-tez 
maslahatlar berish, maslahatchilarni taklif etish, seminarlar o`tkazish, tajribalar 
almashish kabilar ham qo`llaniladi. Ayniqsa, yosh ish boshlovchi tadbirkorlarga 
yordam qilishi diqqatga sazovordir. Bular uchun aloxida yoshlar komissiyasi 
tuzilgan. Keng miqyosda bularga moliyaviy yordam uyushtirilgan. Bunga 
qaratilgan maxsus kichik biznes banki ta’sis etilgan. Xattoki mayda va o`rta 
biznesning kredit – kafolat fondi tashkil etilgan. 
Bundagi xususiyat yana shundan iboratki, ko`pchilik mayda biznesda 
oilaviylik hukmronlik qilib, bunday korxona boshida oila boshlig`i turadi va 
qarindoshchilik munosabatlari kuchga ega bo`ladi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish