Nazorat savollar:
1.Yaponiya iqtisodiyotining jahondagi yyetakchiligi nimalarda o`z
ifodasini topadi?
2.Yaponiya iqtisodiy “mo`jizasi”ning mazmuni nimada?
3.Yaponiyaning yangi texnologiya, avtomatikada jahondagi yyetakchiligini
aytib bering.
4.Yaponiya tadbirkorligida milliylikning mazmuni nimadan iborat?
5.Yaponcha menejment deganda nimani tushunasiz?
6.Yaponiya militarizmini Ikkinchi Jahon urushidan keyin demokratik
kapitalizm bilan almashuvining bozor iqtisodiyoti rivojidagi ahamiyati nimalardan
iborat?
7.Yaponiya iqtisodiy “mo`jizasi”da ilmiy-texnik taraqqiyotning o`rni
qanday bo`lgan?
8. Yaponiyaga jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozining ta’sir doirasi qay
darajada bo`ldi?
9. Yaponiyaning jahon moliyaviy - iqtisodiy inqiroziga qarshi qo`llayotgan
choralari haqida nimalarni bilasiz?
133
8-BOB. JANUBIY-SHARQIY OSIYODAGI YANGI INDUSTRIAL
MAMLAKATLARDA BAZAR TAJRIBASI
REJA:
8.1. Osiyo “Ajdaholari” va “Yo`lbarslari”
8.2. Janubiy Koreyada bozor iqtisodiyoti rivoji
8.3. Singapurda bozor iqtisodiyoti xususiyatlari
8.4.Tayvan va Gonkong bozor rivoji tajribasi
8.5. “Yo`lbarslar”da bozor munosabatlarining
iqtisodiy rivojga ta’siri
Tayanch so’z va iboralar
Eksport, industriallashtirish, kredit, strategiya, sanoat,savdo, moliya, ta’lim,
mudofaa.
8.1. Osiyo “Ajdaholari” va “Yo`lbarslari”
XX – asrning ikkinchi yarmida Sharqiy-Janubiy Osiyoda tez rivojlangan va
industrial mamlakatlar paydo bo`lib, o`z iqtisodiy salohiyati bo`yicha rivojlangan
mamlakatlar qatoriga qo`shilgan va yaqinlashayotgan mamlakatlar yuzaga keldi.
Bulardagi yirik muvaffaqiyatlarni bozor munosabatlariga o`tish va uning
mexanizmlaridan keng va chuqur foydalanish tufayli yuz berib, davlat iqtisodiy
siyosatlarining oqilona amalga oshilirishining natijasi, deb tushuntirish mumkin.
Osiyo “Ajdaholari” qatoriga Janubiy Koreya, Singapur,, Tayvan va Gonkong
davlatlari kiradi. Janubiy Korea, Tayvan va Gonkong Sharqiy Osiyoda joylashgan
bo`lsa, Singapur Sharqiy-Janubiy Osiyodadir. Bularda iqtisodiy taraqqiyot darajasi
yuqori bo`lib, rivojlangan mamlakatlar hisoblanadi va o`z iqtisodiy salohiyati bilan
shu mazmunga to`la muvofiq keladi.
Osiyo “Yo`lbarslariga” Malayziya, Tailand, Indoneziya va Filippin
davlatlari kirib, bular asosan Sharqiy-Janubiy Osiyoda joylashgan, iqtisodiy
darajasi bo`yicha rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo`shilishga yaqinlashib
qolgandir.
Bu mamlakatlar Iikkinchi jahon urushidan keyin ham qoloq agrar
mamlakatlar hisoblanib, boyligi asosan sholi yyetishtirish va biroz qazilma
boyliklariga ega, mahsulot ishlab chiqarish esa past darajada va qoloq xoldagi
qishloq xo`jaligiga ega bo`lib, agrar mamlakatlardan iborat edi.
Lekin juda qisqa vaqt ichida qoloqlikdan chiqib, qashshoqlikning oldi olinib,
iqtisodiy ravnaq yo`nalishini qo`llay oldilar. Bunda davlat barcha imkoniyatlarni
to`la hisobga olgan xolda iqtisodiy ochiqlik, erkin taraqqiyot siyosatini qo`llagan
xolda oqilona ish yuritib bozor munosabatlariga o`tishni tezlashtirgan tarzda
taraqqiyot sari intila boshladilar. Rivojlangan mamlakatlar tajribasini keng va
maksimal ravishda foydalanilib, ularning yordamlarini ishga solgan xolda,
iqtisodiyot harakatini erkinlashtirdilar.
134
Hozirga kelib bu mamlakatlar tez rivojlanuvchi va xatto AQSH, Yaponiya
va G`arbiy Yevropa mamlakatlarigacha mahsulotlar yetkazib beruvchi hamda
yuqori sifatli va xalqaro standartlarga to`g`ri keluvchi tovar ishlab chiqaradigan
mamlakatlar qatoriga qo`shilgandir. Bunda ilg`or texnologiyaning keng
qo`llanishi, ishlab chiqarishning ekologikligi darajasida bo`lishligi rivojlanish
darajasiga yanada aniqlik kiritadi.
Birinchi to`rtlik, ya’ni “”Ajdaholar” shu bilan birga, aytganimizdek,
rivojlangan mamlakatlardan hisoblanib, jahonda eng yirik moliya markazlaridan va
jahon eksporterlaridandir. Osmon o`par binolar, zamonaviy aeroportlar, sun’iy
yo`ldoshlar kabilar bularning muvaffaqiyatlaridan dalolat beradi. “Yo`lbarslar”
ham qolishmaslikka, oldinga intilishmoqda. Dunyoda eng baland, osmon o`par
binolar Tayvan va Malayziyadadir.
Albatta haqqoniy savol tug`iladi, qanday qilib bu mamlakatlar shunday
darajaga erisha olishdi, buning asosiy xususiyatlari nimada? Albatta ilohiy kuchda
emas, balki asosiy kuch, sabablar yer usti voqe’ligida, odamlar harakatida.
Hozirgacha dunyoda qoloq mamlakatlar oz emas, ochlik, qashshoqlik muammolari
ko`pchilikni o`ylatadi va qoloq mamlakatlar ham shular qatoriga qo`shilishni
istaydi. Demak, bu va bunga o`xshagan oldin yoki keyin rivojlanish yo`liga o`tgan
mamlakatlar tajribasini o`rganish va ular erishgan darajaga yetish uchun yo`l
axtarish juda muhim, olamshumul vazifalardandir.
Albatta har bir mamlakatda bozor munosabatlariga va bu asosda iqtisodiy
taraqqiyotga erishish o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`ladi. Avvalo bu Sharqiy
Osiyo mamlakatlari madaniyati bilan bog`liqdir. Milliy madaniyat, urf-odat albatta
o`z ta’sirini ko`rsatadi, mentalitetning o`rni katta. Bularning ichida insonlarning
bir-biriga hurmati, o`z davlatiga munosabat, davlatga itoatkorlik, uning
ko`rsatkichlarini gap so`zsiz bajarish, milliy birlik va g`urur kabilarni sanab o`tish
mumkin. Bunda yana oilaviy munosabatlar, katta yoshdagilar hurmati, ota-ona va
bolalar o`rtasidagi munosabatlar, ishonchlikka o`xshagan xususiy mentalitetning
o`rni bor. Bir-birini qo`llash, jamoatchilik xususiyatlari, mehnatsevarlik,
boshliqning, kattaning obro`- e’tiborliligi, oilaviy va qarindosh-urug`chilikka
bog`liqlik, oilavyiy va urug`chilik asosidagi rejalarning mavjudligi kabilar ham bu
sohada kam ahamiyat kasb etmaydi. Milliy birlikda va mamlakatni ma’lum
maqsadga qarata bilishda bu milliy xususiyatlardan foydalana bilish albatta
g`alabaga erishuvda qo`l keladi.
Bundan tashqari bu mamlakatlarda aholi bilim darajasi juda yuqoridir. Bilim
standarti bo`yicha olinsa, jahonda eng yuqori o`ringa ega bo`lgan mamlakatlar
Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiyava Gonkongdir. Ma’lumki, inson resursi
hozirgi davr taraqqiyotida xal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu eng muhim va qudratli
“inson kapitalidir”.
Hayotdagi topshiriq berish va ijrochilik ruhi kuchliligi, oilaviy qo`llash,
himoyani sezish kabi xususiyatlar Sharq xalqlarida, ayniqsa bu Sharqiy yangi
industrial mamlakatlar xalqlarida kuchlidir.
Qo`shni Yaponiya tajribasi, uning yaponcha, “”iqtisodiy mo`jiza” ta’siri
ham o`z kuchiga ega bo`lgan va ma’lum darajada turtki vazifasini o`tagan hamda
135
to`g`ridan-to`g`ri o`rganish nuqtasi vazifasini bajargan. Ko`p tomondan bevosita
Yaponiya yordamidan foydalanilgan.
Industriallashtirishning boshlang`ich davrida qoloq to`qimachilik sanoati
negiz bo`lib hisoblangan. Bu o`tgan asr 50 – yillarga to`g`ri kelib, deyarli past
bahodagi tovarlar o`z tashqi ko`rinishi bilan o`ziga tortadigan bo`lishligi, keng
assortimenti bilan jahon bozorida o`ziga yarasha joy topa bilgan. Shu yo`l bilan
eng boshlang`ich miqdorda valyutaga ega bo`lishlikka muyassar bo`lgan.
Eksportdan tushgan sarmoya avvalo mavjud qoloq korxonalarning asbob-
uskunalarini yangilash, imkon darajada yangi texnika kiritish maqsadlarida
foydalanilgan. Bunda albatta Yaponiya tajribasi qo`l kelgan.
Industrlashtirishda davlatning roli juda katta bo`lgan va barcha jarayonlar
davlat ishtiroki, qovushtirish faoliyati tufayli amalga oshgan. Investitsiya uchun
keng sharoit yaratilib, chet kapitalining kiritilishi uchun rag`batlantirish usullari
samarali ravishda qo`llanilib borilgan. Bunda albatta arzon ish kuchining serobligi
juda qo`l kelib, chet kapitali foydasini yuqori darajada bo`lishini ta’minlagan.
Asta-sekin importning o`rnini bosuvchi tarmoqlarni yaratishga e’tibor
kuchayib, yangi-yangi sanoat tarmoqlari yuzaga kela boshlaydi. Bunda
hukumatning oqilona ish tutish, ustuvor tarmoqlarni tanlay bilish, jahon bozori
kon’yukturasini tezda seza bilib ish tutish albatta hukumat harakatiga bog`liqdir.
Albatta o`rinli darajada proteksionizm siyosatini qo`llay bilish, bunda mahalliy
ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarga qarata bilish, hamda bundagi bog`liqlikni
ta’minlash juda o`rinlidir.
Umuman davlat sanoat siyosatining mavjudligi va buni o`z vaqtida tezlik
bilan amalga oshira olish talab etilgan. Yangi tarmoq va korxonalarning davlat
tomonidan qo`llab-quvvatlanishi, moliyalashtrishni ta’minlash va bunda zaruriyat
talabiga ko`ra o`zgaruvchanlikning bo`lishi muhim rol o`ynagan.
Sanoat tashkiliy tuzumini shakllantira borish ahamiyatli bo`lib, bu jahon
bozori talabi asosida olib borilgan va bunda mavjud imkoniyatlardan yuqori
samarali foydalanish talab etilgan. O`tgan asr 50 – yillarida to`qimachilik va
shishasozlik tarmoqlari rivojlantirilgan bo`lsa, 60 – yillarda sement, mineral
o`g`itlar, neftni qayta ishlash, po`lat quyish, sintetika sanoat tarmoqlari
rivojlantirilgan. 70 – yillarga kelib, kemasozlik, investision tovarlar, uzoq muddat
foydalaniladigan jixoz, avtomobil kabilar ishlab chiqarishga ahamiyat kuchayadi.
80 – yillarga kelib esa elektronika, telekommunikatsiya, axborot texnika tarmoqlari
paydo bo`la boshladi. 90 – yillarda asosiy e’tibor yangi materiallar va texnologiya,
aerokosmik texnikaga qaratiladi.
Ko`rinib turibdiki, industrlashtirish oddiydan murakkabga tomon amalga
oshib, pravardida eng yuqori texnika va texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish
yaratiladi. Shu bilan bu ketma-ketlik va maxsus sharoitlar yaratilishi asosida
rivojlanish davom etadi va natijada yuqori cho`qqilarga chiqiladi hamda
murakkablashib boradi.
Boj haqi yuqori darajada bo`lib, iqtisodiy siyosatni qo`llashda katta qurol
bo`lib xizmat qilgan. Boshida mahalliy tovarlar asosan past narxli bo`lib, bozorga
136
yo`l ochishni yengillashtirgan. Kreditlar imtiyozli bo`lib, foizlar deyarli past
bo`lgan.
Iqtisodiyotning muntazam rivojlanishini ta’minlash uchun zarur kapitalning
yetishmovchiligi muammosini xal qilish uchun e’tibor doimiy tusda bo`lgan. Shu
bilan birga hukumat iqtisodiy siyosatida iqtisodiyotdagi diktatura o`rniga
dekmokratik usullarni qo`llab borishga to`xtovsiz e’tibor qaratiladi.
Davlatning iqtisodiy siyosatida bevositalik asos bo`lmay, bilvositalik
ustunlik qilgan. Bunda asosiy urg`u iqtisodiy mexanizmlardan foydalanishga
qaratilgan.
Bu mamlakatlarda hozirgi davr taraqqiyot vazifasi ekstensivlikdan
intensivlikka o`tishdir. Bu ayniqsa rivojlangan hisoblanuvchi “Ajdaholar” deb
atalmish to`rtlik mamlakatlariga taalluqlidir. Bundagi yo`nalishlar albatta yangi
texnologiya, ilmiy sig`imli mahsulot yyetishtirish, nomoddiy ishlab chiqarish
tarmoqlarining ustunlik bilan rivojlanishini ta’minlashdir. Ma’lumki, bu ishlab
chiqarishda tub o`zgarishlarni amalga oshirish va umuman yuqori darajaga
ko`tarishni talab etadi.
Yuqori malakali mehnat asosida ichki bozorning o`sib borishini ta’minlash
amalga oshiriladi. Aytaylik, Tayvanda kompyuter texnikasi ko`p negiz yaratish va
samolyot qismlarini tayyorlash uchun Janubiy Korea Respublikasida asos solish
kabilardir.
Industrlashtirishning yuqorilashuvi, ishlab chiqarishning yuqori darajada
bo`lishi iqtisodiy o`sishni tezlashtirish natijasida xizmat ko`rsatish sohasining
rivojlanishiga olib keladi va bu moddiy ishlab chiqarishga nisbatan tez sur’atlar
bilan o`sib boradi. Bu mamlakatlarda oldin ham xizmat ko`rsatish past darajada
bo`lmagan. Endi esa buning zamonaviy tarmoqlarini yuzaga keltirgan xolda yuqori
texnika aosida yangi xil xizmatlar hisobiga tezlik bilan o`sish yuzaga keladi.
Ayniqsa axborot texnologiyasi, turizm va moliyaviy xizmat ko`rstaish tarmoqlari
keng quloch yoza boshlaydi.
Bu Osiyo mamlakatlari uchun ITIKI (ilmiy-tadqiqot va ilmiy-konstruktorlik
ishlari)ning takomillashuvida katta rol o`ynaydi. Ayniqsa 80 – yillardan boshlab
bunga katta ahamiyat berila boshladi. Qisqa muddat ichida ilmiy-tadqiqot
institutlari, oliy o`quv yurtlari, amaliy muammolar bo`yicha laboratoriyalarning
keng tarmog`i yaratilgan edi. Bunda ITIKIning milliy loyixalari amalga oshirilib,
bular
asosan
yarim
o`tkazgichlar,
AESlarga
jixozlar
tayyorlash
(atomelektrostansiyalari), kompyuterlar, ishlab chiqarishga qaratilgan loyixalar edi.
Ilmiy-texnik siyosatning asosiy yo`nalishi miqroiqtisod, sof kimyo, axborot, ishlab
chiqarishni avtomatlashtirishlardan iborat edi. ITIKI rivoji uchun qaratilgan
xarajatlar yildan-yilga ko`payib, YAIMdagi ularning hissasi xatto AQSHdan ham
yuqori bo`ladi.
Bu mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarining muhim
tarkibiy qismi hisoblangani radikal agrar islohotlardir. An’anaviy yer
munosabatlarining o`zgarishi irrigatsiya ishlarini keng xajmda olib borish, bu bilan
unumdorlikni
ko`tarish,
qishloq
xo`jaligi
infratuzilmasini
yaxshilash,
agrokompleksning qismlarini yaxshilash ishlarini olib borish imkonini beradi.
137
Bular esa o`zidan-o`zi iqtisodiy o`sish omillariga aylanishi, shuningdek ichki
jamg`arilishlarning qo`shimcha manbaiga aylanishi va sanoatning ham o`sish
manbaiga aylanishini belgilaydi. Industrlashtirish uchun qishloq xo`jaligi
hisobidan sarmoyalarning jamg`arilishida 1949-1952 yillardagi Janubiy Korea
Respublikasida o`tkazilgan islohotlar, 1949-1953 yillarda Tayvanda o`tkazilgan
agrar islohotlar bilan rag`batlantirilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |