“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

 
Nazorat savollar: 
1.
Milliy bozor iqtisodiyoti shakllanishida jahon tajribasining ahamiyati 
nimalarda namoyon bo’ladi? 
2.
Jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishda mamlakatlar bozor iqtisodiyotini 
o‘rganish zaruriyati. 
3.
Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi o’rganishdan maqsad. 
4.
Rivojlangan mamlakatlarda bozor tajribasini o‘rganishni magistrlik 
faoliyatidagi o‘rni. 
5.
Rivojlangan mamlakatlar belgilari. 
6.
Jahon mamlakatlarining guruhiy turlarini sanab bering. 
 
 


23 
2-BOB. BOZOR IQTISODIYOTINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY 
SHARTLARI 
2.1. Bozor iqtisodiyotining asosiy mohiyati 
2.2. Bozor iqtisodiyotining yyetakchi mexanizmlari 
2.3. Bozor infratuzilmasi 
2.4. Davlat faoliyati va bozor iqtisodiyoti muvozanati 
2.5. Mulk shakllarining bozorga ta’siri 
2.6. Davlat mulkini xususiylashtirish 
 
 
Tayanch so’z va iboralar 
Pirovard,
 
bozor bahosi
,
monopoliya, aksmonopoliya
,
raqobat mexanizmi, 
xususiy mulk.
 
 
2.1. Bozor iqtisodiyotining asosiy mohiyati 
Bozor sivilizatsiyali taraqqiyot maxsuli bo‘lib, u inson iqtisodiy 
faoliyatining yuqori cho‘qqisidir. Iqtisodiy faoliyat amaliyoti shuni tasdiqlaydiki, 
xo‘jalikni bozor asosida uyushtirish eng samarali usuldir. Chunki u iqtisodiy 
taraqqiyotni haqiqatdan ham inson manfaatidan keltirib chiqaradi. 
Bozorning tarixi katta, u qadam-qadimdan ma’lum narsa. Ayniqsa, sharq 
bozorlari asrlar osha o‘z dovrug‘ini taratib kelgan. O‘zbekiston hududida ham 
shunday bozorlar va “Buyuk ipak yo’li” kabi savdo yo’llari o‘tgan. Lekin hozir 
bozor iqtisodiyotini qurmoqdamiz. Bunda qarama-qarshilik, tushunmovchilik 
mavjuddek tuyiladi. Buning uchun bozor iqtisodiyoti mohiyatiga diqqatimizni 
qaratishimiz kerak. 
Bozor eskidan oldi-sotdi joyi, sotuvchi va xaridorlar joyi, chakana savdo 
jarayoni bilan chegaralanib, qadimiy “Sharq bozori” mazmunini bildirib, hayot 
asosan natural xo‘jalikka asoslangan bo‘ladi. Bozor oddiy va hayotiy yuzaki 
tushunchani bildirsa, bozor iqtisodiyoti to‘la mazmunli va ilmiy tushunchadir. 
Bozor iqtisodiyotida iste’molning barchasi bir tizim sifatida bozor 
munosabatlari asosida shakllanib rivojlanadi. Ishlab chiqarish bozorning asosiy 
mexanizmlaridan biri bo‘lgan taklifga aylanishi tufayli reallashadi. Moddiy ishlab 
chiqarish jarayoni qanchalik muhim ahamiyat kasb etmasin, u iste’mol uchun 
atalgan va bozor sharoitida talabdan kelib chiqadi. Chunki inson iste’moli uning 
ehtiyoji talabga aylanishi tufayligina yuzaga keladi. Bozor munosabatlari 
sharoitida bozordagi talab asos bo‘lganligi uchun ishlab chiqarish.vosita sifatida 
xizmat qiladi, ishlab chiqarish bozor iqtisodiyoti tarkibida bo‘lib, uning moddiy 
asosini tashkil etadi. Umuman ishlab chiqarish bozor munosabatlari, uning qonun 
talablari asosida rivojlanadi. Demak, bozor iqtisodiyotida inson talabi, uning 
iste’moli yuqori bo‘lgani xolda ishlab chiqarish buning vositasi vazifasini bajaradi 
va talab uchungina xizmat qiladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyotida tovar 


24 
muomalasi tushunchasi bilan birga iqtisodiy aloqa usuli, umuman xo‘jalik yuritish 
usuli tushunchalari mavjud, bularni aslo inkor etib bo‘lmaydi. 
Lekin bozor iqtisodiyotining mohiyati muomala va iqtisodiy aloqalarga 
nisbatan kengdir. Bozor iqtisodiyoti avvalo barcha xo‘jalik tarmoqlari, iqtisod 
turlari, sohalariga ta’sir o‘tkazadi. Bunday ta’sir etish mikroiqtisodiyot bilan 
chegaralanmay, balki makroiqtisodiyotning asosiy tomonlariga mazmun berib, 
ularni o‘z doirasiga oladi. Ma’lumki, iqtisodiy proportsiya, balanslar bozor 
ta’sirisiz bo‘lishi mumkin emas. Chunki avvalo resurslar bozori mavjud bo‘lib, 
ularning joylashuvi va taqsimlanishi bozor mexanizmlari ta’siri ostida bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish sohalari va ularning hosilasi – tovarlar bozorining asosi 
hisoblangan talab ta’siri tufayligina reallashmog‘i mumkin. 
Shunday qilib bozor iqtisodiyoti tovarlar muomalasi, iqtisodiy aloqa 
usuligina bo‘lib qolmay, balki iqtisodiy tizimdir, ya’ni iqtisodiyot tizimiga xos 
barcha xususiyatlarni o‘zida aks ettiruvchi va iqtisodiyotning barcha tomonlariga 
ta’sir etib, o‘ziga qamrab oluvchi iqtisodiy tizimdir. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy 
sohalar va tarmoqlarning o‘zaro bog‘liqligi asosidagi birlikdir. 
Bozor iqtisodiyoti deganda avvalo bozor usulidagi iqtisodiyot, bozor 
munosabatlari asosidagi rivojlanayotgan iqtisodiyotni tushunamiz. Iqtisodiyotning 
ayrim qismlari yoki ayrim hudud iqtisodiyotida bozor munosabatlarining ta’sir 
etishi emas, balki iqtisodiyotning asosiy va ko‘pchilik qismida yoki asosan 
iqtisodiyotning bozor munosabatlari asosida to‘la rivojlanishidir. Bunday xolda 
iqtisodiyot bozor mazmuniga ega bo‘ladi, chunki bozor munosabatlari tasodifiy
ayrim xollarda uchraydigan voqelik bo‘lmay, balki u umumiy va ommaviy 
iqtisodiy xodisa bo‘lib, zaruriy talab holatiga aylanadi. Bozor iqtisodiyotida bozor 
munosabatlari tizimi yuzaga keladi va iqtisodiyot shunday tizim asosida 
rivojlanadi. 
Bozor iqtisodiyoti erkin harakatdagi, o‘zini-o‘zi boshqaruvchi va tartibga 
soluvchi ichki qudratga ega. Bu qudrat – kuch bozor munosabatlari, bozor 
mexanizmlaridir. 
Bozor iqtisodiyotining erkinlik xususiyati avvalo tadbirkorlar va tanlov 
erkinligidan iboratdir. Xususiy tadbirkor iqtisodiy resurslarni erkin qo‘lga kiritish 
va egalik qilish huquqiga ega bo‘lib, resurslardan ihtiyoriy ravishda tovarlar ishlab 
chiqarish, shuningdek firmalarning istagi bo‘yicha ularni sotish imkoniga egadir. 
Nima ishlab chiqarish, qachon, qancha, qaerda, mahsulotlarni qanday tasarruf etish 
erkin xolda xal qilinadi. Tadbirkorlarning ma’lum tarmoqda ish ko‘rish yoki 
tarmoqdan chiqish ihtiyori o‘zlarida bo‘lib, bunga to‘siqlik qiluvchi kuch 
bo‘lmasligi kerak. 
Erkin tanlash imkonini olsak, bozor sharoitida kapital va moddiy resurslar 
egalarining bularni o‘z ihtiyorlari bo‘yicha ishlatish yoki ish tutish huquqi va 
imkoniga ega bo‘lishdan iboratdir. Shu bilan birga ishlovchilar istagan mehnat turi 
bilan shug‘ullana olish imkoniga ham ega bo‘ladilar. So‘ngra iste’molchilar o‘z 
daromadlari xajmiga qarab istagan miqdorda, sifatda biror yoki turli xildagi tovar 
va xizmatlarni sotib oladilar. Iste’mol tanlovi eng kuchli erkinlikdir. SHu nuqtai 
nazardan ishlab chiqaruvchi – sotuvchining erkinligi xaridor erkinligiga bog‘liq va 


25 
shundan kelib chiqib, pirovardida ishlab chiqaruvchining erkinligi xaridor erkinligi 
tufayli reallashadi. 
Bozor iqtisodiyotining muhim tomoni shuki, u inson manfaatidan kelib 
chiqadi. Chunki barcha bozor ishtirokchilari go‘yo o‘zlarining shaxsiy manfaatlari 
uchun kurashadilar, amalda esa deyarli barchaning manfaati ta’minlanadi. 
Ma’lumki, amalda tovar ishlab chiqaruvchi tadbirkor – sotuvchi faqat o‘z 
shaxsiy manfaatini asos qilib oladi va barcha faoliyatini shunga qaratadi. 
Iste’molchi esa imkoni boricha arzonroq mol olish va ko‘proq foydaga erishishga 
harakat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha shaxsiy manfaat ustida 
qayg‘uradi va biri ikkinchisining hisobiga o‘z manfaatini ta’minlashga urinadi. 
Lekin aytganimizdek, deyarli barchaning manfaati ta’minlanadi. 
Ishlab chiqaruvchi – sotuvchi iste’molchini manfaatini o‘ylamaydi, u o‘zini 
o‘ylab harakat qiladi va iste’molchi – xaridor hisobiga boyishni chamalaydi. Lekin 
tadbirkor albatta tovarini sotishi kerak. Bu esa faqat unga bog‘liq emas. Tovar 
sotilishi uchun iste’molchining manfaatini ifodalovchi talab shakllanishi zarur. Bu 
esa asosan iste’molchi - xaridorga bog‘liqdir. Tadbirkor iste’mol talabiga mos 
tovar ishlab chiqarishi mumkin xolos. Har qanday sharoitda ham tadbirkor 
iste’molchini e’tiborga olishga majbur. Bozor iqtisodiyotining qonuni shuki, unda 
talabga mos, sotiladigan tovarlargina ishlab chiqariladi. Iste’mol har qanday ishlab 
chiqarishning maqsadidir va ishlab chiqaruvchining manfaatlari shuning uchun 
ham e’tiborliki, u iste’molchilar manfaati uchungina xizmat qiladi.
Demak, tadbirkorning manfaati xaridorning manfaatiga mutloq bog‘liqdir. 
Tadbirkorning manfaati inson shaxsiy manfaati tufayli ro‘yobga chiqishi mumkin. 
Bozor munosabatlarigina iqtisodiyotni inson manfaatiga to‘la qarata oladi. Bu esa 
bozorning asosiy ustunligi, barqarorligi va istiqbolini belgilab beradi. Aytish 
mumkinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida manfaatlar mosligi, shu tufayli 
iqtisodiyotning to‘laqonli harakati, yuqori darajali taraqqiyoti ta’minlanishi 
mumkinligi mavjuddir. Manfaatlar mosligi, ayniqsa inson shaxsiy manfaatini 
asoslanganligi bozor iqtisodiyotiga qudratli kuch bag‘ishlaydi. 
Bozor iqtisodiyotida tovar ishlab chiqarish juda ahamiyatlidir. Asli bozor 
tovar ishlab chiqarish mahsulidir. U qadimiy iqtisodiy voqelikka ega bo‘lib, o‘z 
taraqqiyoti tufayli bozorni yuzaga keltiradi. Ma’lumki, tovar ishlab chiqarishning 
tub mohiyati ayirboshlash, bozor uchun ishlab chiqarishdir. Mahsulot ayirboshlash, 
uning darajasi, mavjud shakllari tovar ishlab chiqarishga bog‘liqdir. Zero, bozor 
munosabatlari tovar ishlab chiqarish va uning muomalasi tufayli yuzaga kelib 
rivojlanadi. 
Bozor iqtisodiyotining shakllanishi tovar ishlab chiqarishni va muomalasini 
taraqqiy ettirish, ularning yuqori darajasiga erishuvini talab etadi. Bu avvalo, bozor 
uchun zarur tovarlar mavjudligiga erishish bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, bu juda 
yuqori darajada bo‘lmog‘i zarur. Keng tarmoqli, katta xajmdagi va juda xilma-xil 
tovarlar ishlab chiqarishni tashkil etish kerak. Shunday yol bilangina bozor 
iqtisodiyotining moddiy asosi yaratiladi. Bu ayni vaqtda zarur bozor munosabatlari 
uchun iqtisodiy sharoitlarni kengaytirib boradi. 


26 
Ma’lum darajagacha bu jarayon tovar ishlab chiqarishdan kelib chiqsa, 
so‘ngra ahamiyat nuqtai nazaridan o‘zaro o‘rin almashish yuz berib, bozor 
iqtisodiyoti tizimi shakllanishi tufayli tovar ishlab chiqarishga ta’sir kuchayib 
boradi. Natijada tovar ishlab chiqarish bozor iqtisodiyoti qismiga aylanib, uning 
moddiy asosini yaratuvchidan iborat bo‘ladi. Endi bozorning rivoji tovar ishlab 
chiqarish miqyosiga bog‘liq bo‘lib qoladi va talabning miqdori va tuzumiga 
bog‘liq bo‘ladi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish