“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

 
 
2.2. Bozor iqtisodiyotining yetakchi mexanizmlari 
Bozor iqtisodiyotida ahamiyatli, uni rivojlantiruvchi, harakat mazmunini 
belgilovchi mexanizmlar bo‘lib, ularsiz bozor iqtisodiyotini tasavvur etib 
bo‘lmaydi. Tub mazmuni bilan bozor mohiyatini belgilab beruvchi 
mexanizmlardan talab, taklif, raqobat, bozor bahosini ko‘rib chiqaylik. Bozor 
mexanizmlarini korxonalarning boshqarilishi, ish yuritilishi, xo‘jalikning tashkil 
etilishi bozor mazmunida bo‘lishi, umumiy bozorcha iqtisodiy yo’nalishda ta’sir 
etishida sezamiz va bozor harakatini ular tufayli amalga oshuvida kuzatamiz. 
Talab
bozordagi eng muhim xodisa bo‘lib, u inson shaxsiy manfaatidan 
kelib chiqadi va shunga xos iqtisodiylikni o‘zida aks etadi. Talab insonga 
bevositalik, uning manfaatini bozorda ifodalash tufayli bozor iqtisodiyotining tub 
mazmuniga asosiy ta’sir ko‘rsatadi va uning harakat yo’nalishini belgilab beradi. 
Iste’mol ehtiyoj – talab shakllarini boshdan kechirmog‘i zarur. Talab mavhum 
narsa emas, u faqat istak emas, balki real voqelikdir. Ehtiyoj ma’lum va aniq pul 
miqdori bilan qoplansa u talabga aylanmaydi. Demak, iste’molchi bozorda talab
mazmunida harakat qilar ekan, u, zarur miqdordagi pul bilangina o‘z ehtiyojini 
talabga aylantira oladi. Shuning uchun ham bozordagi talab pul bilan qoplangan, 
xaridlikni to‘la ta’minlay oladigan xaridor-iste’molchining namoyon bo‘lishidir. 
Pulsiz talab shakllanmaydi va ehtiyoj istak va hayol darajasida qolaveradi. 
1.2.-rasm. 
Bozor iqtisodiyoti modeli 
Bozor iqtisodiyoti 
Bozorga o`tish, uning shakllanish 
davri
Bozor rivoji
davri 
Ishlab chiqarish 
Talab davri 
Indus-triya davri 
“Ishlab chiqarish 
konsep-siyasi” 
davri 
Talabni qondi-rish 
davri 
Marke-ting davri 


27 
Iste’mol uchun avvalo tovardan foydalanish asos bo‘lib, iste’mol 
talablariga mos kelishini aniqlaydi, so‘ngra uning bahosiga e’tibor beradi. 
Ko‘pincha tovar bahosi talabni belgilovchi asosiy omilga aylanadi.
Talab o‘zgarishi mavjud bo‘lib, u baholar o‘zgarishi va holati, xaridorlar 
miqdori va ularning didi, istagi, iste’molchilar pul daromadi, o‘rnini bosuvchi 
tovarlar xajmi, inflyatsiya ehtimoli kabilarga bog‘liq bo‘lib, bular ayni vaqtda talab 
omillari hisoblanadi. Talabga eng asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar daromad va 
bahodir. Daromad yuqori bo‘lsa talab o‘sadi, baho yuqori bo‘lsa talab pasayadi. 
Talabning bir necha turlari va ko‘rinishlari mavjud bo‘lib bular: salbiy, 
yashirin, kamayib boruvchi, uziluvchan, ortiqcha, o‘sayotgan talab kabilardir. Shu 
bilan birga normal va vaximali talablar ham mavjud. 
Taklif
mexanizmi ishlab chiqarish tomoni, uning bozorda ifodalanishidir. 
Buning ahamiyati nuqtai nazaridan talabdan keyingi muhim mexanizmlardir. 
Ayirboshlash, sotish uchun ishlab chiqarilgan tovarlar taklifni shakllantiradi. 
Taklifsiz tovar ishlab chiqarish amalga oshmaydi, u taklif shaklidagina reallashadi. 
Tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi daromad ekan, u tovarining iste’molchisini 
topib, o‘z maqsadiga erishuvi darkor. Bu o‘zidan-o‘zi bo‘lmaydi va u albatta 
talabni qondirishga atalgan bo‘lishi kerak. 
Talabga har tomonlama mos tovar ishlab chiqarilishi taklifning asosidir. 
Bozorda sotuvga taklif etilgan tovarlar xajmi, taklif etilgan tovarlar miqdori 
deyiladi. Bu ishlab chiqarish miqyosi tuzumiga bog‘liqdir. Bozorga chiqmagan 
mahsulot qismi taklifga kirmaydi.
Taklifning bir necha ommillari mavjud. Bularning qatoriga, avvalo taklif 
etiladigan tovarlar bahosi darajasi, ishlab chiqarish texnologiyasi, tovar ishlab 
chiqaruvchilar miqdori, ishlab chiqarish omillari bahosi, soliqlar va subsidiyalar, 
baholarning oshish ehtimoli kabilarni qo‘shish mumkin. 
Taklif miqdoriga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omil bozorda sotiladigan 
tovarlar bahosidir. Tovarlar bahosining ko‘tarilishi ishlab chiqaruvchini 
rag‘batlantiradi. Bu esa ishlab chiqarishni kengaytirishga olib keladi. Baholarning 
pasayishi, albatta buning aks holatiga olib keladi. Demak, taklif yo’nalishi bunday 
holatda baho harakatiga qarab belgilanadi.
Talab va taklif birgalikda harakat qiladigan va bir-birini belgilab keladigan 
mexanizmlardir. Talab taklifsiz va aks xolda taklif talabsiz bo‘lishi mumkin emas.
Resurslarga nisbatan bozordagi talab va taklifning shakllanishida o‘ziga 
xos xususiyatlar mavjud. Umuman resurslarning iqtisodiy bahoga ega bo‘lishi 
ularning talabga nisbatan muvozanatiga bog‘liqdir. Talabga nisbatan resurslar oz 
bo‘lsa, ular resurslar qatoriga qo‘shiladi, talabga nisbatan ko‘p bo‘lsa tabiiy 
boyliklar hisoblanadi. Bular iqtisodga nisbatan ichki va tashqi holatda bo‘lib, 
ishlab chiqarish zaruriyati bilan bog‘liq elementlardir. 
Umuman resurslar cheklanish bilan bog‘liqdir. Mehnat ashyolari, mehnat 
vositalari ishlab chiqarish resurslarini tashkil etishi mumkin. Lekin taraqqiyot 
resurslar chegarasini kengaytirib boradi va mazmunini o‘zgartiradi. SHu bilan 
birga postindustriya davriga xos bo‘lgan ilm-fan resurslarini hisobga olmay 
bo‘lmaydi. 


28 
Pirovardida resurslarga bo‘lgan talab bozorda tovarlarga bo‘lgan talabdan 
kelib chiqadi. Chunki qaysi tovarga talab ko‘tarilsa buni ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq resurslarga talab oshadi. Aytaylik, transport vositalariga bo‘lgan talab 
metal va yoqilg‘iga bo‘lgan talab darajasida o‘z ifodasini topadi. Resurslar talab va 
taklifiga ta’sir etuvchi 3 omilga e’tibor berish lozim: tayyor mahsulotga tovar 
elastikligi (o‘zgaruvchanligi), resurslarni almashtirish imkoni, tovarning umumiy 
xarajatlaridagi ayrim resurslar miqdori.
Keyingi muhim mexanizm raqobatdir. Raqobat kurashining ahamiyati 
shunchalik yuqoriki, usiz bozorni tasavvur etib bo‘lmaydi, chunki u bozor 
iqtisodiyotining mazmuniga aylanib ketadi. Bu – iqtisodiy raqobat. Raqobatdagi 
asosiy maqsad bozor ishtirokchilarining erkin faoliyati sharoitini yaratish, har bir 
ishtirokchi o‘z harakati uchun zarur muhim va holatni ta’minlash bilan bog‘liq 
bo‘lgan kurashdan iborat. Kerakli ishlarni boshqalarga nisbatan muvaffaqiyatli xal 
qilish, buning uchun oldindan va o‘z vaqtida sharoit yarata olishi, doimo 
ustunlikka ega bo‘lishi kabilar iqtisodiy raqobat kurashi mazmunini tashkil etadi. 
Bozor iqtisodiyotida qatnashuvchilar bir-birini shaxsan bilishlari, tanish 
bo‘lishlari shart emas. Ular bir-birlari uchun raqib hisoblanadi. Raqobatda barcha 
ham muvaffaqiyatga erishavermaydi. Bu tajriba, bilim, matonat, tavakkalchilik va 
albatta sarmoyaga ega bo‘lishni talab qiladi.
Raqobat kurashi keng mazmunli, ko‘p qirrali bo‘lib, bozor iqtisodiyotining 
barcha davrlari, sohalari, tarmoqlarida yuz beradi. Raqobatga bardosh bera 
oladigan shaxsgina bozor taraqqiyotiga ko‘p hissa qo‘sha oladi. Raqobatdagi eng 
ko‘zga tashlanadigan asosiy mazmunga aylanadigani xaridorlar uchun kurashdir. 
Chunki buning asosida tovarlarni tez va ko‘p sotish muammosini xal qilish yotadi. 
Tovarni sotish va o‘z pul sarmoyalarini foyda bilan qaytarish xaridorlarga 
bog‘liqdir. 
Bu muammoni hal qilishda marketing tadqiqoti va bu sohadagi faoliyati 
juda qo‘l keladi. Chunki u ko‘p tovar ishlab chiqarish va xaridorlarini o‘z vaqtida, 
etarli miqdorda ta’minlash yollarini o‘rganadi. Bunday raqobat harakati bevosita 
tovarlarni sotishda ifodalansa, shu mazmundagi kurash ishlab chiqarishda 
xomashyo, ish kuchi, energetika, ilg‘or texnika-texnologiya kabilar uchun bo‘lgan 
jarayonlarda o‘z aksini topadiki, barcha tarmoqlar, iqtisodiy sohalar busiz 
bo‘lmaydi.
Raqobat kurashida xal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan narsa 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish