2.3. Bozor infratuzilmasi
Bozor iqtisodiyotining muhim shartlaridan biri uning infratuzilmalarining
shakllanishidir. Busiz va uning rivojisiz bozorni tasavvur etib bo‘lmaydi hamda
iqtisodiyot samarali harakatda bo‘la olmaydi. Bunda biz vositachilik tarmoqlari,
transportning barcha turlari, aloqa, axborot kabilarni ko‘zda tutmog‘imiz darkor.
Chunki bularsiz tovarlar harakati, tijorat kabilarni amalga oshirib bo‘lmaydi,
albatta. Buning uchun birinchi navbatda bozorning tijoriy tomonlarini ifodalovchi
savdo-vositachilik
bo‘limlari va birjalar bilan tanishmoq zarur.
2.3.1.- jadval
Bozor infrasttuzilmasi
№
Infratuzilmasi turlari Infratuzilma tarmoqlari
1.
Ishlab
chiqarishga
xizmat
qiluvchi
infrastruktura
* transport;
* aloqa;
* ombor xo‘jaligi;
* yol xo‘jaligi;
* suv va energetika ta’minoti va boshq.
2.
Tovarlar va xizmatlar
muomalasiga
ya’ni
savdo-sotiq
ishlariga
xizmat
qiluvchi
infrastruktura
* birjalar;
* savdo uylari;
* auksionlar;
* tijoratchilik idolari;
* reklama firmalari va agentliklari;
* davlatning savdo-sotiq va ulrni nazorat qiluvchi
muassasalari.
3.
Moliya-kredit
munosabatlariga xizmat
qiluvchi infrastruktura
* tijorat banklari;
* o‘z-o‘zini kreditlash idoralari;
* sug‘urta kompaniyalari;
* moliya kompaniyalari;
* soliq undirish mahkamalari;
* har xil pul jamg‘armalari.
4.
Aholiga
xizmat
qiluvchi
Єki sotsial
* uy-joy, kommunal va transport xizmati;
* maorif;
34
infrastruktura
* madaniyat;
* sog‘liqni saqlash;
* aholini ishga joylashtirish firmalari va idoralari.
5.
Axborot xizmati
* iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan har xil
axborotlar, ma’lumotlar va xabarlarni:
- to‘plash;
- umumlashtirish;
- sotish bilan shug‘ullanuvchi turli kompaniyalar,
firmalar, maslahat idoralari va davlat muassasalari.
Bozor avvalo tovarlar oldi-sotdisi, shuningdek, savdo vositachilik faoliyati
jarayonidan iborat. Bunda mustaqil ish ko‘ruvchi savdo vositachisi ishlab
chiqarishning topshirig‘i bilan shartnomalar yoki aloxida topshiriqlar bo‘yicha
oldi-sotdi ishini bajaradi. Bu dastlabki ko‘rinishi bo‘yicha oddiy bo‘lsa ham, aslida
murakkab jarayon. Xaridor topish, oldi-sotdini bajarish, to‘lovlar kafilligini
ta’minlash va ularni qarz pullar bilan qoplash, tovarlarni bexatar etkazib berish,
zaruriyat bo‘lsa chegaradan tovar o‘tkazishni eplash kabi vazifalarni ijro etiladi.
Infratuzilmadagi vositachilik faoliyati asosan qayta sotish, komission,
vakillik va brokerlikdan iborat. Qayta sotish o‘z mablag‘i hisobiga o‘z nomidan,
vositachi savdogar tomonidan bajariladi. Tovarlarni qayta sotish bilan savdo
uylari, eksport va import, chakana savdo firmalari, importyorlar kabilar
shug‘ullanadi.
Bozor infratuzilmasida birja katta ahamiyat kasb etadi. Birjalar tovar, fond,
mehnat kabi shakllarga ega. Tovar birjasi doimiy harakatdagi bozor ko‘rinishlari
bo‘lib, asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, oziq-ovqat, xomashyo savdosi amalga
oshiriladi. Savdoda bevosita tovarlarning o‘zi qatnashmay, belgilangan standart va
nishonalar bilan oldi-sotdi qilinadi. Odatda bu real tovar ustida kelishuv va
muxlatli (fyuchersli) kelishuvdan iborat.
Fond birjalari qimmatbaho qog‘ozlar bilan bog‘liq kelishuvlarini amalga
oshiradi. Mehnat birjalarida ish kuchi savdosi, yollanish bajariladi.
Bozor infratuzumida
banklar
ning ahamiyati katta bo‘lib, bu pul
muomalasi, harakati bilan bog‘langandir. Bank pul harakati bilan bog‘liq
muomalalarni uyushtiruvchi korxonadir. Markaziy, davlat, milliy va tijoriy banklar
mavjud. Banklar bozorning juda muhim va ta’sirli ishtirokchilari bo‘lib, pul orqali
bozorni jonlantirib, bozor faoliyatini kuchaytiradilar va barcha bozor faoliyati
turlariga ta’sir etadilar.
Bozor iqtisodiyotida
transport
ning o‘rni katta. Bilamizki, tovarlar ichki va
tashqi bozorlar miqyosida talabga qarab harakatda bo‘ladilar. Buning uchun turli
xil transportlar xizmat qiladi. Transport xillari har turli tovarlarni tashish va
manziliga etkazish vazifasini bajaradi.
Tovar harakati
ombor
xo‘jaliklariga bog‘liq bo‘lib, bu juda keng tarmoqqa
ega. Omborlarning tovar turlariga qarab moslashuvi, transport rivojiga qarab
joylashuvi ahamiyatlidir. Har bir tovar turi va xili iste’mol xususiyatiga qarab
mavjud sifatlarini saqlash maqsadida maxsus ombor, bazalarni talab etadi.
35
Bozor rivoji uchun muhim infratuzilma qismlaridan
axborot
va aloqa
tarmoqlaridir. Yangi texnika-texnologiya tufayli bu tarmoqlar juda avj olgan va
inson hayoti, faoliyatiga bog‘liq barcha sohalarni bilish, xabardor bo‘lib turish,
ulardagi holatga to‘g‘ri baho berib ish tutish, o‘zining ish samaradorligi bilan
bog‘liq tarmoq soha faoliyatlarini bilib o‘z xulosasining to‘g‘ri ekanligiga ishonch
xosil qilish har bir bozor ishtirokchisi uchun zarur talabdir.
Axborot, aloqa xo‘jaliklari keng tarmoqli bo‘lib, tez va ko‘p axborot olish
imkonini tug‘diradi va bozor ishtirokchilarining bu sohadagi talablarini qondirish
darajasiga ko‘tariladi. Kompyuterlar, elektron hisoblash mashinalari, kosmos aloqa
usullari, zamonaviy radio, telefon aloqalari, internet kabilar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |