bozor
bahosi
dir. Umuman, baho talab va taklif muvozanatining natijasi bo‘lib, raqobat
orqali yuzaga keladi. Iste’molchining daromad darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi baho
raqobat holatiga bog‘liq bo‘lib, u turg‘un bo‘la olmaydi va to‘xtovsiz o‘zgarib
turadi. Bozor holatini to‘xtovsiz ko‘rsatib turadigan narsa ham baho bo‘lib, u
sotuvchi va xaridorlarning harakat yo’nalishini aniqlab beradi. Shunga ko‘ra
bozorga qancha va qachon tovar etkazib berishni baho darajasi orqali aniqlaydilar.
Bu esa bevosita ishlab chiqarishga ta’sir etadiki, qachon qancha tovar ishlab
chiqarishni bozordagi yuzaga kelib turgan baho orqali belgilab ish ko‘riladi.
Raqobat tufayli paydo bo‘ladigan bozordagi baholarning tadbirkor va
iste’molchilar uchun muhimligini belgilovchi ikki tomoni mavjud. Birinchisida,
29
tadbirkorning foydasi va daromadi ifodalansa, ikkinchisida bozor holati aniqlanadi.
Shunga ko‘ra barcha bozor ishtirokchilari, ayniqsa tadbirkorlar, katta diqqat va
e’tibor bilan bahoni kuzatib boradilar, uning o‘zgarishini o‘z vaqtida bilib turish
choralarini qo‘llaydilar. Demak, bozorda paydo bo‘ladigan baho bozor
iqtisodiyotining ko‘zgusi bo‘lsa, raqobat uni yuzaga keltiruvchi kuchdir.
Aytish mumkinki, raqobatning asosida shaxsiy manfaat yotadi va bu
raqobat kurashining kuchayishi, ta’sirining ortib borishi uchun kuch bag‘ishlaydi.
Buning boisi shuki, har bir iqtisodiy birlik o‘z nafsini ko‘zlaydi. Tadbirkor yuqori
foyda uchun, hech bo‘lmaganda kam zarar uchun kurashadi. Moddiy resurslar
egalari sotishda yoki ijaraga berishda yuqori baho orqali ish tutishga urinadi. Ish
kuchi egalarini olsak, miqdori va murakkabligi bir xildagi mehnatlariga imkoni
boricha ko‘p daromad olishga harakat qiladilar. Bularning hammasi xaridor
siftaida past bahoning tarafdorlaridir. Shaxsiy manfaatdorlik bozor iqtisodiyoti
faoliyatida tartib o‘rnatib turadi, manfaatsizlik esa kutilmagan tartibsizliklarga olib
kelishi mumkin. Bunday voqelik shunday xulosaga olib keladiki, turli iqtisodiy
birliklar o‘z ixtiyoriy tanlovini amalga oshirishi davrida shaxsiy manfaat asosida
harakat tarzi shalklanadi. Bu bozor iqtisodiyoti taqozosidir.
Umuman olganda raqobat quyidagilarni bildiradi:
1) Bozorni turli, istagan aniq mahsulot, resurslarni erkin xolda sotuvchi va
sotib oluvchilarning mavjudligi.
2) Sotuvchi va xaridorlarning istagan bozorda yoki tarmoqda erkin
qatnasha olishi yoki istaganda tarmoqdan chiqib keta olishi.
Raqobatchilar o‘z mohiyatini bozor ishtirokchilariga taalluqli iqtisodiy
kuchlar tarqoqligida ifoda etadi. Ma’lumki, har bir bozorda juda ko‘p sotuvchi va
xaridorlar mavjud. Shuningdek tovarlar mo‘l-ko‘l deylik, bunday sharoitda
sotuvchi va xaridorlar o‘zlari uchun ma’qul bahoni talab eta olmaydilar, balki
mavjud muvozanat belgilaydigan umumiy baho bo‘yicha oldi-sotdi amalga oshadi.
Raqobatning mohiyati shuki, har bir taklif sub’ekti umumiy taklifga kichik
hissa qo‘sha oladi va umumiy oqim ichida bo‘ladi. U yakka ishlab chiqaruvchi
sotuvchi sifatida bozor ixtiyorida bo‘ladi. Bozorda raqobat yakka xoldagi barcha
yoki juda ko‘pchilik sotuvchilar harakatidan iborat bo‘ladi. Demak, raqobat
bozorda hamkorlikni inkor etib, erkin harakatni talab etadi.
Raqobatning asosini tashkil qiluvchi iqtisodiy hokimiyatning keng
tarqoqligi bu hokimiyatdan foydalanishni tartibga solib turadi va undan zararli
foydalanish imkoniyatlarini chegaralab boradi. Iqtisodiy imkoniyatlar uchun
kurash iqtisodiy birliklarning o‘z foydasini ko‘zlab bir-biriga zarar keltiriishga
to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Raqobat sotuvchi va xaridorlarning o‘z manfaatlarini
ta’minlashning amalga oshuvini chegaralarini belgilab turadi. Shuning uchun ham
raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi.
Raqobatning tarmoqlar manfaatlari bilan birga tarmoqlararo, xalqaro
manfaatga qaratilgan harakati mavjuddir. Bu yangi texnologiya, tejamli resurslar
kombinatsiyasini qo‘llashda namoyon bo‘ladiki, raqobat bunga undaydi. Raqobat
uchun xo‘jaliklar turli-tumanligi, ko‘p shakllilik talab etiladi. Ayniqsa, xususiy
xo‘jalik hukmronligi sharoiti mavjud bo‘lishi kerak. Busiz xo‘jalik yuritishda
30
mustaqillik bo‘lmaydi, turlilik raqobatga undaydi, uni jonlantiradi. Raqobat jahon
iqtisodiyotida ham bo‘lib, uning milliy mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri bo‘ladi.
Raqobat kuchi ta’siri sharoitida xaridorlar to‘la xo‘jayin, bozor – ularning
vakili, korxonalar esa ularning xizmatkori vazifasini bajaruvchi sifatida mavjud
bo‘ladilar.
Bozor iqtisodiyotida raqobatning aksi bo‘lgan
monopoliya
ham mavjud
bo‘ladi va u raqobat sharoitini o‘zgartiradi. Monopoliyada sotuvchi yoki xaridorlar
o‘z kuch qudratiga ishonib, boshqalarga o‘z hukmini o‘tkazadi. Taklif xajmi va
bozordagi baho monopoliya tomonidan belgilanadi. Raqobat va monopoliyaga
qarab bozorning 4 xil modeli mavjud bo‘lishi mumkin: sof raqobat, sof
monopoliya, monopoliyali raqobat va oligapoliya.
Monopoliyaga qarshi kurash olib boriladi va ular asosan ta’qiqlanadi.
Bunday harakat “trestlarga qarshi kurash” harakati deyiladi. Buni davlatlar
qo‘llaydi, tegishli qonunlar mavjud. Chunki bozor raqobat sharoitidagina
rivojlanadi, kengayadi. Aksmonopoliya siyosati erkin raqobatni rag‘batlantiradi.
Baho
mexanizmi shunchalik ahamiyatliki, har bir bozor ishtirokchisi o‘z
faoliyatini shu orqali belgilaydi va baho xuddi bozorning asosiy ko‘rsatkichi
sifatida barchaga o‘zining ta’sirini o‘tazadi. Bahoning quyidagi vazifalari mavud
bo‘lib, u umumiqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilar:
- bozor muvozanatini ta’minlash;
- raqobat vositasi;
- hisob-kitob, o‘lchov;
- tartibga solish.
Tovarlar bozor bahosida sotiladi. Chunki pirovard baho bozorda shakllanib,
haqiqiy bozor bahosi yuzaga keladi. Bozor bahosi barcha xarajatlarni qoplagan
xolda sotilgandan keyin egasiga foyda keltirishi kerak. Bozor bahosining
shakllanishi faqat xarajatlar asosida bo‘lmaydi. Xarajatlar bilan birga boshqa
ob’ektiv va sub’ektiv omillar mavjud bo‘lib, bular qatoriga mahsulot nafligi,
iste’mol vaqti, raqobat, taklif va talab muvozanati, ruhiy omillar kabilarni kiritish
mumkin. Lekin har qanday sharoitda tovarning qiymati uning uchun ob’ekt asosi
bo‘lib, baho undan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Birinchi navbatda, tovar
bahosining shakllanishida uni ishlab chiqarish, iste’molchiga etkazishgacha
bo‘lgan barcha mehnat sarflari ishtirok etadi. So‘ngra qo‘shimcha mahsulot
qiymati ham qo‘shilib, tovar egalari, sotuvni tashkil etuvchilarni foyda bilan
ta’minlaydi.
Tovar nafligiga iste’mol to‘yinish, iste’mol vaqti kabilar kiradi. Talab va
taklif, ularning muvozanati bahoning shakllanishiga ta’sir etadi. Talab yuqoriligi
bahoning ko‘tarilishiga moyillik qiladi, past bo‘lsa bahoning pasayishiga olib
keladi. Agar muvozanat ta’minlansa, baho o‘rtacha bo‘ladi. Bularning barchasi
raqobat orqali yuz beradi. Asosan bozor bahosi - bu raqobat kurashi natijasidir.
Raqobat va baho mexanizmlari o‘z ta’sirlari bilan bahoni harakatlantiruvchi
muhim kuch bo‘lib, bozor iqtisodiyotining boshqarilishida xal qiluvchi ahamiyat
kasb etadi. Ular bozor iqtisodiyotining o‘zidan-o‘zi harakatga keltiruvchi va
boshqaruvchi ichki kuchlaridirki, unga tashqaridan sun’iy ta’sir ko‘rsatish va
31
bahoni raqobatsiz oldindan belgilash bozor tabiatiga to‘g‘ri kelmaydi, uning
mexanizmi harakatlariga faqat salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Talab etilganda bahoning shakllanishiga davlat ham aralashuvi mumkin.
Bahoda inflyatsiyaning o‘ziga xos salbiy oqibati mavjud. Bu bahoning ortiqcha
ko‘tarilishi va pulning qadrsizlanishi bilan bog‘lanadi. Bahoning qat’iy va
o‘zgaruvchan, milliy va jahon baholari majud va uning mutlaq va nisbiy darajalari
bor.
Baho mexanizmi to‘g‘risida Yakuniy ravishda aytish mumkinki, bozorning
tub mohiyatini ko‘rsatuvchi va talab-taklif muvozanatini belgilovchi bozor bahosi
bo‘lgan erkin bahodan iboratdir. Shu bilan birga bu erkin bozor baho talab, taklif
va raqobat mexanizmlari harakatining o‘zida mujassamlashtiruvchi sifatida
harakatdagi bozor mexanizmidir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish huquqiy muhitga muxtojdir. Erkin iqtisodiy
faoliyat ko‘rsatish, tijorat bilan shug‘ullanish kafolatlikni talab etadi. Erkin
iqtisodiy faoliyat ishonchsiz bo‘lishi mumkin emas. Buning uchun qonuniy himoya
zaruriyati tug‘iladi. Ma’lumki, bularsiz bozor shakllanmaydi va tashabbuskorlik
rivojlana olmaydi. Bozor munosabatlari ishbilarmonliksiz yuzaga kelmaganidek,
buning sharoitlari mavjudligi talab etiladi, bu esa o‘z navbatida huquqiy
muammolar bilan bog‘liqdir.
Bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslari davlat tomonidan yaratilishi kerak.
Bu kuchli jamiyat paydo qilish muammolaridan bo‘lib, uning tarkibiy qismi
bo‘lgan qonun hokimiyatining shakllanishi bilan bog‘liqdir. Qonun hokimiyatining
yuzaga kelishi har tomonlama erkin rivojlanayotgan jamiyatning barpo
bo‘lishidagi muhim jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |