2.4. Davlat faoliyati va bozor iqtisodiyoti muvozanati
Bozor iqtisodiyoti taraqqiyoti shartlaridan biri uning tartiblashtirish
zaruriyatidir. Shu bilan birga u to‘ldirish va yordamga muxtoj iqtisodiy tizim
hisoblanadi. Chunki bozor iqtisodiyoti barcha soha va tarmoqlarini to‘la qamrab
ololmaydi hamda uning ta’siri tarmoqlarda bir xil emas va samarali darajasi
turlichadir. SHu bilan birga bozor iqtisodiyotining bir muncha salbiy oqibatlari
mavjudki, u tartibga solib borishga muxtojdir.
Bunday holat davlat iqtisodiyoti zarurligini taqozo etadi. Iqtisodiyotning
shunday qismlari mavjudki, bu davlat tomonidangina amalga oshirilishi va
kutilgan samara berishi mumkin. Bunday zaruriyat sof ijtimoiy iste’mol bilan
bog‘langan mudofaa, harbiy xavfsizlikni ta’minlash, davlatni boshqarish,
ekologiya, ichki tartib o‘rnatish, obodonchilik, milliy iqtisodiyotni himoyalash,
iqtisodiy istiqbol, bozor iqtisodiyotini ijtimoiy tartiblashtirish, aholini ijtimoiy
himoyalash kabi iqtisodiy mavjudki, bularni bozor mexanizmlari tufayli, talab va
taklif, raqobat, erkin baho asosida tashkil etib, boshqarib bo‘lmaydi.
Davlat iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotini to‘ldiradi. U bozor iqtisodiyotiga
yordamlashadi, uni tartibga keltiradi, iqtisodiy-ijtimoiy yo’nalish beradi. Davlat
iqtisodiyoti bozor iqtisodiyoti bilan birga iqtisodiy turlilikni ta’minlagan xolda
jamiyatning yagona iqtisodiy holatini ta’minlaydi.
Davlat iqtisodiyotini ikki qismga bo‘lish mumkin:
1)
tijoriy biznes mazmunidagi faoliyat;
2)
haqiqiy davlat mazmunidagi iqtisodiy faoliyat.
Birinchisi, davlatning bozor sub’ekti sifatidagi faoliyati bo‘lsa, ikkinchisi
uning zaruriyati bilan bog‘langan tub mazmunli davlat asosidagi faoliyatidan
iboratdir. Sof davlat iqtisodiyoti markazlashgan, oldindan belgilangan, reja asosida
va aniqlangan baholar ta’siri ostidagi harakatdan iboratdir.
Tijoratli tarmoqlar, korxonalar xususiy bozordan qolgan, ko‘p xarajat talab
etuvchi, boshqarilishi qiyin bo‘lgan, past samarali, balansli usulni talab etadigan,
taraqqiyot iziga solish zarur bo‘lganlardan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari kontrakt
bozor, tashqi savdo ham mavjuddir.
Sof davlat iqtisodiyoti umumiqtisodiy funksiyalarni o‘z ichiga oladi. Bular
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotni ijtimoiy yonaltirish, iqtisodiyotni
36
ijtimoiy tartiblashtirish, milliy iqtisodiyotni himoyalash, daromadni qayta
taqsimlash, pul muomalasini ta’minlashlardan iboratdir.
Bu vazifalar albatta bozor iqtisodiyotiga aralashuv, tartiblashtirish,
rag‘batlantirish kabilar bilan bog‘liqdir. Davlat faoliyatida bu sohada ikki usul
qo‘llaniladi. Birinchisi, ma’muriy-huquqiy usullarni o‘z ichiga olsa, ikkinchisi
iqtisodiy mexanizmlardan foydalanishdir.
Davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashuvi, uning tartibga solish jarayoni
katta ixtiyotkorlikni talab etadi. Bunda ma’muriy va iqtisodiy usullarni qo‘llashda
chegarani bilishlik katta ahamiyat kasb etadi. Buning bir necha asosiy talablari
mavjuddir.
Birinchidan, bozor mexanizmlari bog‘liqligiga ta’sir etish va ularning
tuzilishiga olib keluvchi har qanday harakat zararlidir. Bunga aslo yol qo‘yib
bo‘lmaydi. Aytaylik, direktiv mazmundagi harakat to‘g‘ri kelmaydi. Majburiy
rejalashtirish va tovarlarni sun’iy taqsimlash, baholar ustidan ma’muriy nazorat
olib borish kabilar direktiv mazmunidagi harakat qatoriga kirib, bular bozor
mexanizmlarini ishdan chiqaradi.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti o‘zini-o‘zi tartibga solish mexanizmlariga
ega bo‘lganligi uchun iqtisodiy usullarni qo‘llash ko‘proq qo‘l keladi. Lekin bu
zaruriy vaqtlarda ma’muriy usularning qo‘llanishini inkor etmaydi, hatto taqozo
etadi. Umuman olganda, bozor iqtisodiyotini tartibga solishda ma’muriy va
iqtisodiy usullarni bir-biridan ajratish qiyin, ular birga qo‘llanilishi va bir-birini
to‘ldirishi zarur.
Uchinchidan, iqtisodiy usullar qanchalik ma’qul bo‘lmasin, ulardan juda
ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur. Agarda soliq, kredit – pul, byudjet – pul
usullarini oladigan bo‘lsak, bular ham eski majburiy rejalashtirishdan kam emas,
bilmay qo‘llanilsa bular ham katta zarar keltirishi mumikn.
To‘rtinchidan, iqtisodiy usullarning hammasi ham kam-ko‘stsiz emas, ular
ichida ijobiy bilan birga salbiy usular ham bor. Masalan, davlat qimmat yangi
texnologiyani kiritdi deylik. Dastlab uning foydali tijoriy tomonlari bo‘lmasligi
mumkin. Bu texnologiya ishsizlikni ko‘paytirishi, ijtimoiy muammoni
kuchaytirishga olib kelishdan yiroq emas, yoki inflyatsiyaga qarshi pul siyosati
bank foizining o‘sishiga olib kelishi kabi hodisalar salbiy mazmunga egadir.
Bozor bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday harakat, davlat chora-tadbiri juda
o‘ylanilgan, ko‘p chamalangan va barcha oqibatlarini e’tiborga olgan tavsifda
bo‘lishni talab etadi. Chunki bozor ishtirokchilari, ayniqsa tadbirkorlar faoliyatiga,
aralashuv juda nozik narsa bo‘lib, bundagi xatolik juda qimmatga tushishi
mumkin. Chunki u ortiqcha xarajatlar, buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lib, qo‘rquvlik,
ishonchsizlik tug‘iladi. Bu albatta bozorning shakllanishiga katta zararlar keltirib,
bu jarayonni orqaga suradi. Pirovardida bozorga o‘tish qimmatlashadi, cho‘ziladi,
natijada buning hammasi aholining iqtisodiy axvoliga o‘zining salbiy oqibatlarini
kuchaytiradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bozor davlatning tartibga solish
faoliyatini chegaralaydi, juda noziklik bilan ish tutishni talab etadi. Hech qachon
bozor iqtisodiyoti imkoniyatlari to‘la ishga solingan deb bo‘lmaydi. Bu sohada
37
bitta ham ideal davlat bor, deyish qiyin. Lekin bu sohadagi eng muhim xulosa
shuki, davlat faoliyati bilan bozor iqtisodiyoti o‘rtasida muvozanat mavjudligi
muhim taqdiriy talabdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |