“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

Oila mulki
ham individual xususiy mulkdan ajrab chiqib, alohidalashadi. 
Korporativ mulk
shakli hissadorlikka asoslanadi, ya’ni bunda birgalikda ish 
ko‘rish uchun guruhlarga qo‘shilish yuz beradi. Korporativ mulk faqat xususiy 
mulkdan tarkib topadi. Bunda, albatta mulkdor boylikni yakka o‘zlashtirish 
huquqiga ega bo‘ladiyu, lekin bu ma’lum guruhlarga birlashuv sharoitida yuz 
beradi. Korporativ xususiy mulkning tub mazmuni individual mablag‘larni 
birlashtirish tufayli paydo bo‘luvchi jamiyatlarning korporativ mulkidan iboratdir. 
Korporativ xususiy mulk xo‘jalik yuritish zaruriyatidan kelib chiqib, katta 
mablag‘lar ishlatish va kapitallarni birlashtirish orqali yuzaga keladi. SHu bilan 
birga mayda xususiy mulk mas’uliyati o‘rniga korporativ mas’uliyat paydo bo‘ladi. 
Korporativ xususiy mulk monopolistik mulkni ham yuzaga keltiradi. Bular 
korporativ mazmundagi yirik xususiy mulk birlashmalaridan iborat va ular juda 
katta hajmdagi boylik, bu boylik esa ozchilik ihtiyorida bo‘ladi. 
Tub xususiy mulkdan keyin miqdor jihatdan ko‘p shaklli turi hisoblangan 
birlashma mulki
turadi. Bu bir necha mustaqil mulk shakllaridan, ya’ni aksionerlik, 
jamoa, korporativ, qo‘shma tashkilotlar mulki kabilardan iborat bo‘ladi. SHu bilan 
birga korporativ xususiy mulkdan farqli o‘laroq bunda davlat va chet mamlakatlar 
mulklari ham ishtirok etadi. Bundagi ko‘p tarqalgan bu mulk shakli avvalo 
jamoa 
mulki
dir. Bu mayda xususiy mulkchilarning birlashmasi sifatida yuzaga kelib, bir 
qancha ustunliklarga ega. Bundagi muhim tomon asosan sarmoyalarni kuchaytirish 
imkoniga ega bo‘lish, mulkchilarning monopollik harakatiga bardosh bera olish 
imkonini yaratishdir. Bu xil jamoa mulki turli tarmoqlarda harakatda bo‘ladi, ya’ni 
bu mulkchilik ishlab chiqarish, muomala sohalari, infrastrukturalarda faol 
qatnashishi mumkin. 
Bizning sharoitimizda asosan qishloq xo‘jaligida bu mulk shakli keng 
quloch yoygan. Bular asosan jamoa, guruh mulki asosida harakatdagi 
xo‘jaliklardir. Bundan tashqari savdoda, qishloq mahsulotlarini xarid qilish va 
qayta ishlashda ham bu xil mulk keng tarqalgan bo‘lib, ular matlubot jamiyatlari, 
xarid-savdo birlashmalaridir.
Jamoa mulki, ayniqsa bevosita iste’mol buyumlari ishlab chiqarish va 
iste’mol qilish tarmoqlarida katta o‘rin egallaydi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, 
ta’minlash, qurilish kabilarda uning ta’siri juda ktata. Ovro‘pa mamlakatlarida, 
ayniqsa Yaponiyada bevosita iste’mol va umuman, inson hayoti sharoitida bu mulk 
shaklining o‘rni katta. U erda minglab jamoa korxonlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 


42 
Jamoa mulki mayda mulkchilar faoliyatida ahamiyatlidir. Chunki alohida 
holda mayda mulk samara keltirishi u yoqda tursin, hatto raqobatga bardosh bera 
olmasligi va arzigulik ish ko‘ra olmasligi mumkin, mayda mulkdorlar esa o‘zaro 
birlashib, kattaroq xajmda tijorat ishlarini amalga oshirish imkonini tug‘diradi. 
Shuning uchun ham haqiqiy demokratik asosda yuzaga kelgan jamoa mulki va bu 
asosdagi xo‘jalik juda ahamiyatlidir. Har bir bunday birlashma ma’lum darajada 
erkin harakatni chegaralashi sababli birlashuv faqat ixtiyoriylikni talab etadi. Shuni 
e’tirof etish zarurki, jamoa mulkiga davlatchilikni singdirish faqat zarar keltiradi: 
jamoa mulkidan kutilgan samara bo‘lmaydi
Jamoa mulkining qo‘llanishidagi yana bir xususiyat shundan iboratki, 
boylikning o‘zlashtirilishi uchun ish faoliyatida birgalikda qatnashish talab etiladi, 
chunki jamoa mulki mehnatsiz o‘zlashtirishni inkor etadi va korporativ mulkdan 
farqlanib, ham mulkka, ham mehnatga hissa qo‘shishi zarur hisoblanadi. Bu asosda 
tashkil etilgan xo‘jalikdagi asosiy kuchi shu mulk egalarining o‘zidir. SHu bilan 
birga zaruriyat talabi bilan yollanma mehnat jalb etilishi xollari ham mavjud 
bo‘ladi. Mayda mulk bozorda ta’sirli kuchga ega bo‘la olmasa, uning birlashuvi 
natijasida yuzaga keladigan jamoa mulki katta o‘rin egallaydi va bozor 
iqtisodiyotining muhim ishtirokchisiga aylanadi, uning rivojida faol qatnashish 
imkonini tug‘diradi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish