“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

Kooperativ mulk 
jamoa mulkining ko‘p uchraydigan shaklidir. Kooperativ 
xillari ko‘p, ular shu xil mulkka asoslangan va keng tarqalgan korxonalardir. 
Kooperativlarga birlashganlarning mulki umumiy va daromadi asosan sarf etilgan 
mehnati bilan belgilanadi. Bu guruh asosidagi birlashma bo‘lib, hissadorlik 
mazmunida tashkil topadi. Kooperativlarga qo‘shilgan mulk bilan bir qatorda 
shaxsiy qatnashuv hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Har bir kooperativ bozorda mustaqil 
ishtirokchi sifatida faoliyat ko‘rasata oladi.
Qo‘shma mulk 
– bu mulklarning bir-biriga qo‘shilishi tufayli yuzaga 
keladi. Ikki usulda barpo bo‘lishi mumkin bo‘lgan bu xil mulk mamlakatlarning 
ichki va tashqi imkoniyatlariga bog‘liqdir. Chunki qo‘shma mulk ichki yirik 
mamlakatlarning bir-birlari bilan qo‘shilib ish ko‘rishga asoslansa, shu bilan birga 
mamlakatlararo qo‘shilish tufayli ham shakllanadi. Shuning uchun ham boshqa xil 
mulk shakllaridan farqli o‘laroq, bu mulk xalqaro ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, bozor munosabatlariga o‘tishda chet sarmoyalarni jalb etish bu 
jarayonni tezlashtirishda juda qo‘l keladi. Mulk nuqtai nazaridan olsak, bu chet 
kapitalini jalb etgan xolda qo‘shma mulkni avj oldirishdir. Mamlakatimizda, 
ayniqsa Turkiya, Korea Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi, AQSH 
kapitallari qatnashuvida qo‘shma mulklar ko‘paymoqda.
Chetki kapital asosidagi qo‘shma korxonalarning ahamiyati investitsiyani 
kuchaytirish, milliy iqtisodiyotni bozor munosabatlari asosida shalklantirishda 
ortib boradi. Katta mablag‘lar zaruriyati sharoitida qo‘shma mulk orqali chet 
kapitalini jalb etish zaruriyatdir. Zero, yuqorida aytib o‘tganimizdek, 
Respublikamiz oldida xalq xo‘jaligi tuzilishini tubdan o‘zgartirish, yangi tarmoqlar 
yaratish, zamonaviy texnologiyani o‘zlashtirish kabi yirik iqtisodiy vazifalar o‘z-


43 
o‘zidan katta-katta sarmoyalarni talab etadi. Qo‘shma mulk esa bu muammoni 
yechishda katta rol o‘ynashi turgan gap. 
Qo‘shma mulk tufayli jalb etiladigan chet kapitali yangi texnologiyani olib 
kirmoqda. CHunonchi, Korea Respublikasi, Germaniya Federativ hukumati 
kapitallari asosida yuzaga kelgan qo‘shma korxonalar Respublikamiz uchun yangi 
avtomobil sanoatini zamonaviy darajada yuzaga keltirish imkonini bermoqda. 
Xomashyoviylik yo’nalishini bartaraf etib, tayyor mahsulot yaratishni 
o‘zlashtirishdan paxtadan kiyim-kechak tayyorlashgacha bo‘lgan texnologik ishlab 
chiqarishni yaratishda Turkiya, Korea Respublikasi kabilar bilan yuzaga 
kelayotgan qo‘shma mulk juda ahamiyatlidir. Bunday jarayonlar kundan-kunga 
rivojlanib, turli mamlakatlar ishtirokida qo‘shma mulkni kengaytirish tufayli avj 
olmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad qo‘shma mulkning shakllanish 
jarayoniga chetdan yirik kapitallarni jalb etish, uni miqdoriy va hajmiy 
kengaytirish yoli bilan yangi tarmoqlar barpo etish, zamonaviy texnologiyani 
qo‘llash kabi hajmli sarmoyalarga bog‘liq masalalarni muvaffaqiyatli bajarilishni 
tezlashtirishdir. 
Diniy tashkilotlar mulki –
bu faqat diniy bino va inshootlar bilan 
chegaralanmay, balki xo‘jalik faoliyati imkon tug‘dirgan jamg‘armalar, turli 
marosimlardan tushadigan mablag‘lar hisobiga ortib boradi. Ular oddiy xo‘jalik 
faoliyati bilan birga katta qurilish ishlari va boshqa kapital xarajatlarni bajarib 
boradilar. Bu mulk faqat diniy yolda qo‘llaniladi va ishlatiladi.
Aksioner mulk 
– bu turkumdagi eng salmog‘li va ta’sirli shakl bo‘lib, keng 
tarqalgandir. Bu ham aslida birlashgan mulk bo‘lib, aksiya chiqarishga 
asoslangandir. Bu aksiyalar erkin harakatda bo‘ladi, qimmatbaho qog‘ozlar 
qatorida savdoda ishtirok etadi va sotiladi, sotib olinadi. Aksiyaga ega bo‘lganlar 
shu asosdagi mulkning qatnashchilari hisoblanadilar. Korxonalarning faoliyatida 
ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar. Aksiyalar uchun korxonalar faoliyatlari 
natijasiga qarab daromad oladilar Bu mulkda ishtirok etish juda ixtiyoriydir. 
Chunki istagan vaqtda aksiyani sotib olish yoki sotib yuborish mumkin. 
Xalq korxona mulki 
– bu shakldagi mulk aksioner mulkdan kelib chiqadi. 
Chunki aksiyalar egalari korxonada ishlaydilar. Shuning uchun ular ayni vaqtda 
korxonaning mulkdori huquqiga ega bo‘ladilar. Bu korxona faoliyatiga aksiyaga 
ega bo‘lgan xodimlar ham qatnashuv huquqini qo‘lga kiritadilar. Natijada aksioner 
korxona daromadidan shu aksionerlar manfaatdor bo‘ladilar. Masalan, AQSHni 
xalq kapitali mamlakati deydilar. Chunki aksiyaga ega bo‘lgan xodimlar 
korxonalarda ko‘pchilikni tashkil etadi. 1994 – yilda xalq korxonalarida 11 
mln.dan ortiq kishi ishlagan va aksiyalarning 20-50 foizgachasi ishlovchilarning 
birgalikdagi mulkidan iborat bo‘lgan. U erda xalq korxonalari deb ataluvchi 
xo‘jaliklar miqdori ortib bormoqda. Bunday holatda, albatta, ekspluatatsiya 
mazmuni o‘zgaradi va mehnatga erkli munosabat asos bo‘lib hisoblanadi.
Mulk shakllarining mohiyati va mazmuni bilan tanishish shuni ko‘rsatadiki, 
bozor iqtisodiyoti uchun barcha mulk shakllari ahamiyatli bo‘lib, har biri o‘ziga 
xos ustunlikka egadir. Aytish mumkinki, har bir mulk shakli bozor iqtisodiyoti 
uchun zaruriy bo‘lib, ular umumiy taraqqiyot jarayonida bir-birini to‘ldirib boradi. 


44 
Shuning uchun ham bozor munosabatlari sharoitida mulk shakllarining turliligi va 
har bir mavjud shaklining taraqqiy etib borishi talab etiladi. Bu jarayon erkin 
raqobat sharoitida amalga oshishi kerak.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish