“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


“Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi” fani predmeti va usullari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

 
1.5. “Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi” fani predmeti va usullari 
 
“Rivojlangan mamlakatlarda bozor tajribasi” fanining predmeti jahon bozori 
tajribasi tahlili va uni o‘rganishdan iborat bo‘lib, bunda asosiy diqqat rivoj topgan 
mamlakatlarga qaratiladi. Bu jarayon tizimli tavsifga egadir. Avvalo bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish va uning rivojlanishiga oid umumiy masala, qoidalarga e’tibor 
berib, qisqacha talqin beriladi. Bu taqqoslash va predmetni aniqlash hamda 
belgilashga yordam beradi. Bular qatoriga bozor iqtisodiyoti shakllanishi asosiy 
shartlari, ko‘p mulkchilik, tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznes, bozor milliy 
modellari kabilarni kiritish mumkin. 
Avvalo eng yirik va yuqori darajada rivojlangan hamda bozor rivoji etaloni 
vazifasini bajaruvchi mamlakatlardan AQSH, Yaponiya, Fransiya va Germaniya 
iqtisodiyotining shakllanishi, rivojlanishi xususiyatlari, belgilari tahlil etilgan xolda 
bayon etiladi. Ma’lumki, bu mamlakatlarning bozor sohasidagi tajribalari juda 
katta va ularga taqlid qilish maqsadga muvofiqdir. SHu bilan birga bu 
mamlakatlarning jahon mamlakatlari rivojiga ta’siri katta va bu sohada juda xajmli 
salohiyatga ega. 
Rivojlangan mamlakatlar yyetakchilarini birlashtiruvchi “ettilik” aloxida 
o‘rganiladi. Shunga o‘xshash Yevropa Ittifoqiga ham mustaqil o‘rin ajratilib tahlil 
etiladi. Ahamiyatiga ko‘ra e’tibor berishni talab qiluvchi Xitoy mamlakatidagi 
bozor islohotlariga ham aloxida o‘rin ajratilib, bundagi diqqatga sazovor tajribaga 
arziydigan masalalar ko‘rib chiqiladi. 
O‘ziga xoslik xususiyatlari mavjud bo‘lgan Osiyodagi yangi industrial 
mamlakatlar “Osiyo ajdaholari” va “Osiyo yolbarslari” deb atalib, bularda ham 
bozorga o‘tish va uni mustahkamlash sohasida keng tajribalar mavjud. SHu bilan 


21 
birga bularga O‘zbekistonga xos mentalitet o‘xshovliklar bo‘lib, biz uchun amaliy 
ahamiyatlidir. 
Bozorga o‘tishda sobiq sotsialistik iqtisodli mamlakatlar tajribasi, ayniqsa 
hozirgi SMM mamlakatlar tajribalari diqqatga sazovorki, bizning amaliyotimizda 
o‘xshovlik ko‘p uchraydi. Bular ham diqqatga sazovor bo‘lib, tahlil etilgan holda 
o‘rganiladi. Markaziy Osiyo davlatlari bizga bevosita qo‘shni holda umumiyliklar 
ko‘p va bularni ham e’tiborga olish zarur.
Bozor iqtisodiyotining shakllanishi va taraqqiyoti ko‘p jixatdan umumjahon 
tashkilotlari faoliyatiga bog‘liqdir. Bular BMT, Jahon valyuta fondi va shu 
toifadagi banklar kabilar bo‘lib, bularni o‘rganishlik kerakligini davrning o‘zi 
taqozo etadi. 
Bundan tashqari iqtisodiy hamkorlikka qaratilgan xalqaro birlashmalar, 
kelishuvlarning ham ahamiyati kam emas, ularning faoliyat tajribalarini o‘rganish, 
amaliyotimizga taalluqli tomonlarini belgilash foydadan xoli emas. Ayniqsa bunda 
O‘zbekiston bevosita aloqador bo‘lgan tashkilotlar ahamiyatlidir, qaysiki 
sarmoyalar va tashqi savdo bilan bog‘langan jahon, qit’alar banklari, xalqaro savdo 
tashkiloti kabilardir. 
Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasini o‘rganishda davlat iqtisodiy 
faoliyatiga ahamiyat beriladi. Chunki bozor usuli iqtisodiyot taraqqiyotini 
to‘liyg‘icha ta’minlay olmaydi va buning uchun qo‘shimcha mexanizmlar talab 
etiladi. Boshqacha qilib aytganda, bozor umumiy iqtisodiy taraqqiyot uchun 
yordamga muxtojdir. Bunday yordamchi kuch davlat va jamiyat faoliyati bo‘lib, 
sivilizatsiya taraqqiy qilgan sari bularning ahamiyati o‘sib bormoqda va bozor 
sharoitida iqtisodiy taraqqiyotning ijtimoiylik ta’sirini kuchaytirish, iste’molchilar 
manfaatini himoyalash, iqtisodiy istiqbollarni belgilash, pul-kredit, solig‘, byudjet 
siyosatlaridan to‘g‘ri foydalanish imkonini bermoqda. Ijtimoiy infratuzilmaning 
asosan davlat tasarrufida bo‘lishi va buning bozor iqtisodiyotiga samarali ta’siri, 
umuman davlat va bozor iqtisodiyotining bir-biriga mos xolda harakatda bo‘lishi 
iqtisodiy taraqqiyot va aholi turmush darajasi muammolarini xal qilishda juda qo‘l 
kelmoqda. Bundagi eng muhim tomonlar bozorni ijtimoiy tartiblashtirish, milliy 
iqtisodiyotni himoyalash, iqtisodiy strategiyalarni boshqarish, davlat tijoratini 
uyushtirish kabilardan iborat. 
Jahonda ikki qarama-qarshi tizimlar mavjudligida kapitalizm asosan salbiy 
hisoblanar va faqat ekspluatatsiya mazmunida talqin etilar edi. Albatta buning 
bozor iqtisodiga o‘tish davrlariga oid XIX va XX asr birinchi yarimlarida jonli 
tomonlari mavjud edi. Lekin so‘ngra, ayniqsa hozirgi bozor iqtisoldiyoti 
rivojlangan davlatlar salmog‘i ortib borishi bilan bunday tushunchalar 
o‘zgarmoqda. Chunki bu jarayon bozor iqtisodiyoti taraqqiyoti bilan ijtimoiy 
muammolarning muvaffaqiyatli xal qilinib borishi tufayli ijobiy o‘zgarmoqda va 
insoniylik, insonparvarlik mazmunini oshkor qilmoqda va bozor iqtisodiyoti rivoji 
o‘z mazmunini ko‘proq ochmoqda. 
“Rivojlangan mamlakatlarda bozor tajribasi” fanining predmetini 
o‘rganishda taqqoslash, tarixiy-mantiqiylik usullarni tajribada sinash kabilar asosiy 
usullari qilib qo‘llaniladi. Haqiqatdan ham usullar qabul qilish muammolarini 


22 
ijobiy xal qilishda ijobiy o‘rin egallashi mumkin. Chunki har qanday bozor iqtisodi 
sohasidagi tajribalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa mamlakatlarda qo‘llab amalga 
tadbiq etib bo‘lmaydi. Bu jarayon juda murakkab va ehtiyotkorlikni talab etadi-ki, 
har tomonlama tahlil etish, o‘lchash, taqqoslash, foydali tomonlarini aniqlash, 
muayyan sharoitlarga mosligini belgilash va qo‘llaniladigan sharoitlarni to‘la 
e’tiborga olish kabilarni aniqlashda zarur va samarali usullardan foydalanish talab 
etiladi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish