Guruhiy dinamika. Odatda xar qanday guruh ichida shunday kuchlar mavjudki, ular jamoa faoliyati samaradorligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi. Mana shunday kuchlar yigindisi va uning ta’sirida guruh ichidagi muhitning o‘zgarib borishi, guruhiy dinamika deb ataladi. Guruhiy dinamikaga oid jarayonlarni eksperimental ravishda o‘rgangan psixolog Kurt Levin bo‘lib, uning fikriga ko‘ra, GURUH, o‘z amaliyoti davomida qator o‘zgarishlar va rivojlanish bosqichlarini boshdan kechiradi. Bu o‘zgarishlarni yuzaga keltiruvchi omillar esa guruh ichidagi turli jarayonlar va ularning mo‘tanosib tarzdagi o‘zaro munosabatidir. - Guruhiy dinamika. Odatda xar qanday guruh ichida shunday kuchlar mavjudki, ular jamoa faoliyati samaradorligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi. Mana shunday kuchlar yigindisi va uning ta’sirida guruh ichidagi muhitning o‘zgarib borishi, guruhiy dinamika deb ataladi. Guruhiy dinamikaga oid jarayonlarni eksperimental ravishda o‘rgangan psixolog Kurt Levin bo‘lib, uning fikriga ko‘ra, GURUH, o‘z amaliyoti davomida qator o‘zgarishlar va rivojlanish bosqichlarini boshdan kechiradi. Bu o‘zgarishlarni yuzaga keltiruvchi omillar esa guruh ichidagi turli jarayonlar va ularning mo‘tanosib tarzdagi o‘zaro munosabatidir.
- Quyida guruhiy dinamikani tashkil etuvchi asosiy hodisalarga tuxtalib o‘tamiz. Bu ruyxatdagi birlamchi tushuncha guruh maqsadi bo‘lib, odatda har qanday jamoa faoliyati biron-bir maqsadga yunaladi. Taniqli olim R. SHindler guruhdagi xodimlar mavqeidan kelib chikuvchi rollarni ifodalab, ularga quyidagicha izox berib o‘tadi:
Alfa - guruh etakchisi, o‘zgalarni faollikka va maqsad sari undaydi, ularga ishonch va qatiylik baxsh etadi. - Alfa - guruh etakchisi, o‘zgalarni faollikka va maqsad sari undaydi, ularga ishonch va qatiylik baxsh etadi.
- • Beta - guruhdagi ikkinchi Shaxs - ekspert, ya’ni guruh baxolovchisi, sovuqqon, muloxazali, alfaga nisbatan tadbirli, guruhga xos norma va qoidalar ximoyachisi.
- • Gamma - passiv moslashuvchi, o‘zini oshkora qilmaslikka urinadi. Bunday odamlar odatda to‘rt toifaga bo‘linadi: 1) alfaga sodiq va unga hamsoya Shaxs; 2) loqayd xodim, bundaylar alfa uchun qo‘lay kimsa; 3) o‘z mavqeidan norozi, ammo buysunishga majbur; 4) o‘z fikriga ega, lekin rahbarga til tekizmasdan guruhdagi mavjud tartibni tankid ostiga oluvchi Shaxs.
- • Omega - guruh nafrati va noroziligi qaratilgan xodim.
- • R - muxolif, alfaga qarshi chikuvchi xodim. Odatda ushbu sanab o‘tilgan rollarni deyarli xar bir guruhda uchratish mumkin. Agar guruh a’zolari ko‘pchilikni tashkil etmasa, ba’zida xodimning o‘zi ham bir necha rolni ijro etishi mumkin, ammo oqibatda guruhda anchagina zo‘riqish xolati ko‘zatiladi.
Eshitganingiz uchun rahmat Eshitganingiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |