Kichik guruhning yana bir ko‘rinishi referent guruh deb ataladi. Referent guruh, o‘z mazmuniga ko‘ra, biron kimsa uchun eng ardoqli va o‘ziga yaqin tutuvchi jamoani anglatadi. Odatda xar kim referent guruhni o‘ziga namuna sifatida qabul qiladi va o‘z xulqini shu guruh normalari bilan moslashtirishga intiladi. - Kichik guruhning yana bir ko‘rinishi referent guruh deb ataladi. Referent guruh, o‘z mazmuniga ko‘ra, biron kimsa uchun eng ardoqli va o‘ziga yaqin tutuvchi jamoani anglatadi. Odatda xar kim referent guruhni o‘ziga namuna sifatida qabul qiladi va o‘z xulqini shu guruh normalari bilan moslashtirishga intiladi.
- O‘z moxiyatiga ko‘ra referent guruh, salbiy va ijobiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Ijobiy mazmunga xos referent guruh tashkilot maqsadiga muvofiq ishlaydi va undagi jarayonlar umumiy maqsadga bo‘ysungan bo‘ladi. Salbiy mazmun kasb etgan referent guruhdagi norma va xulq-atvor shakllari jamoa manfaatiga zid bo‘lishi va tashkilot maqsadi bilan mos kelmasligi mumkin. Masalan, bu manzara mexmat jamoasidagi ba’zi xodimlar tudasining muntazam ravishda tartib bo‘zarlikka yul qo‘yishi yoki asosiy ish vaqtida o‘z faoliyatini boshqa yunalishga bag‘ishlashida ko‘rinadi.
Guruhiy jarayonlar. Ijtimoiy psixologiya fani Shaxsning jamoadagi o‘rni, xulqi, guruhdagi Shaxslararo munosabatlar natijasida paydo bo‘ladigan psixologik jarayonlarni o‘rganadi. Bu haqdagi bilim jamoani boshqarish uchun yangi imkoniyat yaratadi. Masalan, mehnat jamoasidagi ijobiy munosabatlarga asoslangan psixologik muxit xodimning ishchanligini 30% ga oshirishi mumkin. Va aksincha, jamoadagi munosabatlarning taranglashuvi, salbiy qarashlarning ustunligi, xodim mehnati samaradorligini pasaytiradi va ish sifatiga ham putur etkazadi. Guruhiy jarayonlar, ularga xos qonunlarni bilish, xatto, guruh a’zosi xulqini o‘zgartirish imkonini beradi. Aniqlanishicha, inson o‘ziga qaratilgan bevosita ivdividual ta’sirdan ko‘ra, guruh fikriga ko‘proq e’tibor beradi. - Guruhiy jarayonlar. Ijtimoiy psixologiya fani Shaxsning jamoadagi o‘rni, xulqi, guruhdagi Shaxslararo munosabatlar natijasida paydo bo‘ladigan psixologik jarayonlarni o‘rganadi. Bu haqdagi bilim jamoani boshqarish uchun yangi imkoniyat yaratadi. Masalan, mehnat jamoasidagi ijobiy munosabatlarga asoslangan psixologik muxit xodimning ishchanligini 30% ga oshirishi mumkin. Va aksincha, jamoadagi munosabatlarning taranglashuvi, salbiy qarashlarning ustunligi, xodim mehnati samaradorligini pasaytiradi va ish sifatiga ham putur etkazadi. Guruhiy jarayonlar, ularga xos qonunlarni bilish, xatto, guruh a’zosi xulqini o‘zgartirish imkonini beradi. Aniqlanishicha, inson o‘ziga qaratilgan bevosita ivdividual ta’sirdan ko‘ra, guruh fikriga ko‘proq e’tibor beradi.
- Ijtimoiy nazorat. Odatda inson o‘z xulqini o‘zi xoxdaganicha amalga oshirolmaydi. U hoxlasin-hoxlamasin jamiyat tomonidan qo‘yilgan ma’lum talablarga rioya etib yashashi shart. Xar qanday inson ulgayishi davomida turli guruh va jamoalarga a’zo bo‘lib boradi. Bu guruhlar esa nafaqat o‘zining maqsadi, balki ichki qoidalari bilan ham bir-biridan farq qilib turadi. Demak, xar qanday guruhda, u yoki bu ichki qoidalar, normalar majmuasi xukm suradi. Odatda, mehnat jamoalarida bu normalar rasmiy tan olingan va xatto yozma shaklda ham bayon etilgan. Ba’zi bir norasmiy guruhlarda esa «yozilmagan» lekin, nazardagi qoidalar xukm suradi. Xatti-xarakatni cheklash borasidagi mavjud guruhiy qoidalar, normalar esa ijtimoiy nazoratning asosiy moxiyatini tashkil etadi. Jamoada o‘rnatilgan cheklashlar asosida xatti-xarakat yoki xulq andozasi shakllanadi. Bunday andozaning jamoada mavjudligi va uni qay tarzda ifodalanishi ko‘p jixatdan amal qilish samaradorligini belgilaydi. Masalan, mehnat jamoasidagi xulq kodekslari qanchalik aniq va ravon bayon etilgan bo‘lsa, xodimning unga rioya qilish extimoli shunchalik oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |