Guruhiy normalar. Guruhiy norma - ayni jamoa a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni ma’lum tartibga solib turuvchi yozilmagan, lekin, unga amal qilinishi lozim bo‘lgan qoidadir. Guruhiy normalar ushbu jamoada nimani qilish mumkinu, nimani esa mumkin emas, nima yomonu, nima yaxshi kabi talablarni amalda qo‘llaydi. Guruhiy normalar orqali har bir xodim o‘zidan jamoa nimani ko‘tayotganini, qanday ishni va qay tarzda bajarishi lozimligi hakida ma’lumot olib turadi. - Guruhiy normalar. Guruhiy norma - ayni jamoa a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni ma’lum tartibga solib turuvchi yozilmagan, lekin, unga amal qilinishi lozim bo‘lgan qoidadir. Guruhiy normalar ushbu jamoada nimani qilish mumkinu, nimani esa mumkin emas, nima yomonu, nima yaxshi kabi talablarni amalda qo‘llaydi. Guruhiy normalar orqali har bir xodim o‘zidan jamoa nimani ko‘tayotganini, qanday ishni va qay tarzda bajarishi lozimligi hakida ma’lumot olib turadi.
- Tashkilot guruhi hayotida amal qiluvchi normalarni ikki turga bo‘lish mumkin:
- 1. Rahbariyat tomonidan kiritilgan normalar;
- 2- Guruh tomonidan kiritilgan normalar.
- Birinchi tur normalarning jamoa a’zolari tomonidan qabul qilinishi rahbar va xodimlar o‘rtasida shakllangan munosabatlarga bog‘liq. Bu munosabatlar iliq bo‘lsa va rahbar jamoa tomonidan tan olinib, xurmat-e’tiborga ega bo‘lsa, xodimlar rahbar tomonidan kiritilgan normalarga rioya qiladilar. Afsuski, hayotda buning aksini ham ko‘zatamiz.
Axillik. Guruhiy ahillik jamoaning jipsligi, ichki ko‘poruvchi nizolarning yuqligi bilan ifodalanadi. Axillik, guruhiy qarorni tez qabul qilishga, umumiy maqsad yulida guruh a’zolarining bir-birlarini qo‘llab-kuvvatlashiga, xodim jamoani o‘z oilasiday qabul qilishiga asos bo‘ladi. Guruh a’zolari o‘rtasida axillik yuzaga kelishi uchun quyidagi shart-sharoit zarur: - guruh va uning a’zolari atrofidagilarda iliq-issiq qayfiyat uyg‘otishi;
- guruh a’zolarining qadriyatlari, qarashlaridagi o‘zaro moslik shakllanishi;
- guruh oldidagi umumiy maqsad xar bir a’zoning Shaxsiy manfaatiga uyg‘un bo‘lishi;
- ado etilayotgan ish yuzasidan o‘zaro aloqaning mavjudligi;
- jamoada ishlashdan, shuningdek, guruhiy faoliyatdan qoniqish;
- qaror qabul qilishda barchaning ishtiroki va xodimlar manfaatiga yunalgan boshqaruv uslubi;
- barchaning manfaat va qiziqishlariga bir xil e’tibor, jamoadagi ijtimoiy tenglik va adolat;
- • guruh miqdori (aniqlanishicha, guruh a’zolari 7-12 kishi atrofida bo‘lganda o‘zaro axillik yaxshirok shakllanadi);
- • guruh hayotidagi an’analar tashkilotga xos madaniyatning bir qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |