Bittadan ish va aylanib o'tuvchi tizimlariga ega bo'lgan shinalar sxemasi
Yuqori kuchlanishli tomonlarida ulanishlar soni ko'p bo'lsa, bittadan ish va aylanib o'tuvchi tizimlariga ega bo'lgan shinalar sxemasi qo'llaniladi (4-rasm). Sxemani kamchiligi: Liniya yoki ta'minlash manbani uning zanjiridagi Q ni ta'mirlash qilishda butun ta'mirlash vaqtida uzilishi lozim bo'ladi. 35 kVli liniyaning uzish vaqti uzoq bo'lmaydi, ya'ni Q ni ta'mirlash vaqti tez bo'lib, 110 kV va undan yuqori kuchlanishlari liniyalarda vaqt ortadi, shuning uchun 35 kV li taqsimlash qurilmasi uchun tavsiya etiladi.
N ormal rejimda aylanib o'tuvchi tizim AO kuchlanishi ochiq bo'lmaydi.W va T ni biriktiruvchi QSO uzilgan. Aylanib o'tuvchi QO u ikki ajratgichli razvilka yordamida istalgan shinaga ulanadi. Seksiyalar bu holda parallel ishlab QO istalgan Q ni almashtirishi mumkin. AO ni istalganligini bilish uchun QO ni ulash, QO ni uzish, QSO ni ulash, QO ni ulash, Ql ni uzish, QS1 va QS2 ni uzish lozim.
4-rasm. Bittadan ish va aylanib o'tuvchi tizimlariga ega bo'lgan shinalar sxemasi.
Kamchiligi: Shina ajratgichlari va shina ta'mirlash qilinganda butun shinada kuchlanish olib tashlanishi kerak.Ikkitadan ish va aylanib o'tuvchi sxemaga ega bo'lgan shinalar sxemasi. Elektr ulanishlari ko'p 110—220 kV li tarqatish qurilmalari uchun zanjirga bitta Q mo'ljallangan sxe-malarda qo'llaniladi. Wl, W3,W5 liniyalar KT1 (4-rasm) va Tl manba birinchi shinalar sxemasi AT ni W2 W4 W6 va T2 A2 ga ulangan. Shinaga biriktiruvchi QA ulangan. Qisqa tutashuv bo'lsa, QA bilan sxemani yarim ulanishi uziladi, halos. Agar qisqa tutashuv turg'un bo'lsa, uzilgan shinalar normal ishchi sxemasiga o'tkaziladi.
Podstansiyaning asosiy bosh sxemalari
Elektrlashtirishning yuksalishi 35—110 kV li tarmoqlarda yakka transformatorli yig'ma transformatorli podstansiya (KTP) lar ishlab chiqarilmoqda. KTP ni qo'llash montaj ishlari va qurish harajatlarini keskin kamaytiradi. Quyidagi podstansiyalarning ulanish sxemasidagi VN tomonida o'chirgichsiz 35—110 kV li tarmoq uchun keltirilgan KS aloqa kondensatori va drossel L ni yuqori chastotali himoyasi yoki yuqori chastotali aloqa uchun xizmat qiladi. Transformatorni himoyasi va 6—10 kV li tomonidagi rele himoyasini sezgirligini oshirish uchun ajratgich, saqlagichni almashtirish va podstansiya ta'mirlashining ishlarini amalga oshirish uchun 6—10 kV li tomonida KRUN 6—10 kV li qurilmalar o'rnatilgan. Agar KTP ikki transformatorli bo'lsa, u holda VN tomonida uzgichli ko'prikli sxema usulida bajariladi.
5-rasm. Podstansiyalarning bosh sxemalari.
NN tomonida esa bir tizimli yig'ma shinalar sxemasi qo'llaniladi. Oraliq tranzit podstansiya uchun 110-220 kV da VN tomonida o'chir-gichda bajariladi. Peremichkali sxema qo'llaniladi, lekin bunday sxemalar tarmoqlarda katta xarajat talab qilgani bilan ishonchliligi kam bo'lganligi uchun halqali sxemalar (220-330 kV) qo'llaniladi, ATI blok bilan liniya 4 ga AT2 blok bilan liniya 1 ga ulangan. Liniya 1-liniya 4 radial, liniya 2-liniya 3 tranzit liniyalar liniya zanjiriga kiritilgan uzgich qo'yilishi ham mumkin, bu esa 220 kV li tomonda jarohatlangan liniyani uzib qo'ygan holda ishchi rejimni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. 110 kV li tomonda bitta ishchi va aylanib o'tuvchi yig'ma shinalar sxemasi qo'llanilgan bo'lib, liniyalar soni 6 tagacha, parallel liniyalar 10 tagacha bo'lishi mumkin. Liniyalar soni ko'p bo'lsa ikkita aylanib o'tuvchi yig'ma shinalar sxemasi qo'llaniladi. NN tomonida asosiy masala q.t.tokini chegaralash, ba'zi transformatorlarida q.t. tokini chegaralash maqsadida ikki yelkali reaktor qo'llaniladi. Kuchli uzlaviy podstansiyalarni VN tomonida energotizimning ma'lum bir alohida bir qismi bo'lishi mumkin yoki ikki energetika tizimining aloqadagi qismi bo'lishi mumkin. Shuning uchun bu sxemani tanlash murakkab. VN tomonida 350—500 kV da AT biri to'g'ri o'chirgichsiz shinaga ulangan. Har qaysi liniya zan-jirida ikkitadan o'chirgich bor. AT lar jihozlansa, 1 yig'ma shina (SSh) ulangan. Barcha o'chirgichlar uziladi, bu bilan 330-500 kV li liniyaning ishchi rejimi buzilmaydi. AT-1 uzilganda ajratgich Rl uziladi. Barcha vklyuchatellar ulanadi va 1 yig'ma shinalar ish rejimida bo'ladi. Sxemadagi SK lar yaqin joydagi iste'molchilarni ta'minlash maqsadida qo'llanilib, buning uchun uch cho'lg'amli Tl va T2 o'rnatish kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |