Elektr stansiya va podstansiyalarnjng xususiy ehtiyoj manbalari sxemalari
Ko'p hollarda xususiy ehtiyoj iste'molchilar stansiyaning o'zi bo'ladi. Agar stansiya generatorli taqsimlash qurilmasi [GRU] bilan - 6 -10 kV li tomoni ta'minlangan bo'lsa, u holda xususiy ehtiyoj tarqatish qurilmasi XETK (RUSN) to'g'ridan to'g'ri GRU shinasiga reaktor yoki pasaytiruvchi xususiy ehtiyoj transformatori XET orqali bog'lanadi (6-rasm).
Xususiy ehtiyoj manbalari uchun hozirgi vaqtda asosiy kuchlanish Un 6 kV (200 kV dan yuqori elektr dvigatellari ED lar uchun) Un 0.38/0.22 kV, qolgan blokli elektrostansiyalarda xususiy ehtiyoj manbalari to'g'ri blokka ulanadi (6-rasm). Blokning quvvati oshgan sari XEM iste'molchilari ham ko'payadi, shuningdek, XEM quvvati kattalashadi. Xususiy ehtiyoj transformatorining quvvati oshgan sari XEM tizimidagi q.t. toklari kattalashib q.t. tokini kamaytirish uchun yuqori qiymatli Uk% yoki tarmoqlangan cho'lg'amli 6 kV li ikki cho'lg'amli transformator olish mumkin. Xususiy ehtiyoj transformatorining quvvati S=25 mVA va undan yuqori quvvatli turlari uchun asosan tartiblangan cho'lg'amli turlari tanlanadi. Yuqoridagi sxemalarda XEM energiya bilan ishonchli ta'minlangan, ya'ni generator G, GRU jarohatlansa, xususiy ehtiyoj manbasi iste'molchilarining ta'minoti buziladi. Shuning uchun ishchi tarmoqdan tashqari yana zaxira tarmoq bo'lishi kerak. Bunday tarmoq yuqori kuchlanishli shinaga ulangan, ya'ni energotizim bilan bog'langan transformator hisoblanadi. Bunday paytlarda stansiyadagi generatorlar G o'chgan paytda XEM energotizimidan manba oladi. Bu holda agar stansiyadagi avariya energotizimdagi avariyaga aloqador bo'lsa, xususiy ehtiyoj manbalari XEM energiyasiz qoladi. Shuning uchun akkumulyator batareyalari va dizel generator qo'llash ko'zda tutiladi.
6-rasm Xususiy ehtiyoj manbalarining ulanish sxemalari.
XEM iste'molchilarining tarkibi podstansiyaning transformator quvvati elektro qurilmalarining turi, sinxron kompensatorlarning SK kamligiga bog'liq xususiy ehtiyoj iste'molchilari doimiy navbatchilik bilan ta'minlangan podstansiyalarda kam bo'ladi, bunday iste'molchilarga transformator sovituvchi elektro dvigatellar uzgich OD va qisqa tutashtirgich KZ yuritmalarini qizdirish KRUN shkaflari va podstansiyani yoritish jihozlari kiradi.
Yuqori va o'rta kuchlanishli podstansiyalarda o'chirgich (V) ga ega bo'lgan podstansiyalarida qo'shimcha iste'molchilar ya'ni kompressorli qurilmalar (VMK, WM, WB, turidagi o'chirgichlar uchun) bo'ladi. Operativ doimiy tok zanjirida ishlaydigan iste'molchilar zaryadli va zaryad ostidagi agregatlar hisoblanadi. SK bo'lsa, albatta podstansiyalarni yog'lovchi mexanizmlar, sovutish nasoslari zarur. Podstansiyaning zarur iste'molchilari bu operativ tok zanjirlar, (aloqa tizimi, telemexanika, transformator va SK sovitish tizimi, avariyali yoritish tizimi, yong'inga qarshi tizimlar, kompressorli elektr qabul qilgichlar hisoblanadi. Xususiy ehtiyoj iste'molchilarining quvvati ko'p emas, shuning uchun kuchlanishi U=380/220 V li tarmoqqa ulanadi. Ya'ni pasaytiruvchi transformator orqali XET bog'lanadi. Xususiy ehtiyoj transformatorining quvvati 630 kVA gacha bo'lib, podstansiyaning turli rejimda ishlashiga qarab tanlanadi. Ikki dona uch cho'lg'amli quvvati S= 16 - 40 MVA transformatorli, kuchlanishi 110 kV li tomonida peremichkali bir dona VMK o'chirgichli, kuchlanishi 35 kV tomonida VMK-35 kV o'chirgichli bo'lgan podstansiyaning XEI larining quvvatlari keltirilgan.
So'rov koeffitsiyenti K=QJ ligini e'tiborga olib, ikki dona Snxe=63 kVA olish mumkin. Agar yuqorida ko'rsatilganlar bo'lmasa, tahminan tuman podstansiyalarida Pxe = 50 -- 200 kVt oralig'ida, uzlavoy podstansiyalarida Pxf = 200 h- 500 kVt oralig'ida, kuchlanishi U=35 --750 kV li ikki transformatorli podstansiyalarda ikki dona xususiy ehtiyoj transformatori XET o'rnatiladi. Kichik quvvatli bir transformatorli podstansiyalarda bir dona xususiy ehtiyoj transformatori olinadi va zaxira manbaga tekshiriladi.
7-rasm Podstansiyadagi o'zgaruvchan operativ tokda ishlaydigan XET ning ulanish sxemasi.
Agar bir transformatorli podstansiyaga SK o'rnatilgan yoki havoli o'chirgichli, D, DS tizimli sovitish tizimlari o'rnatilgan bo'lsa, u holda, ikkita xususiy ehtiyoj trans-formatori olinib, biri 6 h- 35 kV li mahalliy tarmoqqa ulanadi. XET iste'molchilari o'zgaruvchan tok zanjiri orqali operativ boshqariladi. Kuchlanishi 330 -- 750 kV li barcha podstan-siyalar, 110--220 kV li taqsimlash qurilmali yig'ma shinali podstansiyalarda o'zgarmas operativ tok qabul qilinadi. Operativ o'zgarmas tok zanjiri qabul qilingan podstansiyada xususiy ehtiyoj transformatori 6--10 kVli shinaga ulanadi. Operativ o'zgaruvchan tok zanjiriga ega bo'lgan xususiy ehtiyoj transformatori bosh transformator ning kirishiga ulanadi. Bunday ulanishda 6--10 kV li shinada kuchlanish yo'qolganda o'chirgich Q ni boshqarish uchun, kuchlanishi 0.4 kV li shinaning ishonchliligini oshirish uchun avtomat bilan seksiyalanadi. Operativ zanjir tarmog'ida sifatli energiya bilan ta'minlash uchun pasaytiruvchi transformatorda kuchlanish stabilizator! bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |