Elektr bilan ta'minlash ishonchliligi darajasiga qarab iste'molchilar toifasi
1-toifa — El larining elektr ta'minotidagi uzilishlar natijasida odamlar hayotiga xavf solinadi yoki xalq xo'jaligiga katta moddiy zarar yetkaziladi. Bu zararlar jihozlarning shikastlanishi, mahsulotning brak bo'lishi yoki texnologik jarayonning uzoq muddatga buzilishi oqibatida hosil bo'ladi. Bunga misol qilib, ko'mir shaxtalaridagi ko'tarish kranlari va bosh ventilator, domna pechlaridagi suv berish nasoslari, kimyo korxonalaridagi sanitariya-texnika ventilatsiyasi, elektroliz qurilmalarini ko'rish mumkin. Bunday iste'molchilar bir-biriga bog'liq bo'lmagan man-badan ta'minlanib, elektr energiyaning uzulishiga faqat avtomatik ulash uchun sarflanadigan vaqtga ruxsat etiladi, xalos.
2-toifa — mahsulotni ommaviy bera olmasligi, ishchilar, sanoatchilar transporti mexanizmlarni turib qolishi, shahar va qishloq aholisini anchagina qismini normal faolligini buzilishiga olib keluvchi ikkita mustaqil manbadan ta'minlanib, tanaffus operativ brigada zaxira manbani ulashi uchun ketadigan vaqtgacha ruxsat etiladi xolos.
3-toifa -- qolgan iste'molchilar bir tomonlama transformatordan biri ishdan chiqsa, ikkinchisi bir sutkadan ortiq ishlamasligi kerak. Bu toifaga I va II-toifalarga kirmaydigan qolgan El lar (yordamchi sexlar, qo'shimcha ishlab chiqarishlar va h.k.va boshqalar) kiradi.
6—10 kV li tomondagi elektr ulanishlarning sxemalari
E lektr qurilmalarining 6—10 kV li tomonida eng soddalashtirilgan seksiyalan-magan 1 sxemali shinalar sxemasi hisoblanadi (2-rasm).Bu sxema (KRU) KTK larda qo'llanilib, arzon, qurish vaqti kam. Wl liniyani o'chirish kerak bo'lsa, Ql orqali bajariladi. Kl liniyada qisqa tutashuv bo'lsa, Q4 ni uzish yetarli.
2-rasm. Shinalar sxemasi.
Kamchiligi: shinali ajratkich QS2 ta'mirlash paytlarida shinada kuchlanish bo'lmasligi kerak bu esa iste'molchilarni manbasiz qolishiga olib keladi, shinada ta'mirlash (K2 tufayli) paytiga kuchlanishdan uzishga olib keladi.
Afzalligi: 3-rasmdagi barcha ijo-biy tomonlaridan tashqari, K, nuqtada qisqa tutashuv bo'lsa Q6 uziladi, ikkinchi seksiya manba bilan ta'minlangan holatda bo'ladi. K2 nuqtada qisqa tutashuv bo'lsa Q2 va Q3 uziladi, QV2 avtomatik ulanib BPP W4 liniya orqali ta'minlanadi. K, nuqtada qisqa tutashuv bo'lsa QVp Q6, Q3 uzilib, QV2 avtomatik ulanib, W4 liniya orqali BPP ta'minlanadi.
Kamchiligi: Ikkala seksiyadan biri ta'mirlashda bo'lsa, ishchi seksiya zaxirasiz qoladi. Bunday sxemalar bir sxemali yig'ma shina sxemasi 6—10 kV li pod-stansiyalarda va elektr stansiyalarini o'z ehtiyojini ta'minlash uchun keng qo'llaniladi. Sxemada QV, normal rejimda ulan-gan bo'ladi (podstansiyada esa uzilgan bo'ladi) bu esa seksiyalarda kuchlanish taqsimlanish optimallashtiriladi.
Ikki tizimli yig'ma shinalar sxemasi elektr iste'molchilar (I, II kategoriya uchun) va ularning eektr bilan ta'minlash sxemasi (tarmoq bo'yicha zaxira yo'qligi) ni hisobga olib hamda yig'ma shinalarga ulanadigan ulanmalar soni ko'p bo'lganda, IEM ning bosh taqsimlash qurilmasi uchun ikki tizimli yig'ma shinalar sxemasi ko'zda tutiladi..
3-rasm Ikki tizimli yig'ma shinalar sxemasi.
Sxema ishchi holatda bo'lib G, va G2 A, shinasiga ulangan. QV va LRB bilan seksiyalangan bo'lib vazifasi bir tizimli yig'ma shinalarga o'xshashdir. A2 zaxira hisoblanadi, normal holatda kuchlanish yo'q shinalarni ulovchi QA, va QA2 o'chirgichlar bilan o'zaro ulanishi mumkin. Normal rejimda uzilgan bo'ladi.
Afzalligi: Iste'molchilar bilan manbani uzmay istagan shinani ta'mirlash qilish imkonini berishdir. Bu holda A, ga ulangan hamma ulanmalarni zaxira A2 ga o'tkaziladi va shinani ishchi tizimi ta'mirlash uchun uziladi. Shinalardan birida qisqa tutashuv bo'lsa iste'molchilar ularni zahira tizimiga qayta ulashi uchun ketadigan vaqt ichidagina manbasiz qoladi. Sxemada istalgan ulanmaning o'chir-gichli almashtirish uchun QA,, QA2 ulagich o'chirgichidan foydalanish mumkin.
Kamchiligi: Ajratgichlar izolatorlar tok o'tkazuvchi qismlar, o'chirgichlar sonining ko'pligi taqsimlash qurilmasi tuzilishini murakkablashtiradi. GRU harajatini orttiradi, ajratgich operativ jihoz sifatida qo'llaniladi. Ikki tizimli yig'ma shina sxemasi bir tizimli yig'ma shinalar sxemasiga nisbatan ishchi xodimining xatoga yo'l ko'yishi sababli avariya bo'lish imkoniyati ko'proq. Bunday sxemalar kengayadigan IEM sxemalarida qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |