Mavzu: shinali tizimlar. Reja 1 shinalar tushunchasi Adresli shina



Download 132 Kb.
bet1/6
Sana22.07.2022
Hajmi132 Kb.
#835776
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maruza Matni Informatika


Mavzu: SHinali tizimlar.
Reja
1 SHinalar tushunchasi
2. Adresli shina
3. Ma’lumotlar shinasi.
4. Komandali shina.


SHinalar.Boshqa qurilmalar birinchi navbatda operativ xotira bilan protsessor provodniklarining (uzatgichlar) shodasi(boshqacha nomi shinalar) bilan bog’lanadi. SHinalar uch turga ajratiladi:
Adresli shina. Bu shinadan yuboriladigan ma’lumotlar operativ xotira yacheykalarining adresi deb tushuniladi. Xuddi shu shinadan protsessor bajariladigan komandalar adresini va shu komandalar ishlatadigan ma’lumotlarni o’kiydi. Zamonaviy protsessorlarda adresli shina 32-razryadli, ya’ni u 32 uzatgichdan iborat.
Ma’lumotlar shinasi. Bu shina orqali operativ xotiradan protsessor registrlariga(va teskari) ma’lumotlar nushasi ko’chiriladi. Intel Pentium protsessorlarida ma’lumotlar shinasi 64-razryadli va bir taktda 8-baytli ma’lumot qayta ishlashga tushadi.
Komandali shina. Bu shina orqali operativ xotiradan protsessor bajarishi uchun komandalar kelib tushadi. Komandalar bayt ko’rinishida taqdim etiladi. Oddiy komandalar bir baytga kiritiladi, biroq ba’zi komandalar bajarilishi uchun 2, 3 va undan ortiq bayt kerak bo’ladi. Ona platadan shina faqat protsessor bilan bog’lanish uchungina emas, u ona platadagi ichki qurilmalar, hamda ona plataga ulanadigan boshqa qurilmalar bilan ham bog’lanishga xizmat qiladi.
SHuning uchun bu elementlar arxitekturasidan PK unumdorligi o’zgaradi.
Ona plataning asosiy shina interfeyslari:
ISA (Industry Standard Architecture). Sistemali blokning barcha qurilmalarini o’zaro bog’lash imkonini beradi, shuningdek yangi qurilmalarini standart slotlar orqali oddiy ulanishni ta’minlaydi. O’tkazish imkoniyati 5,5 Mbayt/s ni tashkil etadi. Zamonaviy komp’yuterlarda faqatgina katta o’tkazish imkoniyatini talab qilmaydigan tashqi qurilmalar (musiqa kartalari, modem va boshqalar) qo’shimcha ulanishga moyil.
EISA (Extended ISA) ISA stanlartining kengaytirilgani. O’tkazish imkoniyati 32 Mbayts gacha oshirilgan. Bu standart ham ISA standarti kabi o’z imkoniyatlarini namoyon qilib bo’lgan. Kelgusida bu interfeys platalarini chiqarish tugatiladi.
VLB (VESA Local Bus) VESA lokal shinasi standartining interfeysi. Asosiy shinadan foydalanmagan holda, lokal shina protsessorni operativ xotira bilan bilan bog’laydi. U asosiy shinaga nisbatan yuqori chastotatada ishlaydi va ma’lumot uzatish tezligini oshirish imkonini beradi. Keyinchalik lokal shinaga videadapter ulash uchn interfeys "qo’shildi" ("vrezali"). Bu interfeys yuqori o’tkazish imkoniyatini talab etadi. SHu sababdan VLB standarti, quyidagi xarakteristikalari bilan paydo bo’ldi: 130 Mbayt/s - o’tkazish imkoniyati, ishchi takt chastotasi 50MGts, biroq shinaga ulanadigan qurilmalar soniga bu bog’liqki, uning asosiy kamchiligi hisoblanadi.
PCI (Peripherial Component Interconnect) Pentium protsessori asosida PK ga tashqi qurilmalarni ulash standarti. Mazmuni bo’yicha u raz’emli lokal shina interfeysi, tashqi komponetalarni ulashga ishlatiladi. Mazkur interfeys MGts gacha shina chastotasini qo’llab quvvatlaydi va ulanadigan qurilmalar nechta bo’lishidan qat’iy nazar 264 Mbayt/s ga yaqin tezlikni ta’minlaydi.
Mazkur standartning yangilik tomoni u plug-and-play mexanizmini qo’llashidir. Mazmunan bu quyidagini anglatadi PCI shinasi raz’emiga tashqi qurilmani fizik ulash amalga oshirilgach, ulangan qurilmani avtomatik konfiguratsiyasi (konfiguratsiyaga kiritish, qo’shish) yuz beradi.
FSB (Front Side Bus). Pentium Pro protsessoridan boshlab operativ xotira bilan bog’lanish uchun mahsus FSB shinasidan foydalaniladi. Bu shina 100-133 MGts chastotasida ishlaydi va o’tkazish qobiliyati 800 Mbayt/s ga teng. FSB shinasi chastotasi uning asosiy parametridir, aynan u ona plata spetsifikatsiyasini ko’rsatadi. Endilikda PCI shinasiga faqat yangi tashqi qurilmalarni ulash vazifasi qoldi.
AGP (Advanced Graphic Port). Videoadapterlarni ulash mahsus shina interfeysi. PCI shinasining parametrlari tezlik bo’yicha videoadapterlar talablariga javob bera olmagani tufayli yaratilgan. Bu shina chastotasi - 33 66 MGts, o’tkazish qobiliyati 1066 Mbayt/s gacha.
USB (Universal Serial Bus). Bu interfeys komp’yuterga periferiya qurilmalarini ketma-ket ulash yangi usulidagi universal standart hisoblanadi. U 256tagacha turli ketma-ket interfeysli qurilmalar ulash imkonini beradi, yana bu qurilmalar zanjir shaklida ulanishi mumkin. USB shinasi nisbatan kichik va 1,55 Mbit/s ni tashkil etadi. Bu standart yutug’i, qurilmani komp’yuterni o’chirmay "qaynoq rejimda" ulash, shuningdek, bir nechta komp’yuterni oddiy tarmoqqa mahsus apparat va programma ta’minotisiz bog’lash (ulash) dir.


Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish