Sakrash miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tishda
uzluksizlikning
uzilishini bildiradi. Sakrash narsa va hodisalarning uzluksiz rivojlanish davomida
tayyorlanib, shu uzluksiz rivojlanish momenti tugab, uzilish sodir bo‘lishi bilan zaruriy
ravishda yuz beradi. Sakrash birdaniga, to‘satdan bo‘ladigan holatgina emas, balki yangi
sifat elementlari ko‘payishi orqali yuz beradigan tadrijiy jarayon hamdir.
Sakrashning turlari o‘z harakteriga ko‘ra tabiat va jamiyatda xilma-xil bo‘lib, ular
bir-birlaridan farq qiladilar. Jamiyat taraqqiyotidagi sakrashlarning o‘ziga
xos tomoni
shuki, bu sakrashlar eski ijtimoiy tuzumni yo‘q qilish va yangi ijtimoiy tuzumni
o‘rnatadigan
ijtimoiy jarayonlar, tadrijiy rivojlanish orqali amalga oshadi. Bunday
sakrashlarni ikki turga bo‘lish mumkin: birinchisi — portlash yo‘li bilan bo‘ladigan
sakrashlar,
ikkinchisi sekin-asta, tadrijiy yo‘l bilan bo‘ladigan sakrashlar. Birinchi tur
sakrashlarning o‘ziga xos
xususiyati shundan iboratki, bunda narsa va hodisalarning
yangi sifatga o‘tishi nihoyatda tezlik bilan yuz beradi va kutilmagan natijalarni, tasodifiy
jarayonlarni boshlab yuborishi, hatto salbiy holatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin.
Sakrashning ikkinchi turida esa, eski sifat elementlarining asta-sekin yo‘qolib borishi
va yangi sifat elementlarining asta-sekin to‘planishi natijasida yangi sifat paydo bo‘ladi.
Shunday qilib sakrash quyidagi jihatlarga ega:
- birinchidan, sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan obyektiv va qonuniy
jarayondir;
-
ikkinchidan, sakrash tadrijiylikning uzilib, miqdor o‘zgarishlaridan
tub sifat
o‘zgarishlariga o‘tishidir;
- uchinchidan, sakrash eskini tugatish va yangi sifatga mos keladigan holatlarning
vujudga kelishi tufayli paydo bo‘ladigan ziddiyatlarni hal qilishdir;
- to‘rtinchidan, sakrash olamning rivojlanib, ilgarilab borishidir.
Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish sharoitiga bog‘liq
ravishda eski sifatdan yangi sifatga o‘tish turli shakllarda sodir bo‘ladi. Har bir narsa,
hodisa o‘zining aniq inkor qilish usuliga, o‘z navbatida aniq sakrash shakliga egadir.
Demak, har qanday o‘zgarish, har qanday rivojlanish miqdor va sifat
o‘zgarishlarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi orqali sodir bo‘ladigan jarayonlardan iborat.
Borliqning hamma sohasida doimo eski, umri tugayotgan narsa va hodisalarning barham
topishi, yangi narsa va hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bo‘lib turadi. Bundagi
eskining yangi bilan almashinishi inkor deb ataladi.
O‘zgarish
va rivojlanish jarayonida
Do'stlaringiz bilan baham: