Narsalar sifat muayyanligidan tashqari, bir-biridan miqdoriy tomonlari bilan ham
farq qiladi.
Miqdor
predmetning hajmi, o‘lchovi, og‘irligi, harakat tezligi va shu kabilar
bilan tavsiflanadi. Tabiat hodisalari kabi ijtimoiy hodisalar ham miqdoriy tomonga ega.
Chunonchi, suv o‘z solishtirma og‘irligiga, qaynash va muzlash darajasiga ega. Bir
ijtimoiy tuzum boshqasidan
xususiyati jihatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi
kuchlar taraqqiyoti, mehnat unumdorligi, madaniyati va hokazolar bilan ham farq qiladi.
Har qanday narsa miqdor va sifat birligiga ega. Tabiatda faqat miqdorga yoki sifatga ega
bo‘lgan, ya’ni sifati bo‘lib miqdori, miqdori bo‘lib aksincha, sifati bo‘lmagan narsaning
o‘zi yo‘q.
Miqdor va sifatning birligi, o‘zaro bog‘liqligi
me’yor
tushunchasida ifodalanadi.
Me’yorning buzilishi predmet mavjudligi mumkin bo‘lmagan holatga olib keladi.
Har qanday narsa va hodisaga miqdor va sifat o‘zgarishlari xosdir.
Miqdor
o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘rtasida qat’iy qonuniyat mavjud bo‘lib, bu
qonuniyat quyidagicha ifodalanadi: miqdoriy o‘zgarishlar sifat o‘zgarishlarini tayyorlab,
har bir aniq holatda muayyan tub sifat o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi va shu holatda
miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi sodir bo‘ladi. Olamdagi barcha
o‘zgarishlar asta-sekin sodir bo‘ladigan miqdor o‘zgarishlaridan boshlanadi. Miqdor
o‘zgarishlari muayyan chegarada sifatning barqarorligiga ta’sir etmaydi.
Miqdoriy
o‘zgarishlar chegaradan chiqishi bilan sifatning barqarorligi buziladi. Natijada sifat
yo‘qolib, yangi sifat yuzaga keladi. Taraqqiyot jarayonida miqdor o‘zgarishlari tub sifat
o‘zgarishlariga o‘tishi bilan birga sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga ham o‘tadi.
Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lishiga
qaramay, ular ayrim o‘ziga xos xusussiyatlarga ham ega. Chunonchi:
- birinchidan, miqdor o‘zgarishlari doimo yuz berib turadi. Hatto hodisalar sifatining
nisbiy barqarorligi davrida ham miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin yuz beradi. Sifat
o‘zgarishlariga o‘tish faqat ma’lum bir davrda boshlanadi;
-
ikkinchidan, miqdor o‘zgarishlari ma’lum vaqtgacha narsalarga muhim ta’sir
ko‘rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 100° gacha suyuqlik holatini yo‘qotmaydi,
keyin esa bug‘ga aylanadi, sifatini o‘zgartiradi. Demak, sifat o‘zgarishlari hodisalarni
tubdan o‘zgartirib, uning boshqa hodisaga aylanishini taqozo qiladi;
-
uchinchidan, miqdor o‘zgarishlari asta-sekin amalga oshadi va ko‘p hollarda
sezilmasdan o‘tadi. Sifat o‘zgarishlari esa ancha tez, ayrim holatda to‘satdan
sodir
bo‘ladi;
- to‘rtinchidan, sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga qaraganda tub o‘zgarish
bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: