Borliq va rivojlanish falsafasi



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/36
Sana07.12.2022
Hajmi0,59 Mb.
#880462
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
2.BORLIQ VA RIVOJLANISH FALSAFASI

 
Falsafiy kategoriyalar.
Kategoriya o‘zi nima? 
Bu so‘z qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib: «izohlash», 
«tushuntirish», «ko‘rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday 
xilma-xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga aylangan. 
Falsafa tarixida ularni birinchi bo‘lib, Arastu ta’riflab bergan. U o‘zining 
«Kategoriyalar» degan asarida ularni obyektiv voqyelikning umumlashgan in’kosi sifatida 
qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar 
mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o‘rin», «vaqt», 
«holat», «mavqye», «harakat», «azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy 
bilishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida 
«mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan. 
Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o‘rganishni aynan 
Arastu boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, ungacha Yunonistonda ko‘proq 
politika va ritorika (notiqlik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga 
tushirilgan edi. Chunki o‘sha davrda qo‘shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish 
uchun siyosat va nutq madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ammo 
o‘sha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari 
muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida 
shakllantirilmagan edi. Hatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni 
ham ana shunday, hali go‘yoki shakllanmagan fan bilan shug‘ullangani va yoshlarni bu 
ilm yo‘liga boshlab, ularning noto‘g‘ri tarbiyasiga sabab bo‘lganlikda ayblagan ham 
edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida 
ifodalashga kirishishi uchun turtki bo‘lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini 
birinchi marta sistemalashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga ko‘targan. O‘sha 
davrdan boshlab falsafa o‘z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega 
bo‘lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta 
ahamiyat berganlar. 
XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. 
Xususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), 
«miqdor» (birlik, ko‘plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va 
harakat, o‘zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqyelik va 
novoqyelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli o‘laroq, Hyegel esa 
mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me’yor), «mohiyat» (asos, hodisa, 
mavjudlik), «tushuncha» (obyektiv, subyektiv, absolyut g‘oya) tarzida izohlagan. 


Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, 
ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) obyektiv 
voqyelikning in’ikosi; 2) narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanish va aloqadorligini 
mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan 
o‘zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan 
tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri. Ko‘pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, 
undagi narsa va voqyealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini 
ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo‘shiladilar. Bu ma’noda 
borliq, voqyelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana 
shunday kategoriyalaridir. 
Falsafada o‘z xususiyatlariga ko‘ra, 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish