Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik,
munosabat jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir.
Jamiyatda
element ijtimoiy munosabatlarning konkret ko‘rinishlari tarzida namoyon bo‘ladi.
Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo‘lsak, undagi element alohida
individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko‘zga
tashlanadi. Ya’ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy,
iqtisodiy va boshqa
munosabatlari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. O‘z navbatida, sistemani to‘laligicha
bilish, uning stukturaviy tuzilishidagi har bir elementning funksional faoliyatini alohida
tahlil qilishni taqozo etadi.
Shuni alohida ta’kidlash keraki, insonlarning narsa hamda hodisalarga muayyan
manfaatlari va ehtiyojlariga ko‘ra yondashishiga qarab, har bir elementni nisbatan mustaqil
sistema sifatida olib qarash mumkin. Masalan, ma’naviyat jamiyat strukturasida, uni tashkil
qiluvchi muhim elementlarning biri hisoblanadi, lekin ma’naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa
sifatida alohida olib tahlil qiladigan bo‘lsak, uning ichki elementlardan iborat mustaqil
sistemaligini ko‘ramiz. Shunga ko‘ra, sistema, struktura va element nisbiy tushunchalar bo‘lib,
kategoriyalar sifatida, unga bo‘lgan munosabat doirasida konkretlashadi.
Shuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa
va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy
tahlil usullarining
umummetodologik asosi bo‘lib hisoblanadi.
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga ko‘ra: muhim va
muhim bo‘lmagan, asosiy va asosiy bo‘lmagan elementlarga ajratib o‘rganish alohida
ahamiyatga ega. Chunki har qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon
xususiyatlariga ko‘ra, o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi. Biroq, ularning ahamiyatini, yuqorida
ko‘rsatilganidek, turkumlashtirish mutlaqo nisbiy hamda shartli xarakterga ega bo‘lib,
muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida yondashishdan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra,
konkret makon va zamonda sistemani tashkil qilishdagi elementlarning ahamiyati
strukturaviy funksiyasida muqobilliklar vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. Ya’ni,
sistemadagi uning xarakterini belgilab turgan muhim element, ma’lum
vaqtga kelib
muhim bo‘lmagan elementga aylanishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va
hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos bo‘ladi.
Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, o‘quv qo‘lanmalaridan farqli
o‘laroq, bu kategoriyalarni qiyosiy
tahlil qilishimizdan maqsad, boshqa juft
kategoriyalarning mazmunini ochib berish imkoniyatini yaratishdir. Chunki, «mohiyat va
hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va
voqyelik» kategoriyalarining mazmuni, yuqorida ko‘rsatilgan «alohidalik», «xususiylik»
«umumiylik», «butun», «qism», «struktura», «element», kategoriyalari mazmuni bilan
uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-birini taqozo qiluvchi,