Borliq va rivojlanish falsafasi



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/36
Sana07.12.2022
Hajmi0,59 Mb.
#880462
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
2.BORLIQ VA RIVOJLANISH FALSAFASI

«juft kategoriyalar»
deb ataladigan; umumiy 
bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa 
va hodisalarning muayyan yo‘nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy 
takrorlanib turuvchi bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa 
kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog‘lanish, aloqadorlik va munosabatlarning 
yaxlitligi bilish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida 
vujudga kelgan. 
Alohidalik, xususiylik, umumiylik. 
Ular
 
narsa va hodisalarning rivojlanish 
jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik 
– olamdagi alohida, individual tarzda namoyon bo‘layotgan narsa – hodisalarning turfa, 
xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda 
namoyon bo‘lishidir. Alohidalik va umumiylik o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va 
munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, bu 
kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi konkretlik bo‘lib 
hisoblanadi. Ikkinchidan, «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va 
hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy 
tushunchalar tarzidagina namoyon bo‘lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, 
ichki birligining namoyon bo‘lish shaklidir. 
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alohidalikdan 
xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka o‘tish tarzida yoki aksincha, izohlash 
keng tarqalgan. Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday 
alohidalikning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan iboratdir. Masalan, 
bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati 
bo‘lsa ham, bu jarayon turli ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun 
o‘ziga xos bo‘lgan modelni taqozo qiladi. Alohidalikning umumiylikdan farqini aniqlash 
asosida, maxsus usul va vositalarini qo‘llash bozor strategiyasi va taktikasining milliy 
xususiyatlarini belgilashga yordam beradi. 
Alohidalik yoki, ba’zi falsafiy adabiyotlarda ko‘rsatilganidek, yakkalikni muayyan xossa 
hamda xususiyatga ega bo‘lgan narsa va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan 


konkret holati, boshqacha kilib aytganda, har qanday hodisa va narsaning ichki sifat 
muayyanligi, individualligi deyish mumkin. 
Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muayyan turg‘unlikka ega 
bo‘lgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun, Arastu). Hyegel, alohidalikni voqyealarning 
zaruriy shakli, makon va zamondagi tafovutlarning namoyon bo‘lish momenti sifatida 
qaraydi. 
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohidalikning umumiylikdan 
farqini mutlaqlashtirish natijasida muayyan qarashlar vujudga kelishi mumkin (Bu haqda 
«Osiyosentrizm» va «Yevropasentrizm» to‘g‘risida eslash kifoya). 
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizasiyasining tadrijiy rivojlanishida muayyan ichki birlik 
mavjud bo‘lib, madaniyat tarixida har bir xalq, millat o‘z o‘rni va ahamiyatini namoyon qiladi. 
Shuning uchun umuminsoniyat sivilizasiyasi tarkibidagi milliy madaniyatni mutlaqlashtirish, 
muayyan siyosiy manfaatlarga asoslangan bo‘lib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan 
boshqa narsa emas. Bu XX asrning 30-yillarida fashizm mafkurasini shakllantirgan asosiy 
sababalardan biri edi. 
Alohidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlarning individual 
rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak. Chunki har qanday umumiylik, dastlab 
voqyelikning alohidaligi tarzida vujudga keladi. Shunga ko‘ra, har qanday sistema o‘z 
tarkibidagi nisbatan yangi, alohida hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir bo‘la 
olmaydi. Shunday qilib, alohidalik voqyelik rivojlanishining xilma-xil shakllarini 
vujudga keltiradi. 
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari o‘rtasidagi 
bog‘lanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning 
muayyanligi va mazmunini ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning 
konkretligi alohidaliklar sistemasi tarzida namoyon bo‘ladi. Bu sistemaga strukturali 
yondashish bilishning nisbatan to‘laqonli bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, muayyan 
jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari o‘ziga xos bo‘lgan yo‘nalishlarini 
vujudga keltirgan. Ya’ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy ekologik va boshqa shu kabi 
ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat tarkibida «iqtisodiy madaniyat», «huquqiy 
madaniyat», «siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mustaqil 
yo‘nalishlarga asos bo‘lgan. Bu madaniyat yo‘nalishlari nisbatan mustaqil bo‘lsa ham, 
bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish tendensiyasi umuminsoniyat 
sivilizasiyasi manfaatlaridan kelib chiqqan bo‘lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos 
keladi. 
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», 
«element», kategoriyalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya’ni 
«alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi 
bog‘lanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo‘lsa, 
«butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon 


va zamondagi bog‘lanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai 
nazardan, butunni – umumiylik, qismni yoki elementni – alohidalik tarzida olib qarash 
holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan o‘xshashlik bo‘lishiga qaramasdan, sistemani 
umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi 
umumiyliklarning majmui ham bo‘lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni tarkibiy 
jihatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo‘lib, uning 
samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko‘ra, yuqorida aytilgan har 
ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib 
qaralishi kerak. 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish