Borliq va rivojlanish falsafasi



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/36
Sana07.12.2022
Hajmi0,59 Mb.
#880462
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
2.BORLIQ VA RIVOJLANISH FALSAFASI

Sakrash nima?
Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlarini 
anglatadigan falsafiy tushuncha bo‘lib, taraqqiyotning uzluksiz ko‘rinishiga qaraganda 
ancha tez o‘tadigan jarayondir. 


Sakrash miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tishda uzluksizlikning 
uzilishini bildiradi. Sakrash narsa va hodisalarning uzluksiz rivojlanish davomida 
tayyorlanib, shu uzluksiz rivojlanish momenti tugab, uzilish sodir bo‘lishi bilan zaruriy 
ravishda yuz beradi. Sakrash birdaniga, to‘satdan bo‘ladigan holatgina emas, balki yangi 
sifat elementlari ko‘payishi orqali yuz beradigan tadrijiy jarayon hamdir. 
Sakrashning turlari o‘z harakteriga ko‘ra tabiat va jamiyatda xilma-xil bo‘lib, ular 
bir-birlaridan farq qiladilar. Jamiyat taraqqiyotidagi sakrashlarning o‘ziga xos tomoni 
shuki, bu sakrashlar eski ijtimoiy tuzumni yo‘q qilish va yangi ijtimoiy tuzumni 
o‘rnatadigan ijtimoiy jarayonlar, tadrijiy rivojlanish orqali amalga oshadi. Bunday 
sakrashlarni ikki turga bo‘lish mumkin: birinchisi — portlash yo‘li bilan bo‘ladigan 
sakrashlar, ikkinchisi sekin-asta, tadrijiy yo‘l bilan bo‘ladigan sakrashlar. Birinchi tur 
sakrashlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda narsa va hodisalarning 
yangi sifatga o‘tishi nihoyatda tezlik bilan yuz beradi va kutilmagan natijalarni, tasodifiy 
jarayonlarni boshlab yuborishi, hatto salbiy holatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin. 
Sakrashning ikkinchi turida esa, eski sifat elementlarining asta-sekin yo‘qolib borishi 
va yangi sifat elementlarining asta-sekin to‘planishi natijasida yangi sifat paydo bo‘ladi. 
Shunday qilib sakrash quyidagi jihatlarga ega: 
- birinchidan, sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan obyektiv va qonuniy 
jarayondir; 
- ikkinchidan, sakrash tadrijiylikning uzilib, miqdor o‘zgarishlaridan tub sifat 
o‘zgarishlariga o‘tishidir; 
- uchinchidan, sakrash eskini tugatish va yangi sifatga mos keladigan holatlarning 
vujudga kelishi tufayli paydo bo‘ladigan ziddiyatlarni hal qilishdir; 
- to‘rtinchidan, sakrash olamning rivojlanib, ilgarilab borishidir. 
Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish sharoitiga bog‘liq 
ravishda eski sifatdan yangi sifatga o‘tish turli shakllarda sodir bo‘ladi. Har bir narsa, 
hodisa o‘zining aniq inkor qilish usuliga, o‘z navbatida aniq sakrash shakliga egadir. 
Demak, har qanday o‘zgarish, har qanday rivojlanish miqdor va sifat 
o‘zgarishlarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi orqali sodir bo‘ladigan jarayonlardan iborat. 
Borliqning hamma sohasida doimo eski, umri tugayotgan narsa va hodisalarning barham 
topishi, yangi narsa va hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bo‘lib turadi. Bundagi 
eskining yangi bilan almashinishi inkor deb ataladi. 
O‘zgarish va rivojlanish jarayonida 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish